Globallashuv asoslari


Download 49 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi49 Kb.
#1377174
Bog'liq
Globallashuv asoslari


Globallashuv asoslari” fanining tadqiqod doirasi, uning maqsad-vazifalari, hal etilishi lozim bo’lgan dolzarb masalalar


Reja:

1. Globallashuv asoslari fanining falsafiy fanlar tizimidagi o‘rni.


2. Globallashuv asoslari fanining muammolari, maqsad va vazifalari.
3. Globallashuv asoslari fanining inson va jamiyat xayotidagi o‘rni.

Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.


Bugungi global o‘zgarishlar sharotida hayotiy qadriyatlarni qayta baholash uchun qandaydir universal haqiqatlar taz’iyqidan qutilish, qarashlarning o‘zaro muvofiqlashuvi va o‘zaro ta’sirlashuvi uchun asoslar topishga intilish va bunda bu qarashlarning sohibi insonning individualligini va o‘ziga xosligini saqlab qolish lozim bo‘ladi. Buning uchun dunyo miqyosida o‘zgaruvchanliklardan tozalangan universal aqliy tartibni o‘rnatish zarur. Ayni shu kabi masalalar globallashuvning konseptual mohiyatini chuqur tadqiq etishni taqozo etadi.
Globallashuv – bu ko‘plab individual seziladigan voqealar to‘plami bo‘lib, ular nafaqat bir – birlaridan, hatto o‘zlaridan ham farq qiladilar, chunki ular fan-texnika ta’sirida o‘zgarib, avvalgilaridan farq qiladilar. Bunday sharoitda globallashuv jarayoning o‘rganilanadigan ob’ektlarining universal – umumiy xarakteristikasiga e’tibor berish zarur. CHunki unda globallashuv qandaydir bo‘laklanmagan butunlik tarzida, unda barcha individualliklar farqsiz tutashgan holda «botib» ketgan butunlik tarzida namoyon bo‘ladi.
Globallashuv jarayonida dunyoning monolit «massasi»da uni borgan sari bir-biridan aniq bo‘laklanib, fragmentlarga ajratuvchi chegara chiziqlari aniqlashib boradi. Bunday global o‘zgarishlardagi har bir fragment tobora individuallashib boradi va boshqa qolganlaridan farqlanuvchi xarakterlarga ega bo‘la boradi. Bunday farqlanish qolganlaridan ajralib, haqiqatan individuallashgan ko‘rinish olguncha davom etadi.
Bizga yagona konkret narsa sifatida namoyon bo‘layotgan globallashuvning konseptual mohiyati o‘zida ko‘plab ta’riflarni birlashtiradi. CHunki uning mohiyati boshqa o‘zgarishlar bilan birga mavjuddir va bu munosabatda ularga ayniydir, garchi ulardan barcha boshqa parametrlari bilan farq qilsa-da, boshqa narsalarga nisbatan kattaligi yoki vaziyati jihatidan ayniy bo‘lib, qandaydir boshqa munosabatlarda farq qilishi mumkin. Globallashuv jarayoni yagona, biroq shu bilan birga, uning barcha belgilari butun kategorial strukturalar bo‘ylab «taqsimlangan», ularning har birida u o‘zining bir tomoni jihatidan ifodalanadi. SHunday qilib, globallashuvning konseptual mohiyatini anglash uchta asosiy metodologik prinsiplarga rioya qilishni talab etiladi:
Birinchidan, globallashuvga oid turli o‘zgarishlarni bilishda yagona metodologiyaga bo‘ysunishi kerak, chunki ayrim mohiyatlar o‘zaro qanchalik farq qilmasinlar, ular hammalari aynan globallashuv jarayoniga tegishlidir, ularning har biri o‘zicha ayni bir «diayrezisa» yo‘lini bosib o‘tgan, ya’ni eng umumiylikdan ayrim, mustaqil mavjud narsalarga aylanadi.
Ikkinchidan, globallashuvning konseptual mohiyatini bilish yo‘li – bu demak uning individual xossalaridan uning umumlashgan «turga xos» xarakteristikalarigacha etib borish va uni ratsional anglashdir. Bu yo‘ldan borar ekanmiz biz go‘yo «ana shu konkret global o‘zgarishlarning genezisidagi barcha ketma – ket bosqichlarni teskari tartibda o‘tganidek bo‘lamiz, uning sof eng umumiy bo‘laklanmagan jihatlaridan boshlanadigan irmoqlariga «qaytamiz».
Uchinchidan, globallashuvga oid biron o‘zgarish haqida qamrab oluvchi bilimga ega bo‘lish uchun ularni barcha globalistika fani kategoriyalari nuqtai-nazaridan o‘rganishimiz kerak bo‘ladi. Kategoriyalarni qo‘llar ekanmiz, biz globallashuv jarayonidagi ob’ektlarni guruh va sinflarga birlashtiramiz, biz ularni kategoriyalardan biriga keltiramiz yoki o‘zaro chatishgan bir nechta kategoriyalarga keltiramiz. Globallashuv jarayonining kategorial strukturaviylanganligini u yoki bu munosabatda bir-biriga o‘xshash ob’ektlarni yagona turga birlashtirib, u to‘g‘rida biz globallashuv ob’ekti deb mulohaza qilishimizga imkon beradi. Globallashuv jarayoniga doir kategorial umumlashmalar bosqichlaridan o‘tib, biz alohida o‘zgarishlarning birlamchi asoslari, birlamchi sabablarigacha etib boramiz. Bu jarayon esa globallashuv falsafasining konseptual asoslarini tanqidiy tahlil qilishimizga keng imkoniyatlar yaratadi. Ayni shu ma’noda globallashuv asoslari fanining ob’ektini global jarayonlar tashkil qilsa, uning predmetini esa globallashuv jarayonlaridagi eng umumiy o‘zgarishlardan tortib, dunyoda real sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, haqiqiy va murakkab voqeliklar, turli millat va elatlar taqdirlari «o‘nib-o‘sayotgan» universal hodisalar tashkil etadi.
Jamiyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, barcha davrlarda har qanday jamiyatda turli ijtimoiy manfaatlarni, maqsadlarni ifoda etuvchi g‘oyalar, ta’limotlar yaratilgan bo‘lib, ular o‘rtasida keskin kurash bo‘lgan. Hozirgi globallashuv sharoitida turli xil g‘oyalarning dunyo bo‘ylab tez tarqalishi sodir bo‘lmoqda, u inson dunyoqarashiga ta’sir o‘tkazishning o‘tkir quroliga aylanmoqda. Bunday vaziyatda odamlar, ayniqsa yoshlar, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarashga ega bo‘lmasa, sodir bo‘layotgan voqealarning asl mohiyatini tushunib etishga qodir bo‘lmaydi, turli ma’naviy tahdidlarga, xususan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida targ‘ib qilinayotgan zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarining ta’siriga bardosh bera olmaydi.
«Globallashuv asoslari» fani eng avvalo o‘quv rejasidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqada. U yangi o‘quv kursi sifatida o‘z maqsadi, vazifalari, ob’ekti, uslubiyati, uslubi vositalariga suyanib ish ko‘rish bilan birga Ma’naviyat asoslari, Falsafa, Politologiya, Davlat va huquq asoslari, Iqtisodiyot nazariyasi, O‘zbekiston tarixi, kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur fanlar inson ma’naviy-intelektual o‘sishida, Vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, umummilliy manfaatlarni anglab etishida, siyosiy ongi, mafkuraviy immunitetini oshirishda, ijtimoiy munosabatlarning siyosiy-axloqiy, hodisaviy asoslari kabi masalalarda uslubiyat, uslubiy va mazmunan bir-birini to‘ldirib kelishida ko‘rish mumkin.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globallashuv asoslari fanining paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globallashuv asoslari» globallashuvning turli jihatlari oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va ma’naviy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi falsafiy fandir.
Shuni ta’kidlash lozimki, globallashuv asoslari odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globallashuv asoslari tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi.
Globallashuvning falsafiy fanlar uchun yangiligini ijtimoiy aloqalarning faoliyat sohalari bo‘lgan: texnologik, tashkiliy, ma’muriy, huquqiy, ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy va boshqalariga ham tarqalishi hamda o‘zaro aloqalar o‘rnatishning ko‘psonli zamonaviy kommunikatsiya va yangi axborot texnologiyalari orqali doimiy ravishda jadallashib borishi bilan belgilash mumkin. A.Ochildievning ta’kidlashicha, “...eng umumiy ma’noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi” .
Zamonaviy informatsion vositalar va ular orqali barcha mamlakatlarga fan, texnika va texnologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bir zumda ommaviylashib bormoqda. Boshqa tarafdan esa endi rivojlanayotgan davlatlarning milliy madaniyati va qadriyatlariga globallashuv jarayoni jiddiy xavf solmoqda. Chunki, chetdan kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” yoshlarimiz ongi shuuriga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotganligida ko‘rish mumkin. Shunday ekan, ma’naviyat masalasi ham endilikda nafaqat milliy, balki global xarakter kasb etmoqda. Lekin, globallashuv jarayoni N.Jo‘raev qayd etganiday, hozircha faqat qandaydir mavhum ijobiy jihatlari bilangina emas, balki ko‘proq «Hozirgi davr global muammolari»ni vujudga keltirgani bilan asoslidir. Ko‘pchilik mutafakkirlar bu davrni hatto global kriziz (buxron) davri deb atamoqdalar.
Inqiroz hodisasi, keng ma’noda, biron bir ob’ektning, jarayonning o‘z taraqqiyotida muayyan chegaraviy bosqichga etib kelganini, u bundan buyon avvalgiday qolishi mumkin emasligini, uning transformatsiyalanish (sifat jihatdan o‘zgarishi) vaqti kelganini ifodalovchi tushunchadir. Chindan ham ushbu inqiroz globalligi tufayli yuzaga chiqayotgan muammolar juda serqirra, keng qamrovli, tasavvurga sig‘dirib bo‘lmaydigan darajada murakkab, ayni zamonda juda dolzarb va keskindir. Ular hayotning barcha tomonlariga, ayrim millat, mamlakat, hattoki katta bir mintaqalargagina emas, balki butun insoniyatga dahldorligi bilan dolzarb.
Ayni paytda echimi kechiktirib bo‘lmas (masalan, sunami, yong‘in, yadroviy yoki vodorod urushi kabi) mislsiz muammolar ham mavjud. Insoniyat erishgan ilmiy bilimning barcha sohalari birgalikda muammo echimini dunyoqarashning barcha tarixiy shakllari (mifologiyani, dinni, falsafani) asosida uzviy bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon sifatida ekanligini nazarda tutadi.
Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib faning muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- globallashuvga oid turli-tuman ta’riflar va qarashlarni umumlashtirib fan doirasida jaraenni ifoda etuvchi yagona qarash va ta’rifni shakllantirish;
- globallashuv asoslari fani xaet soxalarining barcha jabxalari bilan uzviy bogliq bo‘lganligi bois turli ijtimoiy ongning shakllari bilan aloqador va bu aloqadorlik asosida fan katageriyalari yuzaga kelgan. Lekin fanining kategoriyalar aparati to‘liq shakllanmagan va tizimlashmagan. Ularni ma’lum taribga keltirish va kategoriyalar aparatini shakllantirish;
- soxaning etakchi vakillari o‘rtasida xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali fanga oid ma’ruzalar matni, o‘quv qo‘llanma va darsliklarni yaratish va boshqalar.
Fanning maqsadi – globallashuv tushunchasining mazmun va mohiyatini talabalarga anglatish orqali uning asosiy tendentsiyalari haqida ularda umumiy tasavvur uyg’otishdan iborat.
Fanning vazifalari - globallashuv fenomenining nazariy asoslarini; jamiyat axborotlashuvining globallashuv bilan o‘zaro aloqadorligi; jinoyat globallashuvining usul va vositalari madaniyat va axloq globallashuvining milliy mentalitetga ta’siri; sport globallashuvining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va u asosda esa quyidagi vazifalarni xal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
- o’quvchi yoshlar va mutaxassislar ongida globallashuv jaraenlari xaqida ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, insonni o’rab turgan global dunyoga munosabatda bo’lish tamoyillari haqida bir - butun tasavvurlarni hosil qilish;
- globallashuv jaraenlarining mohiyati va taraqqiyotini falsafiy tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatini o’stirish;
- o’quvchi yoshlar va mutaxassislarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini takomillashtirish orqali global tahdidlar keltirib chiqaradigan oqibatlarni bartaraf qilish imkoniyatini beradigan bilimlarni hosil qilish;
-fan globallashuvi orqali uning paradigmalari va qadriyatlarini almashinuvi jarayoni qonuniyatlarini tahlil qilib berish, uning oqibatlarini o’rganish va tushuntirish;
-fan-texnika taraqqiyotida insonparvarlik qadriyatlarining ustuvorligini, fan va axloqni o’zaro bog’liqligini, birligini ko’rsatib berish, shu orqali fanni tarbiyaviy vazifalarini amalga oshirish.
- globallashuv jaraenlarining millat hayotida namoyon bo’lish xususiyatlarini asoslash va bu jarayonda yuksak ma’naviyatning dolzarbligini dalillash kabilardir.
XX asr insoniyat taraqqiyotida ko‘plab yirik o‘zgarishlar, tarkibiy siljishlar, buhronlar (krizislar) asri sifatida o‘rin oldi. Insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lida hamkorlikda va hamjihatlikda hal etishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘lami, sohalari tobora ortib bormoqda. Yangi ming yillikda bu o‘zgarishlarning yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib borishi tabiiydir. Globallashuv o‘z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson, har bir davlat, qolaversa, jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqatgina hamkorlikdagina hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘z tarkibiga oladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “... globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda” . Darhaqiqat, hayot sur’atlari tez o‘zgarib, yangilanib bormoqda. Kechaga nisbatan bugun, bugunga nisbatan ertaga hayot sur’atlarining tezlashayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Globallashuv jarayonida mavjud bo‘lgan moddiy, ma’naviy imkoniyatlar, eng zamonaviy ommaviy informatsion vositalar – kompyuter, internet, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari, bu omillarning shiddat bilan ijtimoiy hayotimizga kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. Bir tarafdan olganda, ana shu vositalar butun insoniyat turmush-tarzining rivojlanishiga, ayniqsa, endi taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatlar va xalqlarning moddiy sharoitini yaxshilashga, umumjahon demokratik qadriyatlar tizimiga kirib borishiga va ularning ma’naviy-ma’rifiy darajalarining o‘sib borishiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazganday ko‘rinmoqda.
Shu ma’noda, hozirgi davrda insoniyat madaniyatida globallashuv sodir bo‘lmoqda deb bo‘lmaydi, aksincha, madaniyatlararo keskin to‘qnashuv ketmoqda deyish o‘rinlidir. Globallashuv o‘zining ta’sirini barcha sohalarda o‘tkazmoqda. Bu o‘zgarishlar salomlashishdan tortib soch turmaklashgacha, kiyinishdan tortib o‘zini tutishgacha bo‘lgan sohalarda ko‘zga tashlanadi.
Mumtoz adabiyotda kuylangan uzun sochlar deyarli qolmadi, qora sochlar esa malla yoki sariq rangga bo‘yalmoqda. Xo‘sh, bularning bari salbiy hodisalar sifatida baholanishi kerakmi? Konservativ an’analar nuqtai nazaridan ularni salbiy baholash lozim. Lekin ular haqida xulosa chiqarishdan avval obdon o‘ylab ko‘rish kerak. Avvalo, ularga qaysi qadriyatlar va an’analar nuqtai nazaridan baho berish lozimligini aniqlab olishimiz kerak .
Shunga qaramasdan, hozirgi hayotimizda globallashuvga juda o‘xshab ketadigan jarayon sodir bo‘layotganini ham inkor etib bo‘lmaydi. Konkret aytsak, hozirgi davrda chinakam globallashuv emas, balki faqat intellektual va texnik hamda juda qisqa va nobarqaror iqtisodiy integrallashuv sodir bo‘lmoqda. Bunday integrallashuv esa ko‘plab oshkor salbiy hamda ijobiy deb hisoblanayotgan, lekin shunday ekani hali noaniq bo‘lgan ko‘plab kutilmagan natijalarni yuzaga chiqarmoqda. Bundan tashqari, intellektual va texnikaviy taraqqiyot asosida sodir bo‘layotgan ushbu integrallashuvda faqat juda katta ilmiy va texnikaviy kuch-qudrat va moddiy mablag‘ni o‘zida jamlab olgan jamiyatlar va shular ham faqat moddiy jihatdan yutishi mumkin, qolgan barcha mamlakatlar esa yutqazadilar.
Umuman, G‘arb ratsionalistik va pragmatik ongida, shu jumladan, sobiq ittifoq va undan keyingi davrda sivilizatsiya haqida XIX asrda shakllangan pozitivistik tasavvur asoratlari saqlanib turganini alohida eslatib o‘tish joiz. Ushbu tasavvurga ko‘ra jamiyatning sivilizatsiya darajasiga ko‘tarilgani quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: a) fan, texnika, sanoatning yuqori darajada rivojlanishi; b) bu rivojlanishning san’at va badiiy adabiyot inqirozi bilan birga kechishi; v) katta shaharlar aholisining juda ko‘payib ketishi; g) xalq umumiy qiyofasining yo‘qolishi, uning ommaga (olomonga) aylanib ketishi va h.k. Bir so‘z bilan aytganda, madaniyatga g‘arbcha yondoshuv inson individual va intellektual rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keltirgani holda u o‘z fuqarolarida buyuk sharqona gumanizm va ijtimoiylik ideallarini shakllana olmagani yaxshi ma’lum. Xususan, ekzistensional axloqshunoslikning G‘arbdagi yirik namoyandasi Jan-Pol Sartrning: «Biz inson mas’uldir deganimizda, bu faqat uning o‘z shaxsiyatigagina javobgar degani emas. U barcha odamlar uchun mas’uldir. Biz inson o‘zini-o‘zi tanlaydi, deganimizda, har birimizning o‘zini o‘zi tanlashini nazarda tutamiz, biroq, shu bilan birga, biz o‘zimizni tanlar ekanmiz, barcha odamlarni tanlaymiz, degan gapni ham aytishni xohlaymiz» , – deb yozganligining o‘zi fikrimizga dalildir.
Insonning qadri, erkinligi va qobiliyatlarini har tomonlama namoyon etuvchi, ularning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan insonparvarlik tamoyili ta’lim-tarbiya orqali yoshlarimiz, respublikamizning har bir fuqarosida chuqur bilim va malaka, ma’naviyat va go‘zal axloqni shakllantirishni, ularning dunyoqarashini kengaytirishni, O‘zbekistonda yashaydigan turli millat va elat hamda din vakillarining tili, dini, urf-odati va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda Sharqda uzoq vaqtlar hukm surib kelgan sxolastik-universal an’naviy ta’lim-tarbiyada asosan ijtimoiy va ruhiy qadriyatlarga katta e’tibor berilib, shaxs individual evolyusiyasi nazardan soqit bo‘lgani ham ma’lum. Ya’ni har ikki tomonning - Sharq va G‘arbning madaniyatga bo‘lgan yondoshuvlarida biryoqlamalilik ko‘p asrlardan buyon mavjud. Bu hol insoniyatning umumplanetar miqyosda o‘z madaniy taraqqyotida hamon ikki qarama-qarshi qutblarga ajralib turganini va shuning uchun u hali chin ma’nodagi globallashuvga tayyor emasligini bildiradi. To‘g‘ri, hozirgi davrda Sharqqa ham yuqori intellektuallashuv, texnikalashuv, individuallashuv tamoyili, G‘arbga esa buyuk sharqona ma’naviy qadriyatlar kirib borayotganini ko‘rish mumkin. Lekin bu jarayon u erda ongli asosga va tegishli intizomga tayangan holda emas, balki stixiyali ravishda sodir bo‘lmoqda. Bu esa mazkur jarayonning kutilmagan xavf-xatardan himoyalanmaganini ko‘rsatadi.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling