Toshkent, 1 iyul — Sputnik


Yoshlar o’rtasida jinoyat sodir etish, diniy ekstremistik oqimlarga, terrorchi guruhlarga qo’shilib qolish holatlari ko’payib borayotgani kuzatilmoqda


Download 17.75 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi17.75 Kb.
#1049757
1   2   3
Bog'liq
YOSHLAR ITTIFOQI

Yoshlar o’rtasida jinoyat sodir etish, diniy ekstremistik oqimlarga, terrorchi guruhlarga qo’shilib qolish holatlari ko’payib borayotgani kuzatilmoqda.
2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar o’rtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak.

Albatta, bu borada hamma aybni faqat "Kamolot"ga yuklab qo’yish adolatdan emas. Bu masalada mahalliy hokimliklar, ichki ishlar bo’limlari, prokuratura, sud, mahalla idoralarining ham aybi bor.


Ayni vaqtda bu masalada yoshlar bilan doimo hamnafas, hamfikr bo’lib yashashi, ishlashi kerak bo’lgan "Kamolot" va uning joylardagi bo’linmalarining mas’uliyati ko’proq, desak, to’g’ri bo’ladi.
"Kamolot" faoliyatidagi bunday kamchiliklarning albatta ob’yektiv va sub’yektiv sabablari bor.
Ob’yektiv sabablar shundan iboratki, biz o’z vaqtida "Kamolot"ni jamoat tashkiloti sifatida tuzib, lekin undan katta bir vazirlik vazifasini talab qila boshladik. Unga juda keng, ulkan vazifalarni topshirdig-u, ammo ularni bajarish uchun zarur huquqiy va amaliy vakolatlar, tegishli imkoniyat va imtiyozlar yaratib berish haqida, afsuski, yetarlicha bosh qotirmadik.
Oqibatda "Kamolot" yoshlar hayoti bilan bog’liq hamma narsaga javob beradigan va ayni paytda hech narsaga javob bermaydigan, mo’rt va zaif bir tuzilmaga aylanib qolganini bugun qanchalik og’ir bo’lmasin, e’tirof etishimiz kerak.
"Kamolot" faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan sub’yektiv sabablar haqida gapirganda, uning aksariyat rahbarlari va xodimlari tomonidan ishga rasmiyatchilik bilan, yuzaki va loqayd munosabatda bo’lish, maishatga, ichkilikbozlikka berilish kabi salbiy holatlarga yo’l qo’yilayotganini ham afsus bilan qayd etish lozim.
Men bugungi anjumanda "yoshlar yetakchisi" degan yuksak nomga mutlaqo yarashmaydigan bunday noxush holatlar haqida gapirib, sizlarni xijolatga qo’yish fikridan yiroqman.
Sizlar qurultoy majlislarida bu masalalarni ham muhokama qilib, ularga tegishli baho berasizlar, deb o’ylayman.
Afsuski, biz "Kamolot"ni yoshlarimiz chin dildan intiladigan, samarali faoliyat olib boradigan, zamonaviy kuchli bir tashkilotga aylantirish uchun o’z vaqtida tegishli choralar ko’rmadik. Buni ochiq tan olishimiz va zarur xulosa chiqarishimiz kerak.
Men bu gaplarni osmondan olib emas, aniq faktlardan kelib chiqib aytyapman.
Mana, Prezidentning Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bilan tanishib ko’ringlar. Ularning aksariyati "Bizni hech kim eshitmaydi", "Bizni hech kim tushunmaydi", "Biz bilan hech kim qiziqmaydi", "Rahbarlar o’zini o’ylash bilan ovora" degan mazmunda yozilgan.

Download 17.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling