Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati


Download 84.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.08.2023
Hajmi84.18 Kb.
#1666614
  1   2   3
Bog'liq
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning



Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning 
zaruriyati 
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning 
zaruriyati 
Ushbu mavzuni yoritishda falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan 
biri ekanligiga, falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos 
tushuncha ekanligiga, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, 
hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab 
muammolar haqidagi fan ekanligiga e'tiborni qaratish lozim. «Falsafa» 
atamasi yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni 
sevish» ma'nosida ishlatiladi. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular 
qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan qat'iy nazar, filosofiya deb 
ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblangan. 
Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni 
haqidagi qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi. 
Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u 
ham bo`lsa falsafa fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, 
ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki 
«filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu falsafaning vatani 
Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir. Falsafa 
Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan 
mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr 
mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. 
Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni qadrlash», 
deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi. Shu bilan 
bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon 
bo`lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy 
baholashni taqazo etadi. Bu 12 ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik 
fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini anglashdir. Har bir falsafiy 
g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks 
ettiradi. Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy 
va boshqalar o’z davri ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari 
surganlar. Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga 
e'tiborni qaratib, talabalarga shuni ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon 
da'vogar bo`lmagan. Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy 
va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik 
fanlar deb ataladi. Falsafa esa, umumiy fanlar majmuasini tashkil etadi. 
Shuning uchun falsafa fani barcha fanlar uchun metodologik asos rolini 
bajaradi. Demak, falsafa fani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri 
taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini o`rganadi. Shu jihatdan 
olganda, falsafa fani barcha fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan 
dialektik birlik va aloqadorlikdadir. Ijtimoiy - gumanitar fanlarsiz falsafani 
to`liq tushunib bo`lmaganidek falsafasiz ham bu fanlar taraqqiyotini bilish, 


tushunib etish mumkin emas. Falsafaning boshqa fanlarga ta'sirini bilmoq 
uchun, metodologiya sifatidagi ahamiyatini anglamoq uchun dunyoqarash 
tushunchasining mohiyatini anglamoq zarur. Dunyoqarash - kishilarning 
olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, 
huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va tizimlaridan iborat. 
Dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatining 
faoliyati yo`nalishini va voqelikka munosabatini belgilaydi. Dunyoqarash 
o`zining tub mohiyatiga ko`ra mifologik, diniy, falsafiy turlarga bo`linadi. 
Mifologiya - kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo`lgan 
dunyoqarashning dastlabki shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga 
qarashning o`ziga xos usuli bo`lgan mifning xususiyati shuki, hamma 
narsa va hodisalar unda bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. 
Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga 
bemalol ko`chirish mumkin bo`ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini 
hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlab ko`rsatishga 
asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga 
osonlik bilan ko`chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi 
va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qg`anday 
o`zgarishlar qilishi va jasoratlar ko`rsatish mumkin bo`ladi. Har qanday 
mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur yordamida engadi, 
o`ziga bo`ysundiradi va shakllantiradi. 

Download 84.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling