Глобал демографик муаммолар


QO’RG’ONTEPA TUMANI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


Download 295.23 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi295.23 Kb.
#1530416
1   2   3
Bog'liq
Lecture - 18

QO’RG’ONTEPA TUMANI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT


Jamiyatda avlodlar almashinuvi, aholi sonidagi o‘zgarishlar tug‘ilish va o’lim jarayonlariga bevosita bog‘liqdir. Tug‘ilish va o’limning o‘zaro farqi esa aholining tabiiy o’sishini belgilaydi.
Yuqorida qayd etilganidek, keyingi 20-30 yil davomida dunyo aholisining ko’payish sur’ati anchagina sekinlashdi. Bu jarayoning asosiy sababi sayyoramizdagi qator davlatlarda tug‘ilishning kamayib borishidir va u tarixiy jarayon bo‘lib, xar bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy taqqiyot darajasi bilan bog‘liq. Ma’lumki, insoniyat o‘z taqqiyoti davomida bir necha ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarni bosib o’tgan.
Tug‘ilish darajasi jamiyat taraqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo‘lavermagan. Kapitalistam formatsiyagacha mavjud bo‘lgan davrlarda tug‘ilish biologik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni cheklanmagan.
Ko’p bolali holati jamiyat tomonidan quvvatlangan. Buni xozirgi jamiyat taraqiyoti bosqichida yashab tasavvur qilish qiyin.
Masalaning tub moxiyatiga nazar tashlansa, bu o’tmish zamonlardagi ijtimoiy-iqtisodiy taqqiyot bilan bevosita bog’liqdir.
XX asr 50-yillariga qadar dunyoning barcha xududlarida o’lim yuqori darajada edi. Ushbu davrga qadar aholi o’limi" ko’proq egzogen (tashqi muxit ta’siridagi omillar: urushlar, epidemiyalar, baxtsiz xodisalar, tabiiy ofatlar) omillar sabab bo‘lgan. Aholining juda ko’p qismi, ayniqsa Osiyo, Afrika xududlarida yuqumli infeksion kasalliklardan bolalik davrida ko‘z yumishgan. Qadimda yer sharida, go’daklar va ayollar o’limi ayniqsa, yuqori bo‘lgan. Ko’pchilik ayollar farzand ko’rish davrlarida turli kasalliklar ayniqsa qon yo’qotish tufayli xalok bo‘lganlar
Markaziy Osiyo davlatlarida XIX asr oxiri - XX asr boshlarida xar 1000 ta tug’ilgan
CHaqaloqlar bir yoshgacha bo‘lgan davrda 300-400 tasi, ba’zi davrlarda esa 500-600 tasi nobud bo‘lgan. Qadimda aholi o’limining yuqoriligi, qayd etilganidek, aholining turmush darajasiga, tibbiy xizmatlarning yetishmasligiga, aholining ma’lumotlik darajasining pastligiga, farzandlar tug‘ilishining yuqoriligi va farzandlar tug‘ilishi orasidagi davrning nisbatan qisqaligi kabi omillar bilan bog‘liq edi.
Umuman, sayyoramiz aholisida oilalar farzandlar soni o’rtacha 4.1 dan to 7,0 gacha, ba’zi xollarda esa undan ham yuqori bo‘lgan. Tug‘ilishi eng yuqori sanalgan davlatlarda Afg’oniston, Gvineya-Bisau va Niger bo‘lib, ularda tug’ulishning" yig’indi koeffitsiyenti 7,1-7,7 ni va Yamanda 6,7 ni. Mali va Kanadada 6,2 ni tashkil etadi.
Demografik omilning o‘zgarib borishi global muammo bo‘lib, u ko‘p jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Mehnat iqtisodiyoti mehnat munosabatlarining qatnashchisi bo‘lgan aholi qismiga alohida e’tibor beradi.
Olimlarning hisoblashlaricha, yaqin yarim asr ichida sayyoramiz aholisi soni qariyb ikki baravar oshganidan keyin, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari barcha mamlakatlarda umuman tenglashadi.
Tug‘ulishi yuqori bo‘lgan davlatlarda keyingi 15-20 yil ichida aholi soni yiliga 2,5-3,2 foizdan ko’payib bormoqda. Bugung kunda 40 dan ortiq davlatda tug‘ilishning yig’indi koeffitsiyenti? 4,1-7.5 tashkil etmoqda. Shuni aloxida qayd etish lozimki. keyingi 10 yil ichida dunyodagi tug‘ilishi yuqori bo‘lgan davlatlar soni kamaydi. 1989 yili bunday davlatlar soni 79 ni tashkil etgan bo‘lsa. 2005 yili ularning soni 27 taga kamaydi va 42 tani tashkil etdi. Agar 1989 yili ushbu davlatlarda istiqomat etuvchi aholi salmog’i dunyo aholisining 23 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 200 yil ga kelib, bu ko’rsatkich deyarli 14 foizni tashkil etdi.
Ikkinchi gurux - oilada tug‘ilish darajasi o’rtacha 5 guruxli davlatlar. ushbu davlatlarda tug‘ilishning yig’indi koefitsenti 1-4.0 tashkil etadi. 1989-2005 yillarda dunyoda tug‘ilish darajasi o’rtacha bo‘lgan davlatlar soni 44 tadan 57 taga yetdi.
Uchinchi gurux - tug‘ilish darajasi past bo‘lgan davlatlar. Bu davlatlarda aholi 0,7-0.9 foizga ko’payib boradi. Oilalarning aksariyat qismida 1 yoki 2 tadan bola bor, xolos.
Shuni ta’kidlash lozimki, 1989-2005 yillarda tug‘ilish darajasi kam bo‘lgan davlatlar soni 32 tadan 71 taga ko’paydi yoki 2 barobardan ziyodga o’sdi. Xozirgi davrda ushbu davlatlarda dunyo aholisining deyarli yarmi isteqomat etmoqda.
XXI asr boshlariga kelib, dunyo aholisining deyarli yarmi kam bolali oilalarda istiqomat etmoqdalar.
Xitoyda 01yoshdagi bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab, aholi o’rtasida tug‘ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo’llana boshlandi, natijada Xitoyda tug’ulish keskin kamaydi.
Xindistonda ham tug‘ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi, Oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan.
BMT ma’lumotlariga qaraganda 1970-3974 yil xar bir ayol o‘zining farzand qurish davrida o’rtacha 4,8 farzand qurgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda 2,1, 2005 yili 1,7 tadan farzand ko’rgan.
So’ngi gurux davlatlarida istiqomat etuvchi oilalarda tug‘ilishning bunday kamayib ketishi, birinchi navbatda, kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi bilan bog’liqdir.
Xindistonda tug‘ilishning kamayishiga aholi savodlilik darajasining oshishi ham ta’sir etmoqda.
Masalan, 1971 yili Xindiston aholisining 29,4 % savodli edi.
Xozirgi davrda 40 % dan yuqori aholi savodlidir.
Ma’lumki, Osiyo aholisining 70 % dan ko’prog’ini Xitoy va Xindiston aholisi tashkil etadi. Shuning uchun Xitoy va Xindistonda tug‘ilishning nisbatan kamayishi butun Osiyo bo’yicha tug‘ilish ko’rsatkichiga ta’sir qildi.
1970-2005 yillarda tug‘ilish Osiyoda deyarli 2 barobar kamaydi va tug‘ilishning yig’indi koeffitsiyenti 2005 yilda 2,4 ni tashkil etdi.
Mazkur davrda tug‘ilishning yig’indi koeffitsiyenti Yevropada 2,1dan 1,4 ga, Okeaniyada 3,1 dan 2,2 ga, Afrikada 6,5 dan 4,8 ga kamaygan.
Tug‘ilishning bu tarzda kamayib borishi Rossiya. Ukraina, Belorussiya, Moldoviya davlatlarida ham kuzatiladi.

Download 295.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling