Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot falsafasi ma'ruzani olib borish texnologiyasi
Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi
Download 102.94 Kb.
|
13-mavzu Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi
Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu yerda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo ba'zan «boy Shimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham tavsiflanadi.
1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat'iy ekologik me'yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan izohlanar edi. So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur'atlarda joriy etila boshladi. Shuningdek texnologik novatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma'lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. Shu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi. O‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida “...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda15. Download 102.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling