Ta'lim mazmuni — taraqqiyot mezoni
Download 346.67 Kb.
|
Ta\'lim mazmun
Taʼlim muassasalarida alohida qobiliyatli oʻquvchilar bilan ishlash masalasi oʻziga xos eʼtiborni talab qiladi. Shuning uchun ham qobiliyatli oʻquvchilar bilan ishlashning oʻziga xos pedagogik va psixologik jihatlari mavjudki, bu xuddi shu sifatga ega oʻquvchilar bilan ishlashda alohida yondashuvlarni talab qiladi.Taʼlim muassasalarida bu borada olib borilayotgan ishlarni kuzatar ekanmiz, qobiliyatli oʻquvchilarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish va yoʻnaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kun talabiga javob bermasligini koʻrishimiz mumkin. Aslida bu boradagi ishlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgan taqdirda ham qobiliyatli oʻquvchilarning ehtiyojini toʻlaqonli qondirish qiyin. Prezidentimiz tomonidan iqtidorli oʻgʻil-qizlarimizning taʼlimiga alohida eʼtibor qaratilishi ham ana shu omillar bilan bogʻliq.2019-yildan eʼtiboran mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan ijod maktablarining tashkil qilinishi hamda bu boradagi ishlarning tizimli davom ettirilayotgani alohida qobiliyatga ega yoshlarning iqtidorini rivojlantirish, ularning salohiyatidan jamiyat manfaati yoʻlida foydalanishdek ezgu maqsadlarni koʻzlaydiKelgusida esa iqtidorli oʻgʻil-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur oʻzlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida universitetni tashkil etish, ushbu oliy taʼlim muassasasida chet eldagi yetakchi olimlar va professor-oʻqituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida taʼlim-tarbiya berishi bilan bogʻliq ishlarning rejalashtirilishi bu yoʻnalishda ishlar tizimli olib borilayotganini koʻrsatadi.Biz ayni paytda ilm-maʼrifatni rivojlantirmasdan rivojlanishning keyingi bosqichlariga chiqa olmaymiz. Buning uchun esa tizimdagi muammolarni bartaraf qilishimiz, taʼlim-fan-ishlab chiqarish uchligi oʻrtasidagi integratsiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyishimiz lozim.Taʼlim tizimida uzoq yillardan beri yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish oson kechmaydi. Buning uchun, avvalo, taʼlimga yondashuv bilan bogʻliq qator masalalarga ijobiy yechim topishimiz lozim. Kadrlar tayyorlashda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy oʻziga xosligi va talabini inobatga olish, mehnat bozoridagi talab va taklifni chuqur oʻrganish, ularning mutanosibligiga erishish, taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini toʻla taʼminlash, fan yutuqlarini tijoriylashtirishga nisbatan eʼtiborni kuchaytirish shular jumlasidandir.Download 346.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling