Toshkent, 1 iyul — Sputnik
Download 17.75 Kb.
|
YOSHLAR ITTIFOQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik.
Bundan 16 yil oldin, ya’ni, 2001 yilda tashkil etilgan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati o’tgan davr mobaynida yoshlar hayotiga kirib borib, ularning ma’lum bir qismini o’z atrofida birlashtirishga, o’z Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni imkon darajasida bajarishga harakat qilib kelayotgan edi... TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. 30 iyun kuni O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati negizida O’zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifini kiritdi. O’zbekiston prezidenti nega bunday qarorga kelganini quyidagicha izohladi: "Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlari yangi bosqichda jadal olib borilmoqda. Hayot talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi ko’pgina davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz taqdiriga daxldor bo’lgan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining bugungi kuni va ertangi istiqboli barchamizni o’ylantirishi tabiiy. Sizlarga yaxshi ma’lum, bundan 16 yil oldin, ya’ni, 2001 yilda tashkil etilgan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati o’tgan davr mobaynida yoshlar hayotiga kirib borib, ularning ma’lum bir qismini o’z atrofida birlashtirishga, o’z Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni imkon darajasida bajarishga harakat qilib kelmoqda. Tashkilot tomonidan yoshlarni har taraflama qo’llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning hayotda o’z o’rnini egallashiga ko’maklashish bo’yicha bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilganini albatta e’tirof etishimiz kerak. Ayni vaqtda tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, mohiyat e’tibori bilan yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi bo’lishi zarur bo’lgan "Kamolot" harakati faoliyatida jiddiy kamchilik va nuqsonlar ko’zga tashlanmoqda. Birinchidan, "Kamolot" butun O’zbekiston yoshlarini birlashtirgan, tom ma’nodagi ommaviy harakatga aylana olmadi. U asosan o’z atrofida Harakat faoliyatiga xayrixoh bo’lgan yoshlarni uyushtirib, faqat ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidangina ish olib bordi. Natijada yoshlarning keng qatlamlariga taalluqli bo’lgan dolzarb masalalar, avvalo, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni katta maqsadlar sari safarbar etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, qisqacha aytganda, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha o’zini haqiqiy yoshlar tashkiloti sifatida ko’rsata olmadi. Ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi vaqtda "Kamolot"ning 4 millionga yaqin a’zosi bor. Bu mamlakatimizdagi 10 milliondan ziyod yigit-qizlarning 40 foizini tashkil etadi. Bir qarashda, 4 million — salmoqli raqam bo’lib ko’rinadi. Lekin xolisona aytganda, tashkilotga a’zolik ko’p hollarda faqat qog’ozda mavjud, amalda esa aksariyat a’zolar "Kamolot" to’g’risida aniq tasavvurga ega emas, uning maqsad va vazifalarini bilmaydi, o’z yetakchilarini tanimaydi, Harakat faoliyatida ishtirok etmaydi. Natijada yurtimizdagi minglab yoshlar, ayniqsa, qishloq joylarda nafaqat "Kamolot"ning, ayni vaqtda davlat va jamiyatning e’tiboridan chetda qolmoqda. Ular bilan hech kim deyarli shug’ullanmayapti, ular o’z holiga tashlab qo’yilgan, desak, achchiq haqiqatni tan olgan bo’lamiz. Buning oqibatida uyushmagan, ya’ni, ishlamaydigan, o’qimaydigan, tayin bir mashg’ulotga ega bo’lmagan, salbiy ta’sirlarga beriluvchi yoshlar soni ortib bormoqda. Download 17.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling