Global demografik muammolar. Demografik siyosat Reja: Global muammolar haqida tushuncha


Download 83.75 Kb.
bet4/6
Sana05.04.2023
Hajmi83.75 Kb.
#1273726
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Global demografik muammolar

Demografik siyosat.
Aholi siyosati – aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy – iqtisodiy siyosat. Aholi siyosatining maqsadi davlat tomonidan aholining ham miqdoriy (normal, optimal darajada) ham sifatiy rivojlanishini ta’minlashdir. Ma’lum davrda ma’lum hudud aholisi yoki millatning son jihatdan o’zgarib borishi aholining miqdoriy rivojlanishini ko’rsatib bersa, aholining sifatiy rivojlanishi aholining salomatligini asrash, o’rtacha umr ko’rishi va bilim hamda ta’lim-tarbiya olish darajasini oshirishni ifodalaydi. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilardan iborat:

  • Aholi salomatliligining holati, onalar va bolalar o’limi o’rtacha davri;

  • Aholining ta’lim darajasi va uning tarkibi;

  • Aholining kasb-hunarga tayyorgarlik darajasi;

  • Aholining ijtimoiy tarkibi va ijtimoiy mobilligi;

  • Aholining urbanizatsiyalashganligi;

  • Aholining migratsion harakati;

  • Aholining ma’naviy madaniy qadriyatlari va ularni saqlash, e’zozlash.

Aholi rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir etib borish tarixiy jarayondir. Ushbu jarayon jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida shu davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitiga mos holda alohida mazmunga ega bo’ladi.
Aholi siyosati usullarini shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy, tarbiyaviy – psixologik. Aholi siyosatini olib borish alohida ijtimoiy demografik guruhlarning (bolalar, o’smirlar, yoshlar, ayollar, nafaqaxo’rlar va b.) o’ziga xos manfaatlarni, kishilarning milliy va hududiy birligini hisobga olishni taqazzo etadi.
Respublikamizda aholi siyosati o’zaro chambarchas bog’langan bo’g’inlardan tashkil topgan. Ushbu bo’g’inlarga demografik siyosat, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya va bandlik siyosatlarini kiritish mumkin.
2. Demografik siyosat va uning yo’nalishlari. Demografik siyosat - bu aholi tabiiy harakatini boshqarish va aniq demografik natijalarga erishish uchun davlat tomonidan olib boriladigan, amalga oshiriladigan choralar tizimi. Demografik siyosat aholishunoslik siyosatining bir qismi hisoblanib, u nafaqat, aholi takror barpo bo’lishining miqdoriga, balki sifatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Demografik siyosatni amalga oshirishda ikkita asosiy vazifalar belgilanadi, bular quyidagilar:
1. Demografik siyosat maqsadi va vazifalarini aniqlash va izohlash;
2. Natijalarga erishish uchun uni qayta ishlash va amalga oshirish vositalari.
Demografik siyosat tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • siyosiy demografik munosabatlar - turli demografik guruhlarning demografik qiziqishlarining namoyon bo’lish shakli;

  • siyosiy demografik anglash - siyosiy demografik munosabatlarning jamiyatda aks etishi;

  • siyosiy demografik faoliyat - davlatning demografik siyosati rivojlanishi va mavjudligi, uning maqsadlarini amalga oshirish;

  • siyosiy demografik qarashlar aholishunoslik siyosiy demografik maylining ichki anglangan manbalari;

  • siyosiy demografik institutlar - jamiyat siyosiy tizimining bir qismi bo’lib, bir vaqtning o’zida davlatning demografik siyosati sub’ektlari va siyosiy demografik faoliyat vositalari;

  • siyosiy demografik va xuquqiy me’yorlar-siyosiy demografik munosabatlar tizimi;

Demografik siyosat to’rt bosqichga ajratiladi:

  • oilaviy demografik siyosat;

  • mintaqaviy demografik siyosat;

  • davlat demografik siyosati;

  • davlatlararo demografik siyosat.

Demografik siyosatning davlatlararo bosqichida xalqaro migratsiya aloqalari, uni amalga oshirishdagi ma’lumotlarni almashinishi, xalqaro tashkilotlarning dasturlar doirasidagi ishlari qamrab olinadi.
Davlat demografik siyosatining mohiyati mazkur davlatning siyosiy va ishlab chiqarish munosabatlari orqali namoyon bo’ladi. Davlat o’z hududida aholi takror barpo bo’lishini, migratsiya jarayonlarini o’zining ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib boshqaradi. Mazkur demografik siyosat bosqichida mamlakat aholisining soni, yosh-jins tarkibi, mehnat resurslarining taqsimlanishi, migratsiya yo’nalishlarining kelgusidagi sonini baholash ishlari amalga oshiriladi. Olib borilayotgan demografik siyosatning boshqa turlariga ta’siri masalasi aynan davlat darajasidagi demografik siyosat orqali aniqlanadi.

Download 83.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling