Global qtisodiy rivojlanish strategyalari
Globallashuv sharoitida О‘zbekistonning tashqi migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki
Download 67.68 Kb.
|
8-mavzu
8.5. Globallashuv sharoitida О‘zbekistonning tashqi migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki
Jahon iqtisodiyotining XXI asrdagi integratsiyalashuvi va liberallashuvi jarayonida mehnat migratsiyasining ahamiyati muntazam oshib bormoqda. Globallashuv jarayonlari, mamlakatni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga qaratilgan, sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotda yangi sohalar va kasb-hunarlar paydo bо‘lishiga, mehnat resurslari oqimlarining о‘zgarishiga olib keladi. О‘zbekistonda ham tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlari kuchaymoqda. О‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qо‘mitasi ma’lumotlariga kо‘ra, О‘zbekistonda 2009 yilda kо‘chib kelganlar soni 136821 kishini tashkil qilib, kо‘chib ketganlar soni 188500 kishini tashkil qilgan, ya’ni kо‘chib ketganlar soni 51679 kishiga kо‘pdir. 2010 yilda respublika bо‘yicha kelganlar soni 140,0 ming kishini, ketganlar soni 179,6 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 39,6 ming kishini tashkil qildi. Demeskop Weekly ma’lumotlariga kо‘ra, О‘zbekistondan chet ellarga mehnat qilishga yо‘l olayotganlarning 80,0% Rossiyada ish topishni afzal kо‘radilar. Shu bilan birga, Qozog‘istonga MDH mamlakatlaridan kelgan mehnatkash-migrantlarning 57,6% ni ham О‘zbekiston fuqarolari tashkil etadilar. Rasmiy ma’lumotlarga muvofiq О‘zbekistondan ketgan mehnat resurslarining 85% MDH mamlakatlariga tо‘g‘ri keladi. Shu jumladan, ularning 58,3% Rossiya, 25,6% - Qozog‘iston, 4,7% - Janubiy Koreya, 1,3% -Turkiyaga tо‘g‘ri keladi. Mamlakat tashqi migrantlarining 0,6% - Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, 0,4% - Birlashgan Arab Amirliklari, 0,2% - boshqa mamlakatlar, shu jumladan, AQShga yо‘l olgan. Tashqi mehnatkash-migrantlarning yarmidan kо‘prog‘i mavsumiy ishchilardir. Tashqi migrantlarning atigi 2-3 foiziga yaqini malakali va yuqori malakali mehnat faoliyati bilan banddir. Tadqiqotchilar XX asr oxirlarigacha Markaziy Osiyo mamlakatlari tub aholisi uchun mehnat migratsiyasi xos bо‘lmagan deb kо‘rsatishadi. Biroq, О‘zbekistonda mehnat migratsiyasi doim, ham ichki (mamlakatning boshqa viloyatlariga chiqadigan ishchilar), ham tashqi (SSSRning boshqa respublikalariga borib ishlaydigan kishilar) migratsiya kо‘rinishida mavjud bо‘lib kelgan. Bunda oxirgisi ham tashkillashtirilgan shakllarda (Sovet Ittifoqidagi yangi qurilishlar, yer о‘zlashtirishlar davrida mehnat "vaxtalari" va b.), ham tashkillashtirilmagan (asosan, meva-sabzavotchilik mahsulotlari bilan savdo) shakllarida amalga oshgan. Shuningdek cheklangan hajmda bо‘lsa ham xorijiy mehnat migratsiyasi mavjud bо‘lgan. Chet elga borib ishlash jarayonining tashabbuskori bо‘lib ishchi emas, balki davlat nomidan ish kо‘ruvchi boshqaruv organlari yoki ishlab chiqarish tuzilmalari hisoblanadi. О‘zbekistonda shunday migratsiyada malakali geologlar, suv xо‘jaligi mutaxassislari, shifokorlar, quruvchilar ishtirok etgan. Mehnat migratsiyasining zamonaviy davri oldingilaridan о‘z kо‘lami, tavsifi va ishtirokchilar tarkibi bilan farq qiladi. Ayniqsa, migratsion oqimlarning yо‘nalishi jiddiy о‘zgargan. Hozirgi vaqtda О‘zbekistondan emigratsiyaning uchta yо‘nalishini ajratib kо‘rsatish mumkin: 1. Markaziy Osiyoga (chegara oldi hududlardan Qozog‘iston va Qirg‘izistonga). Umumiy migrantlar sonining 50-65% - bu hosil terimiga yoki uy-joy qurilishiga kelgan mavsumiy ishchilardir, atigi 2-3% qonuniy ravishda hamda mehnatning malakali va yuqori malakali sohalarida ishlaydi. 2. MDHning Yevropa qismiga. Mehnatkashlar-migrantlarning asosiy oqimi Rossiyaga, nisbatan kam qismi Ukrainaga (bu asosan qrim tatarlari), Belorussiyaga jо‘naydi. 3. Uzoq xorij mamlakatlariga. Bu yerda AQSH, Yevropa, Arab mamlakatlarini, asosan BAA, Misr, Baxrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni; Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, asosan Janubiy Koreya, Tailand, Indoneziya, Malayziyani keltirish mumkin. О‘zbekistonga ishga kelganlar tо‘g‘risida gapirganda, noqonuniy mehnat migratsiyasining bir nechta yо‘nalishlari mavjud : • Migrantlarning 60% Tojikistondan, 20% - Turkmaniston va Qirg‘izistondan, О‘zbekistonda ushbu mamlakatlar bilan viza rejimi amal qilishi ushbu yо‘nalishlarni qiyinlashtirishiga qaramay keladi; • О‘zbekistonga Afg‘onistondan Tojikiston orqali keluvchilar soni umumiy oqimning 2-4% ni tashkil qiladi; • Xitoydan - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston orqali; • Eron, Pokiston, Hindistondan - Turkmaniston orqali. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini tashkil etishni tartibga solishga doir bir qator qarorlar qabul qilingan bо‘lib, mazkur qarorlarda tashqi mehnat migratsiyasini davlat tomonidan boshqarish, respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimi va uning mexanizmlari belgilab berilgan. Respublikamiz fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 noyabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 505-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Hukumatning ushbu qarori bilan respublikamiz fuqarolarini chet ellarda ishga joylashishini ta’minlaydigan mehnat organlari infratuzilmasini tashkil etish kо‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu qaror bilan О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellardagi mehnat faoliyati tartibi tо‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizomga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi hamda Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bо‘yicha xо‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolarning kо‘magida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirish huquqiga egaliklari belgilab qо‘yilgan. Shunga asosan, О‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy mamlakatlar о‘rtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo, idoralararo shartnomalar, bitimlar tuzilgan taqdirda ularning ijrosini ta’minlash Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tasarrufiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. О‘zbekiston va Rossiya о‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida Hukumatlararo bitim tuzilgan bо‘lib, uning tuzilishi ikki mamlakat Hukumatlari о‘rtasida mehnat migratsiyasini tashkil etishning huquqiy poydevorini yaratish, mehnat migratsiyasi borasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yо‘lga qо‘yish, qolaversa, mazkur davlatlar hududida qonuniy mehnat qilish istagida bо‘lgan fuqarolar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashni о‘z ichiga oladi. Ushbu Hukumatlararo bitim О‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi о‘rtasida mehnat migratsiyasi jarayonini huquqiy tartibga solish, mehnat kuchlarining erkin harakati uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mehnatkash-migrantlarning ijtimoiy huquqlarini himoyalashni nazarda tutadi. Shuningdek, Koreya Respublikasi О‘zbekistonning mehnat migratsiya sohasidagi asosiy sheriklaridan biri. 1995 yildan 2006 yilgacha О‘zbekistondan Koreyaga 18 ming fuqaroni stajirovka tizimi bо‘yicha ishlashga jо‘natish tashkil etildi. Koreya hukumatining qarorlariga kо‘ra 2007 yil 1 yanvardan boshlab stajirovka tizimi bekor qilindi va Koreyaga xorijiy ishchilarni qabul qilishning yagona tizimi sifatida bandlikni hal etish tizimi bо‘lib qoldi. 2006 yil 28-30 mart kunlari О‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida О‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi о‘rtasida ishchilarni Koreyaga bandlikni hal etish tizimi jо‘natish yuzasidan Memorandum imzolandi. Mazkur tizimga muvofiq о‘tkazilgan testlarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarimiz Koreyada ishlash sharafiga muyassar bо‘lmoqdalar. 2007-2008 yillarda 10 mingga yaqin fuqaro Koreyada ishlash xuquqini qо‘lga kiritdi. Mehnat migratsiyasining oqilona holatini ta’minlash uchun jahon tajribasini kо‘rib chiqib bizning mamlakatga har tomonlama mos keladiganlarini joriy qilish foydadan holi bо‘lmaydi. Jahon tajribasidan shular ma’lumki, ishchi kuchini eksport qiluvchi davlat о‘z ishchi kuchlarining malakasi oshishiga, ishlab chiqarishning yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlanishiga va asosiysi mamlakatga valyuta oqimi kirib kelishiga erishadi. О‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasining oqilona holatini ta’minlash borasida ancha ishlar amalga oshirilgan. Kelgusida ham xuddi shunday ishlarni davom ettirish lozimligini kо‘zda tutgan holda quyidagi takliflarni berish mumkin: - chet mamlakatda ishlamoqchi bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el ishchilari bilan bemalol raqobatlasha oladigan qilib tayyorlaydigan kurslarni tashkil qilish (til о‘rgatish, maxsuslashtirilgan kurslar); - mamlakat ishchilari ishlayotgan mamlakatdagi elchixonalarning xodimlarni doimiy ravishda nazorat qilib turishini kuchaytirish; - chet elga chiqib ishlamoqchi bо‘lganlarga turli imtiyozlar berish (masalan, ma’lum davr davomida chet elda ishlab valyuta kirib kelishiga hissa qо‘shgan bо‘lsa, ayrim turdagi moddiy boyliklarni olib kirishga tо‘sqinlik qilmaslik) kerak; - jahon standartlariga mos keladigan malakali kadrlarni tayyorlashdir. Xulosa: XX asrda aholining ommaviy migratsiyasi jahon hamjamiyatining eng xarakterli tendensiyalaridan biriga aylandi. Jahon iqtisodiyotida xalqaro (tashqi) migratsiyaning turli shakllari - mehnat, oilaviy, rekreatsion, turistik va boshqa turdagi shakllari mavjud bо‘lib, xalqaro mehnat migratsiyasi, xalqaro ishchi kuchi bozori muammolari jahon iqtisodiyoti rivojlanishida muhim о‘ringa ega. Xalqaro ishchi kuchi bozori milliy chegaralarni kesib о‘tuvchi turli- tuman mehnat resurslari oqimini qamrab oladi. Jahon mehnat bozori jahon aholisining ish bilan bandlik darajasi, uning tarmoqlar, kasb-malaka, demografik, ishsizlikning kо‘larni va о‘zgarishi kabi asosiy jarayonlarni aks ettiradi. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining vujudga kelishi jahonning iqtisodiy rivojlanishining global xarakteri, jahon xо‘jaligi aylanmasiga mamlakatlarni о‘zaro bog‘liqligi va ularning iqtisodiy rivojlanishidagi notekislik bilan bog‘liq. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoda ishchi kuchi migratsiyasi faol rivojlandi. Bu davrda migrantlarning ulushi kо‘rsatkichi barqarorligi kuzatiladi. 2005-2010 yillar mobaynida jahonda migrantlar soni 18,7 million kishiga о‘sdi. Dunyoning yirik mintaqalari orasida aholining jadal migratsion о‘sishini Janubiy Yevropada (yiliga о‘rtacha 4,9%), Shimoliy Amerikada (3,6%) va AQShda (3,3%) mavjudligini ta’kidlash lozim. Rivojlangan mamlakatlarga kо‘chib kelayotgan xalqaro migrantlarning kо‘pchilik qismi rivojlanayotgan mamlakatlardan kelib chiquvchilardir. BMT ma’lumotlariga kо‘ra, hozirgi kunda jahonda 200 mln.dan ortiq kishi о‘z vatanini tark etib, chet elda yashaydi. Ularning pul о‘tkazmalari kо‘pincha nafaqat ularning oilalari uchun eng muhim qо‘shimcha doimiy daromadlarning manbaiga, balki umuman mamlakat uchun ham valyuta tushumlarining muhim manbaiga aylanadi. Hozirgi vaqtda О‘zbekiston ham tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Jumladan, О‘zbekistondan chet ellarga mehnat qilishga yо‘l olayotganlarning 80,0% Rossiyada ish topishni afzal kо‘radilar. Shu bilan birga, Qozog‘istonga MDH mamlakatlaridan kelgan mehnatkash-migrantlarning 57,6% ni ham О‘zbekiston fuqarolari tashkil etadilar. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini tashkil etishni tartibga solishga doir bir qator qarorlar qabul qilingan bо‘lib, mazkur qarorlarda tashqi mehnat migratsiyasini davlat tomonidan boshqarish, respublikamiz fuqarolarining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketishini tashkil etish tizimi va uning mexanizmlari belgilab berilgan. Download 67.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling