Glassariy Yalpi talab


Download 24.04 Kb.
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi24.04 Kb.
#1060694
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Glassariy

Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Isteʼmolchilar jamiyati - isteʼmolchilar manfaatini himoya qiluvchi nodavlat, jamoa uyushmasi, bozorning zarur unsurlaridan biri. I. j. isteʼmolchi — haridorlar tashabbusi bilan tashkil etiladi. Uning maqsadi isteʼmolchilarni tovar va xizmatlar bozorida uchrab turadigan qalloblikdan himoya qilishdir. I. j. nazoratchilari savdo-sotikdagi tovarlar sifa-tining sertifikatlarga mosligini, oziq-ovqat, doridarmonlarning isteʼmol etish muhlati oʻtib ketmaganligini, ularning ekologik tozaligini, inson salomatligiga zarar keltirish ehtimollarini, tovarlarni (ay-niqsa texnikaviy) isteʼmol etish xavfsizligini tekshiradilar. Bu sohada qonunbuzarlik uchrasa, tovar sotuvchilarni sud javobgarligiga tortadilar. I.j. taraqqiy etgan bozor tizimiga xos bulib, ularning faoliyati isteʼmol samarasini oshiradi, tovarlar va xizmatlarning sifatli boʻlishini taʼminlaydi. 
Iqtisodiy integratsiya – turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular oʻrtasida uzviy iqtisodiy aloqalar oʻnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xoʻjalikning shakllanishi jarayoni. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xoʻjaliklari darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuza-tiladi. I.i. ishlab chiqarish-texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida birbiriga qulay sharoitlarni yaratishda, oʻzaro toʻsiklarni olib tashlashda namoyon boʻladi. 
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.

Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling