Globallashuv globalistika va barqaror taraqqiyot


Download 143.38 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi143.38 Kb.
#1583328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GLOBALLASHUV GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOTNING USTUVOR YO’NALISHLARI



Oriental universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti


GLOBALLASHUV GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOTNING USTUVOR YO’NALISHLARI
Mavzusida ESSE

Bajardi: Karimova zilola


GLOBALLASHUV GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOT


Reja:

  1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati

  2. Global jarayonlar tasnifi.

  3. Pandemiya - XXI asrning global muammosi.

  4. Global makonda axborot texnologiyalari, sun`iy intellect va virtual reallikning mutanosibligi.

  5. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi.

  6. Global tarbiya va ta`lim barqarorlik omili



Tayanch tushunchalar: globallashuv, globalistika, universallashuv, gomogenlashuv, intergratsiya, buyuk geografik kashfiyotlar, kommunikatsiya taraqqiyoti, fan va texnika inqilobi, internet, iqtisodiy globallashuv, siyosiy globallashuv, madaniy globallashuv, TMK, globallashuvning institutsionallashuvi, globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari, global muammolar, global tendensiyalar, texnopessimizm, texnooptimizm, Rim klubi.


Globallashuv hodisasi va uning mohiyati, xususiyatlari. Falsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarningham e’tiborini tortmoqda.
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi.
Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki
«jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasbetadi.

Download 143.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling