Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Download 77.66 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2023
Hajmi77.66 Kb.
#1646255
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Reja:

Kirish.
1. Globallashuv, globalistika va barqaror hayot tushunchalarining o'zaro aloqasi va farqi.


2. Global muammolarning mohiyati.
3. Axborot inqilobi.Ilmiy va ijtimoiy axborot.
Xulosa.
Foytalanilgan adabiyotlar.
Kirish
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to`la chegaralanib olgan birorta ham davlat yo`q, deb to`la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a`zo bo`lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta`siriga ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayri ixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi.
Globallashuvning turli mamlakatlarga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisani chuqur o`rganmay turib unga moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o`rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma`naviyatini tog`dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo`yish bilan baravar bo`ladi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o`tkazgan va o`tkazayotgan tadqiqotlarga ko`z yugurtirish bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganidan guvohlik beradi. Globallashuvning milliy ma`naviyatga o`tkazadigan ta`siri haqida yozilgan jiddiyroq risola va yirik tadqiqotlar u yoqda tursin kichikroq maqolalarni topish ham mushkul. Ilmiy nashrlar va jurnallar, davriy matbuotda mazkur mavzu bo`yicha biz topa olgan ishlarning miqdori qo`llarimiz panjasidan ham oz. Har qanday siyosat, jumladan iqtisodiy siyosat va ma`naviyat sohasidagi siyosat ham ilmiy asosga ega bo`lgandagina muvaffaqiyat keltirishini nazarda tutsak, bu masalada olimlarimiz siyosatchilarimizga etarli ko`mak bera olmayotganini e`tirof etishga to`g`ri keladi.



Download 77.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling