Global muammolar
Ular quyidagilardan iborat
Download 0.96 Mb.
|
Hozirgi davrning asosiy global muamolarining ta’snifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. 9. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi.
Ular quyidagilardan iborat:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi. 2. Tinchlik va quralsizlanish, yangi jahon urushining oldini olish muammosi. 3. Ekologik muammo. 4. Demografik muammo. 5. Energetik muammo. 6. Xomashyo muammosi. 7. Oziq-ovqat muammosi. 8. Dunyo okeanidan foydalanish muammosi. 9. Koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish muammosi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy xaritasida qoloq mamlakatlar soni va salmog’ining kattaligi hamda mavqeining sezilarli holda oshganligi bilan bog’langan. Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning 3/4 qismi Afrikada, 1 tasi Janubiy Amerikada va qolgani Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelgan. 80- yillarning ikkinchi yarmi va 90- yillarda dunyo siyosiy xaritasida bo’lib o’tgan chuqur va miqyosli o’zgarishlar G’arb bilan Sharq o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan global yadro urushi xavfini amalda yo’q bo’lishiga sabab bo’ldi. Keyingi 10 yilliklar mobaynida qishloq xo’jalik yerlarining sug’orish va sanoat korxonalarini rivojlantirish uchun qaytarilmas suv iste’molining o’sishi, shuningdek, ko’p yillik qurg’oqchilik Orol dengiziga daryo suvlarini quyulishini asta-sekin kamayishiga olib keldi. O’zbekistonda XX asr boshlarida 400 ming gektar sug’oriladigan yer bo’lgan bo’lsa, 1988 yilga kelib 4 mln 100 ming gektarga yetdi. O’zbekistan sobiq Ittifoqning asosiy paxta xom ashyosi etkazib beradigan agrar respublikasiga aylantirildi. Paxta ekiladigan maydonlarning ko’paytirilishi bilan Orol dengizi sathininh pasayib borishi o’rtasida o’zaro bog’liqlik yuzaga keldi. Orol dengizi muammosini kelib chiqishiga sabab bo’lgan 2-omil 1959-67 yillarda qurilgan Turkmanistondagi Qoraqum kanalidir. Uning uzunligi 950 km bo’lib, daslabki 450 km qismida kema qatnovi yo’lga qo’yilgan. Ushbu daryo Amudaryodan sekundiga 300 metr kub suv oladi.Qanal o’zaniga 3ta yirik suv ombori qurilgan.Qoraqum kanalini ishga tushirilishi bilan Orol sathi keskin pasaya boshladi. 1. Suv ko’p talab qiladigan ishlab chiqarish korxonalarining rivolantirilishi va joylashtirilishi 2. Qishloq xo’jaligida suvni eng talab qiladigan ekinlarni, ayniqsa, paxta va sholi ekin maydonlari-ning kengaytirilishi 3. Xosildorli past,sug’orish qiyin bo’lgan yangi ekin maydonlarini ochish va sug’orish ishlari sifatiga e’tibor bermaslik Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling