Global qtisodiy rivojlanish strategyalari


Download 67.68 Kb.
bet2/9
Sana15.02.2023
Hajmi67.68 Kb.
#1202690
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

Neoklassik yondashuv. G‘arb iqtisodiy nazariyasida mehnat bozoriga turli ishlab chiqarish zahiralaridan biri sotiladigan bozor deb qaraladi. Bunda zamonaviy mehnat bozori amal qilishiga nisbatan mavjud bо‘lgan 4 ta asosiy konseptual yondoshuvni ajratib kо‘rsatish mumkin. Birinchi konsepsiyani neoklassiklar (Dj.Perri, M.Fidstayn, R.Holl) ilgari suradi. 80-yillarda uni iqtisodiy taklif qilish konsepsiyasi tarafdorlari A.Laffer va boshqalar ham qо‘llab-quvvatlashdi. Ushbu konsepsiya tarafdorlari mehnat bozori ham boshqa bozorlar kabi baho muvozanati asosida harakat qiladi, ya’ni asosiy bozor regulyatori bо‘lib baho (bu holda ishchi kuchi bahosi) xizmat qiladi deb hisoblashadi. Ularning fikriga kо‘ra aynan ish haqi yordamida ishchi kuchi talabi va taklifi tartibga solinadi. Hamda ularning muvozanati ta’minlab turiladi. Ta’lim va malaka oshirishga (inson kapitaliga) qilingan investitsiyalar - mashina va uskunalarga qilingan investitsiyalar kabidir. Baho muvozanati modeliga kо‘ra individ toki bu qо‘yilmalarga foyda meyori pasaymagunga qadar: «Malakali investitsiyalar» kelaveradi. Neoklassik konsepsiyaga kо‘ra ishchi kuchi bahosi talab va taklifga bog‘liq holda kо‘payib yoki kamayib bozor ehtiyojiga tez moslashadi. Mehnat bozorida muvozanat mavjud bо‘lgan sharoitda esa ishsizlik bо‘lishi mumkin emas.
Ish haqining talab va taklif tebranishlarga tо‘la mos ravishda о‘zgarishi hamda, ayniqsa ishsizlikning mavjud emasligi borasida jiddiy tarzda gapirib bо‘lmasligi tufayli bu konsepsiya tarafdorlari ular nazariyasining hayot bilan mos kelmasligiga bozorning qaysidir “Nomukammalliklari” sabab deyiladi.
Bularga kasb uyushmalarining ta’siri davlat tomonidan ish haqi minimal darajasining belgilab kо‘yilishi yetarli axborot yо‘qligi va hokazolar kiradi. Bundan tashqari ishsizlikning gо‘yoki erkin xarakteri tо‘g‘risidagi tezis ham oldingi suriladi. Ammo, agar ishsizlik erkin xarakterga ega bо‘lsa, nima uchun iqtisodiy sikllar fazalariga bog‘liq holda о‘zgarib (tebranib) turadi degan savolga javob berishmaydi.

Download 67.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling