Elektron hukumat to’g’risida tushuncha. Elektron hukumatga qo’yilaigan talablar. Elektron hukumat turlari
Download 26.4 Kb.
|
Elektron hukumat Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Electronic Government
Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslaridan foydalanish. Reja: Elektron hukumat to’g’risida tushuncha. Elektron hukumatga qo’yilaigan talablar. Elektron hukumat turlari. Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu -hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli soxalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi. Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili - « Electronic Government » so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina ta’lluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish. Download 26.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling