Global inqiroz va koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda ichki va tashqi iqtisodiy xafvsizlikni ta’minlashning asosiy muammolari va ustuvor yo’nalishlari Mavzu
Download 51.82 Kb.
|
T.Adolat tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda oziq-ovqat xafvsizligini ta’minlash masalalari talili
Magistratura bo’limi 2-kurs MIX-01 guruh talabasi To’xtamurodova Adolat Odiljon qizi Global inqiroz va koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda ichki va tashqi iqtisodiy xafvsizlikni ta’minlashning asosiy muammolari va ustuvor yo’nalishlari Mavzu: Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatda oziq-ovqat xafvsizligini ta’minlash masalalari talili Ushbu tezisda koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatimizda oziq-ovqat xafvsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi Kalit so’zlar: koronavirus pandemiyasi, oziq-ovqat xafvsizligi, Oziq-ovqat muammosi. Joriy yilda mamlakatimizda yuzaga kelgan pandemiya sharoitida mamlakatda oziq-ovqat zaxirasini shakillantirish va uzluksiz taminlab turish bo’yicha prezidentimiz tomonidan bir qator tashabbuslar olib borildi. Harakatlar strategiyasining 3-bo’limning 3.3-bandida mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sohani eksport salohiyatini kuchaytirish va boshqa masalalar bayon etilgan.1 Shuningdek prezidentimiz joriy yil 23-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida onlayn rejimda so’zlagan nutqlarida oziq-ovqat xafvsizligi muammosiga alohida e’tibor qaratib tashkilot Bosh kotibi Antonio Guterrishning inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullashini ta’kidladilar. 2 Bunga sabab dunyoning bazi rivojlanishdan ortda qolgan mamlakatlarda pandemiya sabab ocharchilik, kambag’allik avj olmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibining takidlashicha hozirda 820 mln kishi yetarli miqdorda oziq-ovqatga ega emas va bu raqamlar shubhasiz oshib boradi. BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi mutaxassislari 2020- yil oxirigacha 265 mln kishi oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligini his qilishi mumkinligini aytishgan. Global inqirozlar va pandemiya sharoitida oziq-ovqat tanqisligi muammosini hal qilish dunyo miqyosida dolzarblik kasb etmoqda. FAOning Oziq-ovqat inqirozi to‘g‘risidagi yillik global hisobotida 2019-yil yakunlariga ko‘ra, 55 davlat va hududlardagi 135 million kishi oziq-ovqat xavfsizligi taqchilligining og‘ir shaklidan aziyat chekmoqda, shundan 73 million kishi Afrikada, 43 millioni — Yaqin Sharq va Osiyoda, 18,5 millioni esa Lotin Amerikasi va Karib dengizi havzasida yashaydi. 47 davlatda 183 millionga yaqin kishi o‘tkir ochlik chegarasida bo‘lib, ular COVID-19 pandemiyasi singari tebranishlar yoki stress omillari ta’sirida o‘ta og‘ir holatlarga tushish xavfi ostida qolmoqda.3 Pandemiya odamlar hayoti va oziq-ovqat xavfsizligiga, ayniqsa, noturg‘un sharoitlarda, xususan norasmiy qishloq xo‘jaligida va qishloq xo‘jaligining boshqa sektorlarida ishlaydigan aholining eng zaif qatlamlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Global inqiroz oziq-ovqat ta’minoti zanjirini jiddiy ravishda buzishi mumkin ayniqsa oziq-ovqat inqiroziga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlarda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar uchun sharoit yaratishi mumkin. Pandemiya oqibatlarining noaniqligi, harakatlanishdagi cheklovlar, ishsizlikning oshishi, oziq-ovqat mahsulotlarining cheklanganligi hamda yashash uchun mablag‘larning yetishmovchiligi yoki mutlaqo mavjud emasligi norozilik, zo‘ravonlik va nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ekspertlar mamlakatlarni zaif aholi qatlamlarining daromad manbalari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun agrooziq-ovqat tizimini saqlab qolish uchun hozirdanoq ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi. Pandemiya sharoitida mamlakatda qa’tiy yoki yumshatilgan rejimdagi karantin cheklovlari joriy etilishi hamda ichki va tashqi chegaralarning noma’lum muddatga yopilishi, barcha iqtisoiy-ijtimoiy obektlar faoliyatini qisman to’xtatib turilishi natijasida omma orasida oziq-ovqatga nisbatan talab har doimgidan ko’ra ortadi. Oziq-ovqat xafvsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan Rossiyalik olimlar A.Tatarkin va S.Polbitsinlarning fikriga ko’ra mamlakatlarning oziq-ovqat xafvsizligi doktrinasi aholini sifatli va ular harid qila oladigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan minimal ta’minlash darajasini aks ettiradi. Shu tariqa, oziq-ovqat xafvsizligini-iste’molchilarning ehtiyojlari va afzal ko’rishlariga mos keluvchi oziq-ovqat maxsulotlarini jismoniy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlash deb qarash mumkin.4 Oziq-ovqat muammosi5 – bu mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining ta’siri natijasida yuzaga keladigan nozik muammolardan biridir. Bunga karantin paytida ishning nisbatan “to‘xtab” qolishi sabab bo‘lsa, yana bir muammo xalqaro aloqalarning uzilishi, chegaralarning yopilishi, tashish xizmatlarining pasayishi tovar va xizmatlarning almashinuvi bilan bog‘liq. Bir qator davlatlarda epidemioligik vaziyat va karantin qishloq xo‘jalik ishlarini batamom to‘xtatib qo‘ydi. Dunyoning ko‘pgina davlatlari oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash maqsadida ma’muriy va iqtisodiy cheklovlarni qo‘llamoqda. Natijada bizning hamkorlarimiz ham mahsulotlarini bizga ham sotishni to‘xtatib qo‘ydi. Jumladan, Rossiya 1 iyulgacha bug‘doyni chetga olib chiqishni taqiqladi. Javdar, arpa va makkajo‘xori eksportini ham vaqtincha to‘xtatdi va buni mamlakat ichki ehtiyojlarini qondirish zaruriyati bilan izohlaydi. Qozog‘iston esa qo‘shnilari – O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga 1 avgustgacha har oy 200 ming tonna bug‘doy, 60 ming tonna un eksporti kvotasini joriy etdi. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hududidan tashqariga piyoz, sarimsoq, javdar, sholg‘om, guruch, yorma, g‘alla-don, qorabug‘doy, tariq, butun donli un, tozalangan grechka, soya dukkaklari, kungaboqar urug‘larini olib chiqish 30 iyunga qadar taqiqlandi. Ushbu mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilari - Rossiya va Qozog‘iston hisoblanadi. Ukraina esa joriy yilning 1 iyuliga qadar grechkani eksportga chiqarishni taqiqladi. Osiyo davlatlari dukkakli mahsulotlar va guruch eksportiga kvota belgiladi. Umuman olganda, barcha davlatlar avvalo o‘zida oziq-ovqat muammosini hal qilishning chora-tadbirlari ishlab chiqa boshladi. Bunday sharoitda O‘zbekiston qanday yo‘l tutishi kerak, ushbu muammolarni hal etish uchun bir qator maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu boisdan O‘zbekistonda pandemiya sharoitida vujudga kelgan umumiy muammolarni hal qilishning o‘ziga xos yo‘llari ishlab chiqildi. Davlat rahbari va hukumat tomonidan bir qator muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu asosida moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etildi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lash muddati kechiktirildi, ayrim subyektlar esa joriy yil oxirigacha soliq to‘lovidan ozod etildi. Tadbirkorlik sub’ektlari va korxonalarga qator imtiyozlar taqdim etildi, ayrim qarzdorliklar kechiktirildi, debitorlik qarzdorlik uchun jarima qo‘llash to‘xtatildi, auditorlik tekshirishlar yil oxirigacha bekor qilindi, koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘rilgan talofatlarni kamaytirish bo‘yicha yana boshqa bir qator yengilliklar berildi. Mamlakatimizda pandemiya sharoitida aholini turli qatlamlari o’zlariga kerakli ozuqa bilan ta’minlash birinchi masalalar sifatida qaraldi. Qatiy belgilangan karantin choralari va o’zini viruslardan himoyalash tizimlari tarkibiga to’g’ri va sifatli maxsulotlardan iste’molni ta’minlash belgilandi. Bunda oziq-ovqat yetkazib beruvchi tarmoq va tashkilotlar faoliyati sanitariya qoidalari bo’yicha ishlarni olib borishmoqda. Oziq-ovqat yetishtirish, saqlash va yetkazib berish bo’yicha hududlarda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda: Axolini asosiy ozuqa zaxirasi hajmi, narxi va sifati bo’yicha bir me’yorda ushlab turish; Asosiy karantin zonalari va kasalxonalarni doimiy sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash; Bozorlar, supermarketlar, savdo rastalari, do’konlar, oziq-ovqat omborlarini sanitariya qoidalariga binoan dezinfeksiya qilish; Aholi va fermer xo’jaliklariga imtiyozli kredit ajratish orqali bo’sh turgan tomorqa xo’jaliklari va yerlardan samarali foydalanib mo’may daromadga ega bo’lish Oziq-ovqat tarkibidagi yarimtayyor sanoat maxsulotlarini klaster asosida mahalliylashtirish va bozorlarni to’yintirish Qishloq xo’jaligida asosiy ish o’rinlarini yaratish, bunda karantin tufayli chet eldan qaytuvchi fuqarolar ishsizlik muammosini hal etish va boshqalar. Oziq-ovqat zanjiri bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida prezidentning “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”6gi qarori qabul qilindi. Bunda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud bo‘lgan yerlarni foydalanishga kiritish, ularni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun aholiga imtiyozli shartlar asosida ajratib berish tartibi joriy qilinadi. Shuningdek tuman hokimligi foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini dehqonchilik sohasida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan oilalarga 1 gektargacha dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, istisno tariqasida, 10 yilgacha muddatga ijaraga beradi yoki tajriba-sinov tariqasida mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga barcha xarajatlarni oldindan to‘lash sharti bilan 5 gektargacha bo‘lgan yer maydonlarini 10 yilgacha muddatga ijara huquqini elektron auksion asosida sotadi. Ushbu yer maydonlarini ajratish bo‘yicha tashabbuskor va tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomasiga asosan tuman hokimining qarori qabul qilinadi, bunda yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va ustuvor ravishda sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarni ekish, bog‘ va tokzorlar barpo etish nazarda tutiladi. Yerdan foydalanish davomida belgilangan ekin turlarini ekib, ish o‘rinlarini yaratgan, ijara xarajatlarini o‘z vaqtida qoplagan tadbirkorlik sub'yektlariga yerdan foydalanish muddatini uzaytirishda ustuvorlik huquqi beriladi. Shuningdek, tuman hokimliklari foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining yaxlitligi, bir mahsulot turiga ixtisoslashishi, meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari orqali dehqon xo‘jaliklariga urug‘lik va ko‘chatlar yetkazish, ilg‘or agrotexnologiyalarni o‘rgatish, yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda ko‘maklashadi, mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini yetarli hajmda va hamyonbop narxlarda xarid qilishlari uchun zarur infratuzilmani yaratilishi ko’zda tutilgan. Ijaraga beriladigan yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi, Jahon bankining kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Bunday qarorlar ijrosini ta’minlash avvalo aholi va agrar soha hodimlari oldiga bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni ko’ndalang qiladi. Bundan kelib chiqib quyidagi takliflarni ushbu masalalarning yechimi sifatida berish mumkin:
mamlakatimizda mavjud sug‘oriladigan va ekin ekaladigan yerlardan unumli foydalanish lozim. Respublikada ekin ekishga yaroqli yerlari va unumli tomorqa yerlaridan 2-3 martagacha hosil olish; har bir hududga mos keluvchi ekinlarni ekish, yangi hosildor navlarni yetishtirish, imkoniyati bor joylarda zamonaviy innovasion texnologiyalarga asoslangan issiqxonalarni ko‘paytirish, tomorqadan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratish va bu islarni ommalashtirish; hosildor va sermahsul chorva mollarini ko‘paytirish, xorijdan keltirilgan, mamlakatimizga moslashtirilgan chorva mollarini barcha hududlarda tarqatib, mahsuldorlikni ko‘tarishga erishish; yangi yerlarni o‘zlashtirish, foydalanishdan chiqan yerlarni sho’rini yuvish orqali foydalanishga qaytarish, urug‘chilikni rivojlantirish, chetdan olib kelinayotgan urug‘larni o‘zimizda yetishtirish va mineral o‘g‘itlarni shularga mos holda ishlab chiqarish; mamlakatimizga import qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ayniqsa g‘alla va boshqa mahsulotlar o‘rnini qoplash bilan birga, ularning o‘rniga meva-sabzovot mahsulotlarini eksport qilish; chorva mollariga ozuqa ekinlarini, qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral o‘g‘it tayyorlash masalasiga alohida ahamiyat qaratish; aholi uy sharoitida band qilish maqsadida chorvachilik, parandachilik, baliqchilik, ipakchilik, asalarichilik, kasanachilikni rivojlantirish. barcha tadbirlarni moliyalashtirish, imkon qadar tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan, yetishmagan joylarda tijorat banklari mablag‘laridan samarali foydalanish mexanizmini yanada takomillashtirish. Shu va boshqa choralar davlatimiz va xalqimizning bugungi pandemiya davridan qisqa talofat bilan, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni kamaytirgan holda yengib o’tishiga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI Toshkent-2017y 2. https://daryo.uz/2020/09/23/shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-onlayn-formatda-otayotgan-75-sessiyasida-nutq-sozladi-video/ 3. http://www.fao.org/home/en/ 4. http://oziq-ovqat.uz/uz/press/foodnews/ 5. https://alldata.uz/product/dunyo-oziq-ovqat-mammosi/ 6. https://lex.uz/docs/-4803523?query=kodeks 7. Abdug'aniev A., Avdug'aniev A.A. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. Darslik. -T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006 yil. -288 bet. 8. Saidova D.N., Rustamova I.B., Tursunov Sh.A. “Agrar siyosat va oziqovkat xavfsizligi”. O’quv qo’llanma. T.: “O’zR Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasi” bosmaxonasi nashriyoti, 2016. - 257 b. 1 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI Toshkent-2017y 2 https://daryo.uz/2020/09/23/shavkat-mirziyoyev-bmt-bosh-assambleyasining-onlayn-formatda-otayotgan-75-sessiyasida-nutq-sozladi-video/ 3 http://www.fao.org/home/en/ 4 http://oziq-ovqat.uz/uz/press/foodnews/ 5 https://alldata.uz/product/dunyo-oziq-ovqat-muammosi/ 6 https://lex.uz/docs/-4803523?query=kodeks Download 51.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling