Globallashuv globalistika va barqaror taraqqiyot


Download 143.38 Kb.
bet11/11
Sana18.06.2023
Hajmi143.38 Kb.
#1583328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
GLOBALLASHUV GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOTNING USTUVOR YO’NALISHLARI

Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarningo‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetigava insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to‘g‘risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsa- da, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’l


Download 143.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling