Ta'lim mazmuni — taraqqiyot mezoni

Download 346.67 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi346.67 Kb.
#1228178
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta\'lim mazmun

Ta'lim mazmuni — taraqqiyot mezoni

Mustaqil ish

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasini tarixga aylanayotgan yil sarhisobi va 2021-yilning bosh rejasi sifatida qabul qilish mumkin.

Murojaatnomani tom maʼnodagi yangilanayotgan Oʻzbekistonni yaqin yillarda, xususan, joriy yilda kompleks rivojlantirish, shuningdek, mamlakat taraqqiyotini taʼminlashning ustuvor jihatlarini belgilab bergan dastur sifatida qabul qilish oʻrinli boʻladi.

Taʼkidlash kerakki, Murojaatnomada jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning barcha sohalari qamrab olingan. Jumladan, fan, taʼlim tizimiga taalluqli bir qator strategik ahamiyatga ega yoʻnalishlar belgilab berilgank. Undan kelib chiqadigan vazifalar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan yangilanayotgan Oʻzbekiston taʼlim siyosatining mazmun-mohiyatini yana-da chuqurroq anglashni, ularning ijrosiga nisbatan taraqqiyot mezonlari asosida ijodiy yondashuvni talab qiladi

Insoniyat tamaddunining hozirgi davrini globallashuv jarayonlarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bugunga kelib globallashuv dunyo mamlakatlarini rivojlantirishning mazmun-mohiyatiga, strategiyasi va tamoyillariga, yondashuv va uslublariga ham birday taʼsirini oʻtkazayotgan kuch sifatida namoyon boʻlmoqda. Globallashuvning mohiyatini va xususiyatlarini chuqur oʻrganish unga moslashish, yoʻnalishlarini kerakli tarzda oʻzgartirish imkoniyatini yaratadi.

Bundan koʻrinadiki, globallashuv jarayonidan ijobiy va ijodiy foydalanishning usul va vositalarini, mexnizmlarini ilmiy asosda ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. 2020-yilda butun dunyoda kuzatilgan pandemiya sharoiti fikrimiz toʻgʻriligini yana bir karra tasdiqlaydi. Albatta, bunday sharoitda taʼlim tizimida globallashuv jarayonlariga moslashuvchan, u bilan hisoblashadigan islohotlar muhim rol oʻynaydi.

Download 346.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling