Global innovatsiya indeksi (The Global Innovation Index) global tadqiqot boʻlib, u davlatlarning innovatsion rivojlanganlik darajasini baholaydi


Download 13.75 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi13.75 Kb.
#1041775
Bog'liq
inno


Ayam:
Global innovatsiya indeksi (The Global Innovation Index) – global tadqiqot boʻlib, u davlatlarning innovatsion rivojlanganlik darajasini baholaydi. Mazkur reytingni baholash uslubi Fransiyaning INSEAD xalqaro biznes-maktabi, Kornel universiteti va Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirda Global innovatsiya indeksi 80 ta koʻrsatkichlardan iborat boʻlib ularning soni yildan-yilga oʻzgarib turishi mumkin.
2020-yilda Oʻzbekiston 2015-yil bilan taqqoslanganida ushbu reytingda 29 bosqichga koʻtarilib, 93-oʻrinni egalladi. Xususan, Oʻzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida 4-oʻrin va daromadi oʻrtachadan past boʻlgan 29 mamlakat orasida 12- oʻrinni egallagan.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston GII reytingida soʻnggi marotaba 2015-yilda 141 ta davlat ichidan 122-oʻrinda, Rossiya – 48, Qozogʻiston – 82, Qirgʻiziston – 109, Tojikiston – 114-oʻrinlarda boʻlgan. 2020-yildan avvalgi 5 yil davomida mamlakatimiz GII reytingidan umuman joy olmagandi. Yurtimizning reytingda aks etmaganining asosiy sabablari sifatida GII indikatorlari boʻyicha maʼlumotlarning yetarli darajada emasligi va mavjud statistik maʼlumotlarning eskirganligini koʻrsatish mumkin.
Oʻtgan yilning noyabr oyida oʻtkazilgan “InnoWeek.uz-2020» innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida BIMT bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning Global innovatsiya indeksidagi oʻrnini oshirish” boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi. Hozirda BIMT ekspertlari bilan hamkorlikda mazkur yoʻnalishda ishlar davom etmoqda.
Natijada uzoq muddatli tanaffusdan soʻng 2020-yilgi Global innovatsiya indeksi reytingida Oʻzbekiston 43 ta kirish indikatorlari va 22 ta chiqish indikatorlariga koʻra baholanib, 131 ta dunyo mamlakatlari ichida 93-oʻrinda yana qayta roʻyxatga kiritildi. 2020-yilda Shveysariya – 1, Shvetsiya – 2, AQSH – 3, Rossiya – 47, Qozogʻiston – 77, Qirgʻiziston – 94, Tojikiston – 109-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 2020-yili GII reytingida quyidagi sub-indikatorlarda yuqori 10-talik davlatlari qatoriga kirdi: biznes boshlashning oddiyligi (Ease of starting a business) – 8-oʻrin, ilm-fan va texnika sohasida bitiruvchilar (Graduates in science&engineering) – 7-oʻrin va kapitalni yalpi ravishda jamlash (Gross capital formation) – 8-oʻrin. Shu bilan birga, 8 ta muhim indikatorlar boʻyicha 12-45 oʻrinlarni egalladi.
2020-yilda 80 ta koʻrsatkichdan iborat boʻlgan Global innovatsiya indeksi reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari ichida innovatsion resurslar, yaʼni kirish sub-indeksi boʻyicha 81-oʻrinni, reyting ustunlari boʻlmish institutsional rivojlanish (Institutions, 95-oʻrin), inson kapitali va ilmiy-tadqiqot faoliyati (Human capital & research, 77-oʻrin), infratuzilma (Infrastructure, 72 oʻrin), bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs, 90-oʻrin) kabi yoʻnalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini koʻrish mumkin.
Indeks tuzuvchi ekspertlar Oʻzbekistonning GII dagi oʻrnining mustahkamlanishiga quyidagi omillar taʼsir etganini qayd etdilar: tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazishning soddaligi va takomillashtirilgani; taʼlim tizimini moliyalashtirish hajmining ortgani; oʻqituvchilar va oʻquvchilarning ijobiy nisbati; ilm-fan, texnologiyalar va muhandislik rivoji; mehnat unumdorligining oshgani; ijodiy va madaniy xizmatlar va mahsulotlar eksport hajmining ortgani.
Oʻzbekistonning Global innovatsiya indeksidagi mavqeini koʻtarish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha maslahat beruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. GIIning har bir koʻrsatkichi boʻyicha idoralararo mexanizm tashkil etilib, Oʻzbekistonning GII dagi mavqeini oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, vazirliklar va idoralarning masʼul idoralari uchun yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminarlar va treninglar oʻtkazilmoqda.

Hozirda tegishli vazirlik va idoralar birgalikda Oʻzbekiston innovatsion ekotizimini mustahkamlash va amalga oshirilgan islohotlarning xalqaro reytinglarda aks ettirish boʻyicha qator ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Download 13.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling