Ta'lim mazmuni — taraqqiyot mezoni
Download 346.67 Kb.
|
Ta\'lim mazmun
Murojaatnomada taʼlim sohasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning birlamchi sharti sifatida eʼtibor qaratilgan. Xususan, davlatimiz rahbarining “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib, xizmat qilishi lozim”, degan fikrlarida taʼlim va tarbiyaning jamiyat rivojidagi muhim ahamiyati oʻz ifodasini topgan.2021-yilda “Yangi Oʻzbekiston — maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan gʻoya asosida qator yoʻnalishlarda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi.Jumladan, birinchidan, yosh avlodga bogʻcha, maktab va oliy taʼlim muassasasida sifatli taʼlim-tarbiya berishga alohida eʼtibor qaratiladi, oʻgʻil-qizlarning jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazish ustuvor vazifalardan biri boʻlib qoladi.Uchinchidan, oʻgʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan taʼminlashga ustuvor ahamiyat beriladi.Milliy taʼlim tizimining keyingi chorak asrdagi faoliyatiga nazar tashlasak, koʻplab ijobiy ishlar bajarilganiga guvoh boʻlamiz. Biroq ayni paytda olib borilayotgan islohotlar koʻplab muammolar yigʻilib qolgani, muayyan kamchiliklar ham boʻlganini koʻrsatmoqda. Tizimdagi bu nuqsonlarni bartaraf etish maqsadida keyingi uch yildan ortiqroq vaqt mobaynida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohalariga oid koʻplab farmon va qarorlar qabul qilindi.Download 346.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling