Globallashuv jarayonlarida davlat tilining o‘rni


Download 18.83 Kb.
bet1/2
Sana20.10.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1711183
  1   2
Bog'liq
maqola qahramonova yulduz


GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA DAVLAT TILINING O‘RNI
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi
Qahramonova Yulduz Furqat qizi
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.
(Alisher Navoiy)
Annotatsiya. Maqolada o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi va uning olmashumul ahamiyati, bugungi kunda va kelgusida davlat tilini rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor berishi masalasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: davlat tili, o‘zbek tili, globallashuv, til sohiblari, xavfli tillar, zaif tillar, yo‘qolayotgan tillar, dunyo tillari xaritasi, ona tili o‘qitish.
Til haqida gap ketganida “Buyuk davlat tili boqiydir”, “Til – Vatan ramzi, timsoli, ruhi”, “Til – millat tayanchi”, “Til – millat boyligi”,“Til – millatning ko‘zgusi”, “Til – tamaddaun taraqqiyoti asosi”, “Til – millat nishoni”, Ona tili – millatning ruhi, ornomusi”, “Ona tili – xalq ruhi, ma’naviyatimiz ko‘zgusi”, “Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori” degan jumlalarni tez-tez takrorlashga o‘rganib qolganmiz. Barchaga ma’lumki, mazkur gaplar ostida birinchi galda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni yotadi. Ushbu olamshumul hodisaga ham 33 yil to‘ldi. Ko‘hna tarix oldida bu yillar arzimas sanaga o‘xshaydi, ammo chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, xalqimiz o‘tgan yillar mobaynida asrlar davomida ko‘rmagan voqeahodisalarni boshidan kechirdi. Davlat tili haqidagi gaplar, xatti-harakatlar asov daryodek jo‘sh urgan 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshidagi hayotimizni bugungi shiddat bilan kechayotgan kunlarimizga mutlaqo tenglashtirib bo‘lmaydi. Mustaqillik xalqimizning turmush tarzini, dunyoqarashini, orzu-umidlarini va intilishlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Sanoat, xalq jo‘jaligi, madaniyat, san’at, adabiyot, musiqa – bir so‘z bilan aytganda, barcha jabhada tub islohotlar amalga oshirildi. Turgan gap, bu o‘zgarishlar birinchi galda “milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘i” [1] sanalgan ona tilimizda o‘zining aks-sadosini ko‘rsatdi. Bugun “dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyat [2]” sifatida Davlat Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi kabi muqaddas ramzlar qatorida xalqimizni bir davlatga, bir yurtga birlashtirib, jipslashtirib turibdi [3].
“O‘zbek Milliy Ensiklopediyasi”da davlat tiliga shunday ta’rif beriladi:

Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling