Global tarmoqda intellektual mulkni himoya qilish masalalari


Тadqiqot natijalari va muhokama


Download 41.86 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi41.86 Kb.
#1504283
1   2   3   4
Bog'liq
maqola

Тadqiqot natijalari va muhokama
Avvalambor biz intellektual mulk tushunchasiga to’xtalib o’tsak, Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi. Intellektual mulkga insonning aqliy ijodiy faoliyati natijasidagi ixtirolari adabiyot, san’at va ishlab chiqarish sohasidagi ixtirolari, shuningdek, ilmiy asarlar kashfiyotlari, ixtirolari, sanoat namunalari, tovar belgilari, firma atamalari, kompyuter uchun dasturlar va boshqa inson o’zi yaratgan obyektlar kiradi. Debora J. Halbert bergan ma’lumotiga ko’ra, butun dunyoda innovatorlar va ijodkorlar o’z g’oyalarini aktivlarga aylantirish uchun intellektual mulkdan foydalanadilar. Ushbu mulklar hamma joyda odamlar hayotini yaxshilaydigan iqtisodiy va ijtimoiy imtiyozlar beradi. Mulk huquqlarini himoya qilishning huquqiy apparatining rivojlanishi sanoat jamiyatining rivojlanishi va kengayishi bilan birgalikda rivojlandi. Ushbu rivojlanishning bir jihati intellektual mulkni himoya qilish bo'yicha huquqiy apparatning paydo bo'lishi bo'ldi, bu juda noaniq va ko'pincha nomoddiy sohadir, lekin shunga qaramay, u mualliflik huquqi, patent va tovar belgilariga oid qonunlarni qamrab oladi. bu tendentsiya nafaqat intellektual mulkni milliy darajada himoya qilishning mustahkamlanishi, balki transmilliy va tobora ortib borayotgan global qo'llab-quvvatlashning paydo bo'lishidir. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti WIPO, Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti JST, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kabi mintaqaviy va jahon tashkilotlari ushbu transmilliylashuvda muhim rol o'ynadi va ular homiyligida muhokama qilingan qoidalar muayyan tartibga solish tizimlarining globallashuvida markaziy o'rin tutadi.
Yuqoridagi intellektual mulkga doir ma’lumotlarni o’rganib chiqqan holda, intellektual mulkga inson o’z qobilyatlari asosida yaratgan barcha turdagi ashyo va boshqa shaxsiy mulklarni kiritsak bo’ladi. Ushbu mulklar shaxsning uzluksiz egalik qilish huquqi bo’lib, undan shaxsning ruxsatisiz foydalanish uning shaxsning shaxsiy mulk daxlsizligi huquqini buzilishiga olib keladi.
Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiy koʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (FK, 164-modda) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) intellektual mulk huquqining amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan intellektual mulk huquqi egasining maʼlum intellektual mulk obyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya daʼvosini qoʻllab (FK, 228-modda) boʻlmaydi; yo) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) intellektual mulk huquqining amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Mas, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xorijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qilag di; z) koʻpgina intellektual mulk obyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart[1].1
Ushbu fikrlarni o’rganib chiqqan holda intellektual mulk obyektlarini qanday faoliyat mahsuli ekanligi, huquqiy rejimi va boshqa xususiyatlariga qarab turlarga qarab ajratib chiqish mumkin.

  1. Intellektual faoliyatdagi natijalari: adabiyot, fan, san’at asarlarini, fonogramma va eshittirishlari, foydali modellar, ixtirolar, sanoat namunalari, elektron hisoblash mashinalari uchun ma;lumot bazalari va dasturlar, seleksiya yutuqlari, ishlab chiqarish sirlari;

  2. Fuqarolik muomilasi ishtirokchilarining ishlar va tovarlar, shuningdek xizmatlarning shaxsiy firma nomlari, xizmat belgilari tovar chiqarilgan joy nomi;

  3. Fuqarolik kodeksida va boshqa qnunchilikda belgilab qo’yilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda tovarlar va izmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalar.



Qonunchilikka murajaat qiladigan bo’lsak, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 53-moddasida har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi qiladi deb belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonunning 35-moddasiga ko’ra, mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 1031-moddasida intellectual mulk obyektlari bo’lib hisoblanadigan predmetlar doirasi belgilab qo’yilgan va u asosan xalqaro savdo muomilasida ishtirok etuvchi shunday obyektlarga mos keladi.
Qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra, intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, tovar belgilari va firma nomlaridan noqonuniy foydalangan shaxslar BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha (27 million so‘mdan — 54 million so‘mgacha) miqdorda jarimaga tortiladi. Qolaversa, endi barcha yuridik va jismoniy shaxslar o‘z nomiga tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. 
Shuningdek, “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunga ko‘ra, tegishli patentlangan sanoat mulki ob’ektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish kabi harakatlarni sodir etgan yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solinishi mumkin.
Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi. Jarima summasi miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan bir oy ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi. Intellektual mulkdan faqat egasi emas, jamiyat ham foyda oladi.2 [2]

Xorijiy mamlakatlarda intellektual mulk qonunchiligi haqida to’xtalib o’tsak, jumladan ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlarida muxofaza qilinadigan obyektlar bilan bir qatorda mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinmaydigan asarlar ro’yhati keltiriladi. Masalan, Yaponiyada mualliflik huquqi obyektlariga 1970-yil 6-maydagi 48-son qonuning 10-moddasining ikkinchi va uchinchi bandlariga muvofiq kun yangiliklari va oddiy infarmatsion ma’lumotlar hususiyatiga ega bo’lgan ayrim faktlar muxofaza qilinadigan ma’lumotlar qatoriga kirmaydi.
Aqshning mualliflik huquqini umumiy qayta ko’rish to’g’risidagi 1976-yil qonuni “B” bandida qayt etilganidek, original asarni mualliflik -huquqiy muxofaza qilish biron-bir g’oya, operatsiya, usul, tizim, metod, konsepsiya, prinsip yoki kashfiyoti, ular mazkur asarda qanday tavsiflangani, tushuntirilgani, ifodalangani yoki tasvirlanganidan qat’iy nazar, tatbiq etilmaydi deb belgilab qo’yilgan.3 [3]
Intellektual mulkni himoya qilish haqida gaplashadigan bo’lsak, bugungi kunda yurtimizda intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy hinoya qilish masalalari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek, intellektual mulk agentligi 2019-yilda Adliya vazirligi tizimiga o’tkazilgani natijasida ushbu sohani takomillashtirish bo’yicha yanada ko’proq ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu mulkni muhofaza qilishdagi choralardan biri sifatida Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan takliflarga asosan intellektual mulk sohasida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan belgilangan ma’muriy jarima miqdori 3-4 baravar oshirildi. Bundan tashqari, ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga turdosh huquqlarni va mualliflik huquqlarini buzish hamda foydali modulga, ixtiroga va sanoat namunasiga bo’lgan huquqlarning buzilishi yuzasidan yangi normalar kiritildi. Bularning barchasi jinoyatlarni oldini olish va shaxsiy mulklarni himoya qilinishiga qaratilganligini ko’rsatadi.
Huquqlarni himoya qilish 2 shaklda amalga oshirilishi mumkin - yurisdiksiyaviy va yuridik bo'lmagan. Birinchi shakl vakolatli himoyani o'z ichiga oladi davlat organlari, masalan, patent nizolari bo'yicha sud yoki palatada. Ikkinchi shakl mualliflik huquqi egasining o'z huquqlarini himoya qilish bo'yicha mustaqil huquqiy harakatlarini o'z ichiga oladi, masalan, mualliflik huquqi egasining huquqlari buzilganligi to'g'risida buzuvchini xabardor qilish4[4].
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilishda qo'llaniladigan usullar Fuqarolik kodeksining 12-moddasida sanab o'tilgan umumiy va Fuqarolik kodeksining 4-qismida ko'rsatilgan maxsus usullarga bo'linadi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilish jarayonida quyidagilar qo'llaniladi:

  • huquqni tan olish;

  • huquq buzilishidan oldin mavjud bo'lgan vaziyatni tiklash;

  • huquqni buzadigan yoki uning buzilishi tahdidini keltirib chiqaradigan harakatlarga chek qo'yish;

  • ma'naviy zararni qoplash;

  • huquqbuzarlik to'g'risidagi sud qarorini e'lon qilish;

  • muallifning sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish;

Intellektual mulk obyektlari va individuallashtirish vositalariga bo'lgan mutlaq huquqlarni himoya qilish umumiy va maxsus usullar bilan amalga oshiriladi.
Umumiy da'volarga quyidagilar kiradi:

  1. huquqni tan olish to'g'risida - huquqni rad etgan yoki boshqacha tarzda tan olmagan, bu bilan huquq egasining qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini buzgan shaxsga;

  2. huquqni buzuvchi yoki uning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi xatti-harakatlarga chek qo‘yish to‘g‘risida — bunday harakatlarni sodir etgan yoki ularga zaruriy tayyorgarlik ko‘rayotgan shaxsga, shuningdek bunday harakatlarni bo‘g‘ish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslarga;

  3. yetkazilgan zararni qoplash to'g'risida - huquq egasi bilan oldindan kelishuvsiz intellektual faoliyat natijasi yoki individuallashtirish vositasidan noqonuniy foydalangan (shartnomadan tashqari foydalanish) yoki uning mutlaq huquqini boshqa shaklda buzgan va unga zarar yetkazgan shaxsga; shu jumladan, uning haq olish huquqini buzish;

Intellektual mulk obyektlarini himoya qilishning maxsus usullari sifatida:

  1. zarar o'rniga tovon talab qilish qobiliyati. Agar huquqbuzarlik fakti isbotlangan bo'lsa, tovon undirilishi kerak. Bunda huquqni himoya qilish uchun murojaat qilgan huquq egasi unga yetkazilgan zarar miqdorini isbotlashga majbur emas. Kompensatsiya miqdori sud tomonidan Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksida belgilangan chegaralardan kelib chiqqan holda, buzilishning xususiyatiga va ishning boshqa holatlariga qarab, asoslilik va adolat talablarini hisobga olgan holda belgilanadi;

  2. moddiy tashuvchini - uni ishlab chiqaruvchiga, import qiluvchiga, saqlovchiga, tashuvchiga, sotuvchiga, boshqa distribyutorga, vijdonsiz xaridorga olib chiqish to'g'risidagi talabni taqdim etish;

  3. huquqbuzarlik to'g'risidagi sud qarorining mualliflik huquqi egasi ko'rsatilgan holda e'lon qilinishi;

  4. mutlaq huquqlari takroran yoki qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan yuridik shaxs prokurorning iltimosiga binoan sud qarori bilan tugatilganda, shuningdek fuqaroni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olish to‘xtatilganda;

Texnik vositalardan foydalangan holda intellektual mulkni himoya qilish, jinoiy huquq va ma'muriy-huquqiy javobgarlik choralarini qo'llash mumkin5[5].
Shuni tan olishimiz kerakki, hozirgi kunda intellektual mulkka oid ma’lumotlarning buzilish holatlarining ko’p qismi ijtimoiy tarmoqlarda ro’y bermoqda.
Xulosa
Yuqoridagi holatlarni o’rganib chiqqan holda xulosa qiladigan bo’lsak, intellektual mulkka oid ma’lumotlarni keng qamrovda o’rgangan holda, intellektual mulkka oid ma’lumotlar haqida mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi. Mulk daxlsizligi insonning asosiy huquqlaridan biri bo’lib, shaxsning ruxsatisiz uni o’g’irlash, buzish, yoki o’zgartirish va o’zlashtirib olish orqali uning huquqlani poymol qilish holatlari hozirgi kunda ko’p uchramoqdaligi aniqlandi.
Ushbu masalalar maqola davomida keng qamrovda o’rganib chiqilib, hamda xorijiy mamlakatlar qonunchiligi ham mushohada qilindi. Ushbu izlanishlar davomida barcha davlatlarda ham intellektual mulkning daxlsizligini buzilishini oldini oluvchi normalar yoki buzganlikdagi javobgarlik jinoyat yoki boshqa qonunlarda berilmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagi izlanishlarni olib borgan holda O’zbekistonda shaxsning global tarmoqda va ijtimoiy hayotda intellektual mulkga oid ma’lumotlari daxlsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi taklifkar ishlab chiqildi:
Yuqorida taxlil qilganimizdek, qonunchiligimizda intellektual mulkka nimalar kirishi, uni buzganlik uchun qanday javobgarlik borligi batafsil belgilab qo’yilgan, lekin shaxsan meni fikrimga ko’ra, ushbu holatlarni oldini olishda qo’shimcha chora-tadbirlarni kuchatirish, insonlarning huquqini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumi tomonidan yangi qaror ishlab chiqilishi kerak, ya’ni har bir intellektual mulkni himoya qilish yanada kengaytirilib barcha uchun tatbiq qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda ham maxsus kodlar orqali himoya qilinishi ta’minlashi lozim. Shundagina, ushbu huquqlar buzilishini oldini olish va kamaytirish uchun yechimlardan biri sifatida qo’l kelishi mumkin.



Download 41.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling