Глобал демографик муаммолар
Download 295.23 Kb.
|
Lecture - 18
MAVZU: DEMOGRAFIK INQIROZ VA DEMOGRAFIK PORTLASH BOSQICHLARIDAGI DAVLATLARNI AJRATIB TADQIQ ETISH REJA:1. DEMOGRAFIYANING VUJUDGA KELISHI2. DEMOGRAFIK PORTLASH3. DEMOGRAFIK INQIROZJamiyatda insonlarning ko’payib, yangilanib turishini ta’minlovchi tug‘ilish, o’lim va tabiiy o’sish jarayonlarining yig’indisi aholining takror barpo bo‘lishi deyiladi. Aslida tug’ilish, o’lim, tabiiy o’sish asosan biologik jarayonlar bo‘lsa, lekin ular qator ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy-biologik va demografik omillar ta’sirida shakllanadi. Mazkur omillarning xar biri o‘z navbatida ijtimoiy xayotning turli qirralarini qamrab oladi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar: ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholining turmush tarzi, ma’lumotlilik va madaniyat darajasi, ayollarning ijtimoiy xayotda tutgan o’rni, bandligi, din, urf-odat va qadriyatlari. Tabiiy-biologik omillar: tabiiy sharoit, tabiiy ofatlar, erkak va ayol organizmining tashqi muxitga moslashish darajasi, iqlim va uning jinsiy yetuklikka, oila qurish davrida, turli epidemiya va kasalliklarga ta’siri. Demografik omillar: aholining yosh-jinsiy tarkibi, nikoh va ajralish jarayonlari. Agar aholi tarkibida yoshlar salmog’i yuqori va jinsiy mutanosiblik bo‘lsa, nikohga kirish, Bu xol, o‘z navbatida tug’ilishga ijobiy ta’sir etadi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog’i yuqori bo‘lsa, tug‘ilish kamayib, o’lim xollari ko’payadi. Aholi takror barpo bo‘lishining ikki turi mavjud: 1 - tur aholi takror barpo bo‘lishining qisqargan turi. Bu turdagi avlodlar almashinuvi jarayonida aholi soni ko’paymaydi, shunchaki tug’ilganlarga nisbatan o’lganlar soni yuqori bo‘ladi. 2 - tur aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan turi, bunda aksincha, tug’ulganlar soni o’lganlar sonidan yuqori bo‘ladi va natijada keyingi avlod vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko’p bo‘ladi. Bunday holda aholi muntazam ko’payib boradi. Download 295.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling