Global demografik muammolar. Demografik siyosat Reja: Global muammolar haqida tushuncha


Demografik siyosat yuritish usullari


Download 83.75 Kb.
bet5/6
Sana05.04.2023
Hajmi83.75 Kb.
#1273726
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Global demografik muammolar

3.Demografik siyosat yuritish usullari. Demografik siyosat deganda, hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun aholining takror barpo bo’lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining davlat miqyosida qabul qilingan tizimi tushuniladi. Demografik siyosatni o’tkazishda quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • iqtisodiy;

  • ma’muriy-huquqiy;

  • ijtimoiy-psixologik.

Iqtisodiy usulda demografik hodisalarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash nazarda tutiladi. Jumladan, bunga tug’ilishni ko’paytirish, ko’p farzandli oilalar uchun uy-joy olishga imtiyoz, farzandlarga nafaqa ajratish, maktabgacha tarbiya muassasalari, maishiy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish va. boshqalar kiradi. Shuningdek, ko’chib kelgan hududdagi migrantlar uchun ijtimoiy himoya, ish xaqi, ish joyi, uy-joy, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish kabilarni iqtisodiy qo’llab quvvatlash ham nazarda tutiladi.
Ma’muriy-huquqiy usulda aholining takror barpo bo’lishi rasmiy qonun hujjatlari asosida boshqariladi (qonunchilik xujjatlari, kontratseptivik vositalarni ishlab chiqish, foydalanish uchun ruxsat yoki taqiq, birinchi nikohga kirish yoshining belgilanishi, harbiy xizmatga chaqirilgan oilali, farzandi bor erkaklarga turli imtiyozlarning belgilanishi va hokazo). Binobarin, bu usulda ijtimoiy fondlardan aholining turli guruhlari uchun aksiyalarning taqsimlanishi, o’qishga qabul qilishdagi imtiyozlarning belgilanishi kabi ishlar o’z ichiga olinadi.
Ijtimoiy-psixologik usulda ommaviy axborot vositalari faol ish olib boradi. Ommaviy axborot vositalari orqali aholining demografik mayliga ta’sir o’tkazish, demografik jarayonlarni boshqarish muhim hisoblanadi. Bu usulni odatda aholini «demografik tarbiyalash», deb ham ataladi. shu boisdan, demografik siyosatning bu usulidan foydalanishda ko’proq ommaviy axborot vositalari orqali jamiyatda, oilalarda oilaga yoshlarni tarbiyalash, turli tarbiya, ta’lim muassasalarida demografik jarayonlarga bo’lgan aholining reproduktiv xulqi, madaniyatini tarbiyalash masalalari muhim o’rin tutadi.

Download 83.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling