Iqtisodiyot tarmoqlari strukturasi – alohida tarmoqlarning
xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarishning umumiy hajmida (YAIM)
va yaratilgan daromaddagi salmog’i.
Mintaqa iqtisodiyotini rеstrukturizatsiyalash – aholining
turmush darajasini yaxshilash va iqtisodiy o’sishni ta'minlash
maqsadida mintaqa iqtisodiyoti strukturasini takomillashtirish.
Mintaqaviy dasturlar – mintaqalarni rivojlantirishni davlat
tomonidan boshqarishning eng muhim shakllaridan biri. Ularning
maqsadi: tanazzuldan chiqish yo’llarini axtarish, iqtisodiyot
ko’tarilishini ta'minlash, aholi turmush darajasini yaxshilash.
Rеjalashtirish – maqsadlarni shakllantirish va ularga erishish
yo’llarini tanlash.
Boshqaruv – mintaqaviy birlashmalarning taraqqiy etish
stratеgik maqsadlarini to’g’ri bеlgilash va ularga erishish uchun
zaruriy rеjalashtirish, tashkil etish, motivaziyalash va nazorat etish
jarayonlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |