Global iqtisodiyot
etikoxavf“, ,ptikofalokat“
Download 298.78 Kb.
|
Reja Global muammolarning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- )yMamlakatda har 30 soniyttda qasddan odam о ‘Idirish, har 10 soniyada — nomusga tegish, har 10 soniyada — hayotga xavf soladigan hujum, har 30 soniyada
,,etikoxavf“, ,ptikofalokat“ nomi bilan qayd etilayotgan hodisalar, u yoki bu darajada, insoniyat rivojlanishining octmishida ham uchragan va sivilizatsiyaning yo‘ldoshi bo‘lib kelgan. Bir tomondan, madaniyat rivojlanib, boyib, tobora umuminsoniy tus olib borsa, ikkinchi tomondan,turli-tuman manfurlik va og‘u timsoli bo'lgan jinoyatchilik, bangilik, fahsh, terrorchilik, ichkilikbozlik kabi illatlar ham kuchayib bordi. Yaqin vaqtlargacha ma’naviy muhitni global darajada buzuvchi yuqoridagi illatlaming tabiatini izohlashda marksistik va ,,buijuacha“ deb atalgan qarashlar mavjud edi. Chunonchi, birinchi riuqtayi nazarga ko'ra, bulami faqat antagonistik jamiyatlar tug‘diradi. Bu jamiyatlar o'rniga sotsializmni barpo etish bilan ulaming ijtimoiy ildizlari yo‘qotiladi, deb hisoblanilardi. Lekin, ijtimoiy amaliyot bunday qarashlarning xayoliy ekanligini ko‘rsatdi. Dunyoning barcha qismida, shu jumladan, sobiq sotsialistik tizim mamlakatlarida, etikoxavfning, mohiyatiga ko‘ra, umumiy ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bundagi asosiy farq esa, xavfli illatlaming namoyon bo‘lishi, turlari va tarqalganligi darajasini ifodalaydi, xolos. Chunonchi, AQSH bo£yicha shunday ma’lumotlar ma’lum: mamlakatda (1970—1980-yillarda)jinoyatchilik 3 marta, uning o‘sish sur’atlari esa 10 baravar ortdi. Bundan o‘n yilcha oldin AQSH Prezidenti R.Reygan shunday degan edi: )yMamlakatda har 30 soniyttda qasddan odam о ‘Idirish, har 10 soniyada — nomusga tegish, har 10 soniyada — hayotga xavf soladigan hujum, har 30 soniyada — avtomobil o ‘g (irlash va hokazolar sodir bo 'lmoqda4 . Bunga o‘xshagan ahvolni boshqa ko£pgina mamlakatlarda ham ko‘rish mumkin. Jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatehilik soni oshib bormoqda. Etikologik rttuammolar tizimida kormpsiya — amaldor shaxslami sotib olish orqasida yuz berayotgan jinoyatlar salmog'i tobora ortib bormoqda. Bunday jinoyatning subyekti ishlab chiqaruvchilar bilan siyosatchilar, harbiylar, parlament a’zolari, ma’muriy va boshqa boshqaruv bo‘g‘inlaridagi ko'pgina amaldorlardir.Jinoyatning bu ko'rinishi jamiyat rivojlanishining o'tish davri, deb atalgan bosqichlarida, ayniqsa, yalpi tus oladi. Chunonchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga kirgan mamlakatlar hozirgi sharoitda bu hodisa bilan to‘qnash kelib turibdi1. Ma’naviy muhitni bulg‘ashda keyingi vaqtlarda, ayniqsa, ichkilikbozlik va bangilikning o‘mi katta bo‘lmoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda (masalan, Eron Islom Respublikasida, 0 ‘zbekiston, Fransiyada, AQSH va boshqa mamlakatlarda) narkotik moddalami tarqatganlik uchun og‘ir jazo choralari belgilangan. BMT darajasida ham zarur tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi kurashilmoqda. Lekin, bangivor moddalar tayyorlash va sotishdan g‘oyat katta foyda olayotgan korchalonlar bu og‘udan o‘layotganlar soni yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay, barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar. Etikologiyaviy muammo tarkibida terrorchilikning o‘mi alohidadir. Terrorchilik ijtimoiy antogonizm bilan bir vaqtda, uning shakllaridan biri sifatida kelib chiqqan. Uning xillari tobora ko‘payib bormoqda. Hozirgi vaqtda siyosiy terrorchilikdan tashqari, iqtisodiyot bilan bog‘liq terrorchilik ham kuchayib bormoqda. Chunonchi, havo qaroqchiligi yo‘li bilan tayyoralami olib qochish, odamlami garovga olish va evaziga pul olishga urinishlar tez-tez ro‘y berishini axborot vositalari tarqatib turibdi.Terrorchilik o‘zining bir qator belgilariga ko‘ra uyushgan tus olmoqda. Pomografiya, islovatxonalar, so'ngra bangivor moddalarni tarqatish maqsadida davlat tizimidagi amaldorlami sotib olishga erishib, o‘z faoliyatini davom ettirayotgan mafiya buning yaqqol timsolidir. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Yerdagi hayotni saqlab qolishning asosiy sharti — yalpi qirg‘in urushlarining oldini olish hamda sayyoramizning bir qancha mintaqalari xalqlari qoloqligini tugatib, insoniyat jamiyati mutanosib rivojlanishiga erishish va ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish uchun insoniyat kuch-g'ayratlarini birlashtirish lozim bo‘ladi. 4.Agar iqtisodiy ahvol jamiyat rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan taqozolangan bo‘Isa, ,{lemografiyaviy portlash “ insonning xohishirodasi, mavjud an’analarga sodiqligi, madaniy darajasi, turmush mezonlari va hokazolar bilan belgilanadigan jarayondir. Yer sathida ilk paleolit davri boshida 100—200 ming, so'ng paleolit boshida — 1 mln, neolit boshida — 10 mln, oxirida 50 mln, eramiz boshlarida — 230 mln odam yashagan. Sayyoramizdagi aholining soni hozirgi vaqtda, 6,5 mlrd dan ortdi. Bu raqamlarda aholining soni o‘sib borganligi qayd qilingani ko‘rinadi. Aslida esa, bu raqamlar odamlarni tegishli moddiy vositalar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy va h.k.) bilan ta’minlash, zarur ma’lumot darajasi, tibbiy va huquqiy xizmat, tegishli ijtimoiy muhofaza, yosh avlod tarbiyasi masalasini ham kun tartibiga qo‘yadi. Olimlar aholining o ‘sishi bilan bog‘liq masalalarga XVIII asrdayoqe’tiborberishgan. Xususan, ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus bundan 200 yil awal shunday yozgan edi: ,/lgar past tabaqa sinflar nodonligi va buzuqligiga qaramasdan ко ‘payib boraversa, и holda m a ’rifatli sinflar o ‘zlarining yaqinlariga bo'lgan nasroniylarcha muhabbati bilan hech nima qila olmaydilar“. ,,Otaonasi farzandining yashashini ta ’minlash uchun zarur kapitalga ega bo ‘Imasa, bu farzandning yashashga qanday haqqi bor? Bunday farzand faqat xayr-ehsonga ко ‘z tikishi mumkin ". ,J3oshqa kishilar tomonidan egallangan dunyoga kelgan odam... bu dunyoda mutlaqo ortiqchadir“. Maltusning bu qarashlari bilan hozirgi davrda ilgari surilgan nuqtayi nazarlar umumiyday ko'rinadi. Masalan, Rim klubining taniqli vakili, matematik J.Forreyster modeli bo'yicha va Massachusets texnologiya instituti (AQSH professori Denis Medouz va uning xodimlari tomonidan tayyorlangan ,,0 ‘sish chegaralari“ kitobida insoniyat rivojlanishining beshta parametrlaridan bin bo‘lgan ,4emografik portlash “ haqida gap boradi. Uning fikricha, agar aholining o'sishi hozirgi sur’atlar bilan borsa, 2000-yilga kelib, tez orada hamma unumdor yerlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi doirasiga tortilib bo'ladi. Nounumdor, sahro yerlarni o‘zlashtirish, dengiz suvini chuchuklashtirish, sun’iy oziq-ovqat yaratish va hokazolar esa juda katta xarajatni talab etadi. 2100-yilga kelib esa, bu resurslar tugaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, o‘lim ko'payadi
Download 298.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling