Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va proteksionizmning o'zaro nisbatlari mundarija kirish I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari…6


«Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishinning asosiy tendenstiyalari»


Download 278 Kb.
bet4/15
Sana15.11.2023
Hajmi278 Kb.
#1775334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA OCHIQ SAVDO VA PROTEKSIONIZMNING O\'ZARO NISBATLARI

«Globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyoti rivojlanishinning asosiy tendenstiyalari» nomli ikkinchi bobda jahon iqtisodiyotining internastionallashuvi, xalqaro korparastiyalar, kapital va ishchi kuchining migrastiyasi va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlari jahon iqtisodini rivojlanishidagi o’rni aniqlangan. Shu bilan birga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida halqaro savdoning o’zgarish tendenstiyasi ko’rib chiqilgan va atroflicha taxlil qilingan.
«Globallashuv jarayonida O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishi» nomli uchinchi bobda bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo’lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish yo’llari ko’rib chiqilgan. Shu bilan birga globallashuv jarayonida O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi, integrastion uyushmalarda ishtiroki, xalqaro tashkilotlarning O’zbekiston bilan hamkorligi rivojlanishi o’rganilgan.


I BOB. GLOBALLASHUVNING NAZARIY VA IQTISODIY ASOSLARI

    1. Globallashuv va zamonaviy jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy xususiyatlari

«Barcha zamonlarda inson o’zini tarixiy burilish davrida yashayapman deb hisoblagan. Taraqqiyot nuqtai nazaridan aytish mumkinki, u ma’lum darajada to’g’ri taxmin qilgan. Lekin shunday paytlar bo’ladiki, bu evrilish taassuroti yanada kuchliroq va ayniqsa o’rinliroq xususiyat kasb etadi», deb yozgan edi franstuz olimi va mutafakkiri Per Teyyar de Sharden2 (1881-1955). Ushbu fikr bilan boshlash, shu boisdan ham o’rinliki, Teyyar de Sharden fikriga murojaat etish globalizastiya hodisasining o’zi ham, uning talqini ham oxirgi o’n yillik mahsuli emasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi .


Globallashuvning lug’aviy asosi inglizcha global - jahonga oid yoki umumjahon, degan ma’noni anglatib, dunyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidaga zamonaviy jarayonlarni umumlashtiruvchi ma’noni beradi. “Globallashuv” tushunchasi ilk bora amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levit “Bozorlarning globallashuvi” nomli maqolasida globallashuvni ilgarilari tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlari standartlashishi uchun global bozorlar paydo bo’lishi bilan bog’liq yangi tijorat voqeligi deb atagan.
XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodida yangi “globallashuv” degan tushuncha paydo bo’ldi. Globallashuv muammolari tarixchilar, iqtisodchilar, texnologlar, faylasuflar va ko’plab mamlakatlarning hukmron doiralari, hamda jamiyat vakillari tomonidan bahs-munozaraga sabab bo’lmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, globalizastiya tushunchasi, uning mohiyati, asosiy ko’rinishlari, tendenstiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so’nggi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg’in tus oldi. Nafaqat ayrim jamiyatlar, balki butun dunyo bir-biriga karshi kurash olib borayotgan «globalistlar» va «antiglobalistlar»ga ajraldi. Globallashuv tarafdorlari va unga qarshi bo’lganlarning mavjudligi ushbu tushunchaning turlicha talqin qilinishini anglatadi. Globallashuv tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, aholi faravonligini oshiradi, yangi ish o’rinlari yaratishga imkon beradi. Globallashuvga qarshi bo’lganlar esa, u savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jinoyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining oshishi va h. k.), ishlab chiqarishning atrof muhitni ifloslantirishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog’liq muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Umuman olganda, nima bo’lganda ham globallashuv jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. Tahlillar globallashuv jarayoni iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendenstiyalariga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganishlari lozim bo’ladi.
Globallashuv jahon xo’jaligi rivojlanishining tarixiy jixatdan tadrijiy natijasidir. Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagalardan iborat3:
• yangi xorijiy valyuta va kapitallar bozorining shakllanib, rivojlanishi; bu bozorlar uzluksiz faoliyatda bo’lib, bir vaqtning o’zida dunyoning turli moliyaviy markazlari o’rtasida yirik moliyaviy va valyuta operastiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud;
• yangi vositalar va dastaklar orqali operastiyalarning tezligani va ishonchliligini ta’minlash imkoniyatining mavjudligi; Internet tarmog’i, uyali telefon aloqasi, axborot tizimi va boshqalar;
• yangi institustional tizimning shakllanganligi; Jahon Savdo tashkiloti, transmilliy korporastiyalar, nodavlat tashkilotlari va h.z;
• yangi qoidalarning ishlab chiqilganligi;
• ikki tomonlama va ko’p tomonlama savdo, xizmatlar va intellektual salohiyatdan foydalanish bo’yicha shartnomalarning tuzilishi va bu shartnomalarning milliy davlatlar tomonidan amal qilinishi majburiyligi yoki milliy qonunchilikning ularga muvofiqlashtirilishi.
Endilikda jahonning chekka o’lkalari yoki xilvat burchaklari mavjud emas. Barcha mintaqalar jahon iqtisodiyoti va yagona axborot maydonining tarkibiy qismlariga aylanmoqda. Hududlar va masofalar o’zining asl ma’nosini yo’qotadigan chegarasiz dunyo tushunchasi real shakl-shamoyil kasb etib bormoqda. Tadqiqotchilar «global qishloq» (global village), «tizimga birlashgan jamiyat» (networked society) to’g’risida so’z yuritmoqdalar. Ushbu jarayon sur’atlarining sifat jihatidan yangi darajasini ta’riflash uchun yangi atama - «giper-globalizastiya» atamasi qo’llanmoqdaki, u barcha jabhalar, chunonchi: iqtisodiyot, axborot, moliya, odamlar, tovarlar, pullar, g’oyalar harakati jabhalarida xalqaro aloqalar tezligi tobora oshib borayotganini aks ettiradi4.
Globallashuv muayyan mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga o’tishi bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikning xalqaro doirada integrastiyalashishi hamdir. Globallashuv xo’jalik yurituvchi birliklarning xalqaro miqyosda kengayishi va jahon xo’jaligida salmoqli mavqieni egallashi, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi, yangi texnologiya va kapitalning xalqaro miqyosda erkin harakatlanishi, investistiyalar, moliya-xo’jalik, milliy qadriyatlar, madaniyat va san’at kabi yo’nalishlarda hukumatlar, alohida olingan tashkilotlar, millat va elatlar faoliyatining milliy davlatlar doirasidan chiqib, erkinlashtirilishi, inson kapitali, xususan intellektual kapitalniig dunyoning taraqqiy etgan markazlariga ko’chib o’tishi jarayonlarini ham bildiradi. Zamonaviy jaxon iqtisodiyoti oldiga globalizastiya davrida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasini ham qo’yadi5.
Ilg’or texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot almashuvining qulaylashishi, sovuq urushniig va siyosiy qutblashuvning barxam topishi, transport xizmatining keng miqyosda taraqqiy etishi va mamlakatlar o’rtasida yuk tashish va yo’lovchi qatnoviiing ortishi kabilar ham globallashuv jarayonini tezlashtirgan omillardan hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab olib, pirovardda alohida mamlakatlarni jahon hamjamiyatining turli mintaqalari bilan yaqindan bog’lanishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, yanga bozorlarning (kapital, valyuta va sug’urta bozori) ilg’or yangi vositalar -turli axborot tizimlari, internet, uyali aloqa orqali yanada uzviy integrastiyalashishini ham taminladi.
Globallashuvning iqtisodiy jihatlari bir qancha yo’nalishlarda, xususan, xalqaro savdo, investistiyalar, moliyaviy va texnologik globallashuvda yaqqol namoyoi bo’ladi. Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday mamlakatning globallashuv jarayonida faol ishtirok etishi va undan yuqori darajada manfaat ko’rishining asosiy shartlaridan biridir. Iqtisodiy erkinlik, jamiyatning yuqori darajada demokratik fuqarolik jamiyatiga aylanishi globallashuvning muhim ijobiy natijalaridan hisoblanadi.

Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling