Ta'lim mazmuni — taraqqiyot mezoni


Download 346.67 Kb.
bet3/5
Sana25.02.2023
Hajmi346.67 Kb.
#1228178
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta\'lim mazmun

Mazkur meʼyoriy hujjatlarda maktabgacha taʼlimdan oliy taʼlimdan keyingi taʼlimgacha boʻlgan barcha bosqich, shuningdek, akademik ilm-fan ham qamrab olingan. Uzviylik hamda uzluksizlikni taʼminlash orqali taʼlim sohasini mazmunan yaxlit tizim sifatida shakllantirish nazarda tutilgan.

aʼlim sifatini tubdan yaxshilash, avvalo, oʻquv dasturlari, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning ilgʻor xalqaro dasturlarga moslashtirilishiga bogʻliq. Bolalarning tahliliy, nostandart va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun oʻzining yangilangan shakl va mazmuniga ega darsliklar yaratish zarur. Murojaatnomada qayd etilishicha, “Bu borada kelgusi oʻquv yilida boshlangʻich sinflarda davlat taʼlim standarti oʻrniga, ilgʻor xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy oʻquv dasturi” joriy etiladi”.

Ushbu chora-tadbirlarning pirovard maqsadi esa taʼlim muassasasi bitiruvchilarini sof nazariy bilimlar sohibi sifatida emas, balki hayotiy vaziyatlarga moslashuvchan, mustaqil va toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmasiga ega shaxs sifatida tarbiyalashni nazarda tutadi.

Taʼlim tizimini hududlar kesimida tahlil qilish shahar va qishloq, shuningdek, chekka qishloqlar oʻrtasida oʻzaro tafovut mavjudligini koʻrsatadi. Shu munosabat bilan 2021-yildan boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan oʻqituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa — 100 foiz ustama haq toʻlash tartibining joriy qilinishi mamlakatimizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarning ham sifatli taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash imkoniyatini beradi.

Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda taʼlim xizmatlariga biznes sifatida qaraladi. Darhaqiqat, taʼlim biznesga aylangandagina raqobatbardoshlik kasb etadi. Mamlakatimizda ham keyingi yillarda oʻqitish tizimiga nodavlat va xususiy sektorning jadal kirib kelishini sohadagi ijobiy hodisalardan biri sifatida baholash mumkin.

Bunday sharoitda davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasidagi raqobat tizimning rivojlanishiga xizmat qiladi. Murojaatnomada xususiy maktablar faoliyatini ragʻbatlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratilishi belgilab berilishi taʼlim tizimida xususiy sektorning ulushi oshishiga, bu esa, oʻz navbatida, raqobatning kuchayishiga sabab boʻladi.


Download 346.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling