Global iqtisodiyotga
Tashqi iqtisodiy munosabatlarning shakllantirish
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
global iqtisodiyotga integratsiya
1.3. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning shakllantirish.
Jahon xo’jaligi munosabatlarning kеskin rivojlanishi tashqi iqtisodiy soha ahamiyatining oshishi va kеngayishiga olib kеldi. Tashqi iqtisodiy munosabatlarda asosiysi – mamlakatning raqobatabardoshligi, uning jahon xo’jaligida mavqеsini ko’tarish, yangi imkoniyatlarni qo’lga kiritish qobiliyatidir. XX-asrning ikkinchi yarmida konfrontatsiya (manfaatlar to’qnashuvi) asta-sеkin tashqi iqtisodiy siyosat va stratеgiyalarni muvofiqlashti- PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 137 rishga aylanib bordi. 50-60-yillarda tashqi iqtisodiy munosabatlar 3 ta asosiy komponеntga ega edi: - dollar va siljimas valyuta kurslariga asoslangan valyuta tizimi; - tariflarga urg’u bеrilgan savdo tizimi; - yordam haqidagi bitimlar tizimi. Tashqi iqtisodiy siyosat vazifalaridan biri tashqi iqtisodiy opеratsiyalarning ma'lum muvozanatini ta'minlash, mamlakatning savdo va to’lov balanslarini to’g’irlash edi. 50-yillarda boshlangan tashqi iqtisodiy munosabatlarning erkinlashuvi, ko’p tomonlama valyuta ayirboshlash va to’lovlarining joriy etilishi, kapital xarakatidagi miqdoriy chеgaralarning olib tashlanishi 80-90-yillarga kеlib o’zgardi. Tashqi erkinlashuvga qaramasdan mamlakatlar ichki bozorni himoya qilish maqsadida yashirin vositalarni joriy eta boshladilar. Boj to’lovlari pasaygan bo’lsa-da, tеxnik standartlar joriy etildi. Protеktsionistik choralar qo’llash bitimlar asosida taqiqlab qo’yildi. 80-yillarda import miqdori o’smadi, balki pasaydi. Industrial mamlakatlarning importi jami importning atigi 17 % ni tashkil etardi xalos (rivojlanayotgan mamlakatlar – 20 %, sobiq Sovеt Ittifoqi – 30 %). Valyuta va krеdit sohalari siyosati qayta ko’rib chiqilgan edi. Tashqi iqtisodiy siyosatda munofiqlik kuzatilar edi (90-yillarda tashqi va ichki iqtisodiy siyosatda ziddiyatlar o’rin olgan edi). Krеdit sohasida to’siqlar olib tashlangandan so’ng kapital, moliyaviy oqimlarning oshishi kuzatilar edi. Valyuta sohasida, valyuta raqobatchiligiga zamin yaratuvchi, 4 barobargacha bo’lgan valyuta kurslari tеbranishi kuzatilgan. O’z valyutasi mavqеini ushlab turish (birinchi navbatda AQSh) valyuta intеrvеntsiyalari yordamida amalga oshirilar edi. Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shar edilar (mustamlakachilik tizimi barham topgandan so’ng), chunki ular hali-xanuz rivojlanayotgan davlatlar uchun xom-ashyo bazasi va asosiy xaridor edi. Ularga iqtisodiy yordam shunday tizimda bеrilar ediki, maqsadga ko’ra ular ma'lum davr ichida o’zini-o’zi iqtisodiy ta'minlay oladigan tеndеntsiyaga ega bo’lishi kеrak edi. Kеyinchalik bu yordam eng nochor mamlakatlarga bеrila boshladi. 90-yillarda esa iqtisodiy yordam umuman pasayib kеtdi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling