Global moliyaviy inqirozlar
Download 1.51 Mb.
|
Moliyaviy inqirozlar A.Shahzodbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
GLOBAL MOLIYAVIY INQIROZLARAbdushamiyev Shahzodbek MOLIYAVIY INQIROZLARInqiroz (yunon tilidan tarjimada - "qaror, burilish nuqtasi") - bu keskin o'zgarish, har qanday jarayonning qiyin o'tish davri.Moliyaviy inqiroz- iqtisodiyotning bir qismi bo’lgan moliya tizimida spekulyativ yoki sof monetar omillar ta’sirida tanglikning yuzaga kelishini anglatib, moliya tizimini yangidan isloh qilish zaruratini oshirsa, iqtisodiy inqiroz butun iqtisodiyotni izdan chiqargani bois uni qayta tiklash, modernizatsiyalashni taqozo etadi. Bundan ko’rinadiki, iqtisodiy inqiroz moliyaviy inqirozga nisbatan ko’lami va salbiy ta’siri jihatidan ancha xavflidir.1929 —1933 yillar. Jahon iqtisodiy inqirozi yoki Buyuk depressiya. Ushbu iqtisodiy inqiroz “Buyuk depressiyasi” nomi bilan mashhur boʻlib, oʻzining juda katta salbiy oqibatlari va dunyo iqtisodiyotiga koʻrsatgan ijtimoiy-iqtisodiy zararining koʻlamdorligi bilan eng koʻp oʻrganilgan hamda koʻplabtadqiqotlar olib borilgan inqirozlardan biri boʻlib hisoblanadi. Inqiroz iqtisodiy faollikning keskin pasayganligi, asosiy jahon valyutalarining oltin standartidan voz kechganligi, ishsizlar sonining keskin oshganligi va oʻzining iqtisodiyotga koʻrsatgan zarari, isteʼmol hajmining pasayib ketganligi bilan tarixda chuqur iz qoldirgan.Mazkur inqiroz Nyu-York fond birjasida sodir boʻlgan tanazzuldan boshlangan boʻlib, asta-sekinlik bilan butun Amerika iqtisodiyotini, xususan, tarmoq va sohalarning butunlay parokanda boʻlishiga olib kelgan.oʻsha paytda AQSH bilan oʻzaro savdo aloqalari katta boʻlgan davlatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya mamlakatlari iqtisodiyoti katta talofat koʻra boshlaydi.1929-1933-yillar oraligʻida AQSHning yalpi ichki mahsuloti 46 foizga, isteʼmol tovarlari narxi indeksi esa, 32 foizga pasaygan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi 60 foizga pasayib, iqtisodiyotda ishsizlar soni oʻzining misli koʻrilmagan darajasiga yetib keladi. 1933-yil holatiga jami mehnat resurslarining 25 foizi oʻz ish oʻrinlaridan ayrilib, ishsizlar armiyasini yuzaga keltirgan edi.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling