Bu tasvirda ikki karra uzunlikdagi (bu termin tafsiloti quyida beriladi) triglitserid molekulasi zanjiri ko`rsatilgan. Bunda shtrixlangan aylanalar uglerod atomlari, katta oq aylanalar kislorod atomlari, kichkina oq aylanalar – vodorod atomlari. - Bu tasvirda ikki karra uzunlikdagi (bu termin tafsiloti quyida beriladi) triglitserid molekulasi zanjiri ko`rsatilgan. Bunda shtrixlangan aylanalar uglerod atomlari, katta oq aylanalar kislorod atomlari, kichkina oq aylanalar – vodorod atomlari.
- Qattiq va suyuq holatlardagi glitseridlar strukturasi.
- To`yingan bir xil kislotali triglitseridlar molekulalarining juftliklari kristall hosil qilishda bir-biriga nisbatan parallel joylashgan qatorlar hosil qiladi (27-rasm).
- Bunda har bir shunday molekula juftlarining «tishlari» va «dastaklari» fazoviy bir-biriga qarama – qarshi holatda, glitserid molekulasi atsillarining metil guruhlari esa umumiy (chetdagi) tekisliklarda joylashgan. Kristallarda molekulalarning bunday qatorlari «ko`p qavatli konstruktsiyalar» hosil qilib, ham tekisliklarda, ham vertikal bo`yicha joylashgan.
Kristallarda glitserid molekulalarining bunday joylashishi shuni ko`rsatadiki, bir kislotali to`yingan glitseridlarning chetdagi metil guruhlari tekisliklari orasidagi masofa (d001) ikkita moy kislotasining uzunligiga teng. Shuning uchun glitseridlarning bunday strukturasi «zanjirning ikki karra uzunlikdagi strukturasi» deb ataladi. - Kristallarda glitserid molekulalarining bunday joylashishi shuni ko`rsatadiki, bir kislotali to`yingan glitseridlarning chetdagi metil guruhlari tekisliklari orasidagi masofa (d001) ikkita moy kislotasining uzunligiga teng. Shuning uchun glitseridlarning bunday strukturasi «zanjirning ikki karra uzunlikdagi strukturasi» deb ataladi.
- Bunday glitserid molekulalari joylashuv tekisligi kristall molekulasining polimorf modifikatsiyasiga bog`liq ravishda metil guruhlari tekisligiga nisbatan vertikal yoki qiya joylashishi mumkin. Qiyalik darajasi kristalning polimorf modifikatsiyasi va glitseridning molekulyar massasiga bog`liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |