Globallashuv jarayonlarida davlat tilining o‘rni
Download 18.83 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaqola qahramonova yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbek tili do‘stlari”
- Foydalanilgan adabiyotlar
DAVLAT TILI – muayyan mamlakatda qonun chiqarish ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til [4].
Bu lisoniy birlik, ya’ni davlat tili degan tushuncha ostida bizni chuqur o‘ylantiradigan, ona tilimizning kelajak taqdiri ustida bosh qotirishimiz lozim bo‘lgan bir talay masalalar o‘z yechimini kutib yotibdi. Ayniqsa, hozirgi tezkor, tahlikali globallashuv jarayonlarida siyosiy, ijtimoiy, huquqiy-me’yoriy tirgaklari zaif tillarning muntazam ravishda yo‘qlikka yuz tutib borayotgani dunyo xalqlarini har taraflama o‘ylashga majbur qilmoqda. Shu o‘rinda “O‘zbek tilini saqlab qolish uchun nimalar 154 qilish kerak?” degan savolning paydo bo‘lishi tabiiy. Ona tilimiz taqdirida ham e’tibor qilinmasa yo‘q bo‘lib ketish xavfi bor. 1994-yili “Yo‘qolib borayotgan tillarning Qizil kitobi” (Red Book of Endangered Languages), Yo‘qolib borayotgan dunyo tillarining interaktiv xaritasi” (Interactive Atlas of the World’s Languages in Danger) yaratildi. Ushbu hujjatlarda barchaning, xususan, til qonunchiligi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning, jamoatchilikning e’tiborini yo‘qolib borayotgan tillarga qaratish, lisoniy rang-baranglikni saqlab qolish nazarda tutilgan. Atlasda tilning saqlanish darajasiga quyidagi til guruhlari berilgan bo‘lib, ularni hisobga olish biz – o‘zbek tili sohiblari uchun nihoyatda zarur. 1. Xavfsiz tillar (safe) – avlodlar tomonidan qo‘llanib kelingan va ular o‘rtasida uzilishlar bo‘lmagan, hozirda ham davom etayotgan tillar: ingliz, arab, rus, tatar, tojik, qozoq va h.k. Ular orasida o‘zbek tilining ham borligi quvonarli hol. 2. Zaif tillar (vulnerable) – ko‘pchilik bolalar gapirsa ham qo‘llanish doirasi cheklangan tillar: chuvash, tuva, yoqut, belorus, osetin kabi. Mazkur tillardan faqat uyda foydalanishadi, ularning yo‘qolib ketish xavfi kuchli. 3. Yo‘qolib ketish xavfi bor bo‘lgan tillar (definitely endangered) – hozirda qo‘llanayotgan, lekin bolalar o‘z ona tillarida ta’lim olmayotgan buryat, komi, mari, qolmiq kabi tillar. 4. Yo‘qolayotgan tillar (endangered languages) – aholisi shu tilda deyarli gaplashmay qo‘ygan tillar. Ular mazkur tillarda so‘zlashuvchilar ozchilikni tashkil etgani bois, o‘zlari yashayotgan davlatlardagi hukmron til ta’sirida qolgan va o‘z ona tillarini unutgan til sohiblari. 5. O‘lik tillar – jonli muloqotda foydalanmaydigan, faqat yozma yodgorliklarda saqlanib qolgan, sun’iy tartibga solinadigan tillar. Bu ro‘yxatga ubix, yugagir, eng qizig‘i, farg‘ona qipchoqlari tili kiritilgan. 6. Tiklanadigan tillar – butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, bironta ham so‘zlashuvchisi qolmagan tillar. Dunyo tajribasida ehtiyojga qarab bunday tillarni tiklash mumkin. Demak, “xavfli ro‘yxatlar”ga kirib qolmaslik uchun biz astoydil harakat qilishimiz kerak. Shuningdek, quyidagi vazifalarni zudlik bilan bajarishimiz zarur. Ilm-fan, texnikani rivojlantirish. Buning uchun biz o‘zbek tilining mashinaviy tilini yaratishimiz, shevalardagi bor boyligimizni yig‘ib, saralab, ulardan eng ma’qullarini adabiy tilimizga kiritishimiz, chetdan kirib kelayotgan har bir so‘z, iborada o‘ta ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishimiz, o‘zbek tilini dunyo miqyosiga olib chiqishimiz talab etiladi. Ayniqsa, aniq fanlar: fizika, matematika, kimyo, biologiya va texnika sohalarida qo‘llanadigan so‘z va iboralar ustida jiddiy bosh qotirishimiz kerak, ularda o‘zbekcha ilmiy uslubni shakllantirishimiz zarur. Tillar uchrashganda, kontakt holatlarida to‘g‘ri yo‘lni aniqlash. Avvallari chetdan so‘z olishimiz asosan rus tili hisobiga bo‘lgan bo‘lsa, bugun dunyoning barcha tillaridan, ayniqsa, ingliz tilidan ko‘p so‘z o‘zlashtiryapmiz. Ammo, to‘g‘ri yo‘ldan ketyapmizmi? Bizningcha, ikkita yo‘lni tanlaganmiz. Birinchisi to‘g‘ri yo‘l – qonuniy tarzda so‘z o‘zlashtirish. Ilm-fan, texnika yutuqlari orqasida kirib kelayotgan so‘zlarni e’tirozsiz qabul qilish yoki kalkalab olish. Barter, briffing, investitsiya, chat, charter, menejment, menejer, konsalting, bakalavr, magistr, kompyuter, monitoring; tadbirkor, ishbilarmon, raqobatbardosh, qimmatbaho qog‘oz, dastur – ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Sanalgan leksik birliklar allaqachon o‘zbek tiliga kirib bo‘ldi. Sohalarda faol iste’molda. Ikkinchisi xato yo‘l – hali o‘zbek tiliga o‘zlashmagan house, royal, grand, market, hoom, food, hotel, sity kabi so‘zlarni Lag‘mon house, Kabab house, City market, Market foods, Good market, Royal Cinema, Vega Cinema, Mega Cinema, Grand Cinema, Leader hotel, Bavaria plaza kabi nomlarda qo‘llash. Aynan mana shu usul tilni siyqalashtirishga, qashshoqlashtirishga olib keladi. O‘zbek tilini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishimiz tilimizning taraqqiyotini ta’minlashdagi eng katta omil sanaladi. Hukumat talabi bilan tashkil etilayotgan o‘zbek tilini o‘qitish markazlarining ochilishi, “O‘zbek tili do‘stlari” klublarining tashkil etilishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilining o‘qitilishining yo‘lga qo‘yilishi, professor-o‘qituvchilar va talabalarni almashtirish, tajriba almashish – bularning barchasi yaxshi, ammo bizdan talab etilayotgan eng katta narsa bu – bor ma’naviy boyligimizni xorijiy tillarda dunyo aholisiga yetkazib berishdan iborat. Bir so‘z bilan aytganimizda, qiladigan ishlarimiz behisob. Faqat tartib bilan, aqlzakovat yondashsak, albatta, barcha ishning uddasidan chiqamiz Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ўзбекиcтон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи // “Xalq so‘zi”, 2019 йил 22 октябрь сони. 2.Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo’llanma. Toshkent: O’zbakiston nashiryoti, 2020. – B. 4. 3. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. – 3-jild. – Toshkent: O’zME Davlat Ilmiy nashiryoti, 2002. – B. 286. 4. https://ru.wikipedia.org. 5. https://bigenc.ru/linguistics Download 18.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling