Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida
Download 39.21 Kb.
|
Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida
Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo uning ma’nosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ba’zilar bu yangi fan, u hali shakllanish jarayonida, deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integrasiyasi natijasi, deb bilib, o‘ziga xos fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda. Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi – ta’lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni ma’naviy rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog’liq. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi omillar aynan ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog’liq. Shu sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta’lim sohasida jahonda munosib o‘rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o‘rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o‘zaro bog’liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikasiyalashuviga olib keladi. Bunda o‘ziga xos siyosiy munosabatlar ko‘lamiga ko‘ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug’dirishi mumkin bo‘lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporasiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subyektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning an’anaviy subyekti — milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta’sir etyapti. Bu esa davlatlarning o‘z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma’lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo‘lib qolmoqda. Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o‘laroq, o‘zining an’anaviy ahamiyatini yo‘qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib bormoqda. To‘rtinchidan, butun dunyo bo‘ylab bir qator g’arb davlatlari rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o‘ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta’sir o‘tkazilyapti. YA’ni, bu jarayondan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgan globalizm g’oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o‘z qo‘llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a’zo bir qator davlatlarda 2005 yilda yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv mahsuli bo‘lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob sifatida foydalanish dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu ma’noda A.V.Buzgalin “Globallashuv siyosatga ta’siri kuchli bo‘lib, havfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o‘zgarishiga olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi”, - deb yozadi. Globallashuv fenomeni obyektiv va ochiq ekanligini hisobga olinsa uning turli muqobillarda namoyon bo‘lishi tabiiy tus oladi. SHunday ekan globallashuv jarayonining biror-bir aspektini mutlaqlashtirib, unga mutlaq ijobiy yoki mutlaq salbiy jarayon sifatida qarash nojoizdir. O‘z navbatida nemis sosiolog olimi U.Bek “SHubhasiz, globalizasiya eng ko‘p qo‘llaniluvchi va eng ko‘p suiste’mol qilinuvchi va eng kam o‘rganilgan, ehtimol tushunarsiz mavhum, siyosiy jihatdan samarali so‘zdir (bahs-munozarada kuchli qurol, shior)”, - deb yozadi. Globallashuv jarayonida axborot olishning tezlashuvi, shuningdek, internet orqali uzatiladigan turli yangiliklarni ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish masalalarini e’tibordan chetda qoldirmaslikni taqozo etadi. Masalan, globallashuv haqida 1998 yilda Nobel mukofotini olgan Portugaliyalik yozuvchi J.Saramagu: “Men antiglobalistik harakatlar tarafdoriman. CHunki menga hozir sayyoramizda keskin tezlikda shakllanayotgan tartib, nizom yoqmaydi” - degan bo‘lsa, J.Soros “globallashuvning shuncha kamchiliklariga qaramay, men uning rashkchi tarafdoriman. Men uni qo‘llab-quvvatlashim sababi nafaqat u beradigan qo‘shimcha boyliklar, balki u odamlarga berishi mumkin bo‘lgan erkinlik sababli hamdir”, - deb yozadi. Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo‘lib, uni turli mamlakatlar hayotiga o‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bulib qolmoqda. Yangilangan shaklda globalistika sovuq urushdan keyingi davrda dunyoni anglashning qutblanishini bartaraf eta olmasa, uni susaytira oladi. Globalistikaning umumilmiy va universal-evolyusion tili xususiy, masalan, iqtisodiy fanlar cheklanganligini bartaraf etish, mavjudlik va ongning globallashayotgan kapitalizm o‘sishi ortida yashirin tobora chuqur plastlarini tasvirlashga yordam beradi. YAngi globalistika kapitalistik dunyo tartibi muammolarini yangi yuzaga: insoniyatning yashab qolishi va xomo sapiens mavjudligi davridan tashqari tarix istiqbollariga ko‘chiradi. Uning «so‘l» tadqiqotchilarga ta’siri ayniqsa samarador. Ular ga globalistika tanqidiy zapalni saqlagani holda utopik ortodoksiyalar o‘zaniga qaytmaslik imkonini beradi. U global muammolarning noglobal echimlarini izlashni rag’batlab, gumanizmga zaruriy pragmatiklik baxsh etadi. Bugungi davr maishiy ongimizda plyuralizm, fragmentarlik va parchalanganlikning gullab-yashnashi bilan assosiasiyalanadi. Har erda bog’lanishsiz hodisa va obrazlarning parchalari va ayqash-uyqushligi ko‘zga tashlanadi. Bu kabi tasavvurlarning shakllanishida bizning davrimizda ustivorlik qilayotgan postmodernizm mafkurasi katta rol o‘ynamoqda. Falsafa yuritishning bu usuli har erda inson va jamiyat mavjudligining odatiy asos va orientirlari (yo‘nalganliklari) ni dekonstruksiyalash urug’larini, qayta hududlashtirish va markazdan chiqarish (deterritorializasiya va desentralizasiya) urug’larini sochmoqda. O‘zining bu ko‘rinishida postmodernizm ommaviy ongning in’ikosi yoki uning shakllanish omili, ommaviy falsafa sifatida idrok etilmoqda. Biroq u bor-boricha faqat yuzada yotganlarni aks ettiradi. Bu, jumladan, zamonaviy dunyoning “odatiy” fragmentarligiga ham taalluqli. Biroq bu nuqtai nazar bir muncha vulgar (odobdan tashqari) ko‘rinadi, zero o‘z mohiyatiga ko‘ra, ich-ichidan to‘yingan davr g’ayriodatiy yaxlit sanaladi. Bu yaxlitlik postzamonaviylikning fatal xavotirliligi dan iborat, uni niqoblash va nazariy aldovga urinishlarning hech biri yashira olmaydi. Download 39.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling