Global iqlim o‘zgarishlari va uning Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ta’siri va xavf-xatari


Download 1.6 Mb.
Sana19.12.2022
Hajmi1.6 Mb.
#1032524
Bog'liq
Global iqlim o‘zgarishlari


Global iqlim o‘zgarishlari va uning Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ta’siri va xavf-xatari
REJA:
Iqlim o`zgarishi nima? Iqlim o`zgarishiga olib keladigan harakatlar
01
Global iqlim o`zgarishi oqibatlari
02
Iqlim o`zgarishining oldini olish masalalari
03
Iqlim o`zgarishi – atmosferada parnik gazlari haddan tashqari ko`p miqdorda to`planishi natijasida dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o`zgarishi.
Atmosferada parnik gazlarining bunday g`ayritabiiy ko`payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko`mirdan haddan tashqari ko`p foydalanilishi natijasida yuz beradi. Atmosferadagi miqdori yildan-yilga ko`payib borayotgan asosiy parnik gazlari oksidlangan gaz va metandir. Ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy elementi hisoblanadi.
Parnik gazlari atmosferada to`planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo`l qo`ymaydi va atmosferaning qizishiga sabab bo`ladi. Harorat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Muzliklar eriganda 11 okean suvining harorati va fizik xossalari o`zgaradi, okean oqimlari o`zgaradi, mazkur oqimlarga bog`liq bo`lgan mamlakatlarda iqlim o`zgaradi, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o`zgaradi. Mazkur o`zgarishlar natijasi o`laroq, yog`ingarchiliklar amplitudasida katta o`zgarishlar yuz beradi – dam umuman yog`ingarchiliklar bo`lmaydi, dam haddan tashqari ko`p yog`ingarchilik bo`ladi; natijada qurg`oqchilik va toshqinlar ko`payadi; tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko`chkilar ko`p yuz beradi.
Mazkur muammoning olamshumulligi barcha odamlar uchun umumiy bo`lgan oqibatlar – odamzotning yo`q bo`lib ketish xavfi bilangina emas, balki bu muammoga biz qo`shayotgan hissa bilan ham belgilanadi. Gap shundaki, Yer yuzining qaysi nuqtasida atmosferaga parnik gazlari ajralayotgani ahamiyatga ega emas: mazkur jarayonlar O`zbekistonda yuz beradimi, Fillipin, Xitoy yoki Angliyadami – bundan qat’iy nazar, parnik gazining har bitta birligi qo`shilishi butun dunyo iqlim tizimiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Shu bois gazlar atmosferaga qayerda chiqarilayotgani emas, balki qancha chiqarilayotgani muhimdir. Har qanday energiya iste’moli, chunonchi: chiroq yoqish, uy isitish, o`tin yoqib ovqat tayyorlash va hokazolar natijasida atmosferaga parnik gazlari chiqariladi.
Iqlim o`zgarishi muammosi O`zbekistonga ham o`z ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi. Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
  • suv resurslari taqchilligining kuchayishi;
  • o`rtacha haroratning oshishi;
  • yog`ingarchiliklarning notekis taqsimlanishi – yog`ingarchiliklarsiz qurg`oqchilik uzoq davom etishi va bir martada ko`p miqdorda yog`ingarchiliklar bo`lishi;
  • qishloq xo`jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay o`zgarishi;
  • harorat rejimi kuchayishi natijasida aholi salomatligi bilan bog`liq muammolar ko`payishi;
  • o`simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimlanishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tubdan o`zgarishi;
  • sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, demak, yashash va xo`jalik yuritish mumkin bo`lgan erlar kamayishi;
  • iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to`liq qayta taqsimlanishi va boshqalar

Mutaxassislarning fikricha, iqlimdagi o`zgarishlar dunyoning barcha okean va qit’alaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli o`zgarishlarga sabab bo`layotir. Kelgusi o`n yillikdan boshlab fasllar bilan bog`liq noodatiy jarayonlar boshlanishi mumkin. Masalan, juda qattiq sovuq hukm suradigan qish o`rnini birdaniga jazirama yoz egallashi hech gap emas. Hatto bir kecha-kunduz oralig`ida issiq va sovuq haroratning almashinuvi tez-tez ro`y berishi ehtimolga yaqin. Boshqacharoq izohlansa, yil davomida faqat qish va yoz fasli hukm sursa, ne ajab. Buning oqibatida havo tarkibida atrof-muhitga, inson salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar miqdori, ummon suvlarining esa kislotalilik darajasi ortishi taxmin qilinmoqda.
Iqlim o`zgarishi oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko`rsatmasdan qolmaydi. Hisob-kitoblardan kelib chiqib, 2050 yilga borib, makkajo`xori, guruch va bug`doy yetishtirish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda.
Gap atrof-muhit musaffoligini saqlash, global iqlim o`zgarishi ta’sirini kamaytirish haqida borar ekan, bu yo`nalishda bevosita mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar haqida to`xtalib o`tmoqchimiz. O`zbekiston Respublikasi BMTning iqlim o`zgarishi bo`yicha konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan yurtimizda qator tadbirlar bajarilmoqda. Ishlab chiqarishga ekologik sof mexanizmlarni tatbiq etish, avtomashinalarni ekologik sof yoqilg`iga o`tkazish, qishloq xo`jaligida tejamkor texnologiyalarni qo`llash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish kabi vazifalar shular jumlasidandir.
Targ`ibot-tashviqot masalalari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo`q. Xususan, ekologik ta’limni takomillashtirish, ekologik muammolarni bartaraf etishda yoshlarning faolligini oshirish borasida ibratli ishlar qilinmoqda. O`zbekiston ekologik harakati, Oliy va o`rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo`jaligi vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida an’anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Global iqlim o`zgarishiga moslashish bo`yicha eng yaxshi g`oya” tanlovi bunga bir misoldir. Aytaylik, bu galgi tanlovga mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy o`quv yurtlari talabalaridan bir yuz yigirmadan ortiq ilmiy loyiha, ma’ruza va maqolalar qabul qilindi, g`olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Eng muhimi, yosh tadqiqotchilarning ilmiyijodiy ishlarida qishloq xo`jaligi, sanoat, neft-gaz tarmog`i, chiqindilarni boshqarish sohalariga ekologik sof texnologiyalarni tatbiq etish, suvni tejash, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish borasidagi dolzarb masalalar qamrab olingani diqqatga molikdir.
THANK YOU
Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling