Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Download 0.9 Mb.
|
Falsafa fanidan mustaqil ish
Mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”1 tushuniladi deyilgan.Mansabdor shaxsning har qanday shakldagi mukofot evaziga o‘z mansab vakolatlari doirasida mazkur mukofotni beruvchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”1 tushuniladi deyilgan.BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil Gavanada korrupsiya muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mintaqalararo seminarida qabul qilingan Davlat xizmatchilari uchun xalqaro xulq-atvor kodeksida “korrupsiya bu mansabdor shaxslarning shaxsiy yoki guruh manfaatini ko‘zlab mansabini suiiste’mol qilish, shuningdek davlat xizmatchilari tomonidan o‘zlari egallab turgan xizmat vazifalaridan g‘ayriqonuniy foydalanish ko‘rinishlaridir”, deyiladi.Evropa Kengashi guruhining korrupsiya muammolari bo‘yicha 1995 yil 22-24 fevralda Strasburgda o‘tkazilgan birinchi sessiyasida “korrupsiya davlat yoki xususiy tizim mansabdor shaxslarini ularning mansab vakolatlari doirasida o‘zlarining vazifalarini buzib bajarishlari uchun ularni pora evaziga og‘dirib olinishidir”, deb ta’rif berilgan.“Hokimiyatni pulga sotib olganlar undan foyda olishni istaydi”, degan edi faylasuf Arastu. Qadimgi Grek faylasufi yashab o‘tgan davrdan beri qancha suvlar oqib o‘tdi. Ammo korrupsiya bilan bog‘liq muammo o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Buning ustiga unga qarshi kurashishda samarali qurol ham yaratilmagan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korrupsiya xalqaro muammolardan biriga aylandi. Bir mamlakatdagi korrupsiya ko‘rinishi ikkinchi mamlakat bilan bog‘lanib ketdi. Ayni damda korrupsiya xalqaro savdoda milliardlab zarar keltirmoqda. Korrupsiya bilan bog‘liq muammo Evropada ham saqlanib qolmoqda. Bu mavzu davlat va hukumat rahbarlari, politsiya va jurnalistlarning doimiy e’tiborida. Tahlilchilarning fikricha, “ko‘hna qit’a”dagi korrupsiya har yili Evropa iqtisodiyotiga 120 milliard evro miqdorida zarar etkazadi. Biroq, Evropa Ittifoqining aksilkorrupsiya agentligi – OLAFning ta’kidlashicha, bu atigi aysbergning yuqori qismi xolos. Aslida Evropa mamlakatlari korrupsiya tufayli yiliga 323 milliard evrodan mahrum bo‘ladi. Kuzatuvchilarning fikricha, korrupsiyaning haqiqiy qamrovini baholashning imkoniyati yo‘q. EI mamlakatlari aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga qaraganda, respondentlarning 76 foizi korrupsiya o‘sib borayotganini qayd qilgan. Evropada eng korrupsiyalashgan mamlakat Gretsiya ekani aytiladi. Undan keyingi o‘rinlarda Italiya, Ispaniya, Litva, Chexiya davlatlari turar ekan. Evropada korrupsiyaga qarshi kurashishga o‘nlab tashkilotlar jalb qilingan. Jahonning turli davlatlarida korrupsiyani bartaraf etish yo‘lida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Shu o‘rinda sharhlovchilar bir ovozdan Singapur tajribasini tez-tez tilga oladi.
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling