Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati


Download 84.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana12.08.2023
Hajmi84.18 Kb.
#1666614
1   2   3
Bog'liq
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning

jamiyat 
taraqqiyotiga 
ta'siri 
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida 
ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki 
kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz 
tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho 
ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan 
nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni 
milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning 
ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»
1

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat masalalari millat tarixi, axloqiy 
va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy 
mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda 
ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy 
mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va 
istiqboli 
davlat 
miqyosidagi 
vazifa 
tarzida 
idrok 
etilmoqda. 
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda 
ko’p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir 
yetkazadi. 
Ma’naviy qadriyatlar - bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli, bilishning 
murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir. 
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat 
bugungi 
madaniy 
boyliklarga, qadriyatlarga 
zamonaviy, 
ma’naviy 
yutuqlarga, shu bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga 
ham tayanadi. Har bir davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, 
quruq, bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, 
jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish 
avlodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosga, shuningdek, 
umuminsoniy 
ma’naviy 
qadriyatlarga 
tayanadi. 
O’zbekiston xalqlarining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning aytganlaridek 
ikki jabhani - olamni ilmiy bilishi va diniy - falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi. 
Ota - bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, ilmiy 
kashfiyotlari, 
badiiy 
asarlari, 
axloqiy 
ta’limotlari 
bugungi 
ma’naviy tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom 
ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas. Sobiq sho’rolar 
davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom 
ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni zararli deb 
topish, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga 
ziyon 
keltirdi. 
Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. 
Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining 


barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib 
ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi 
tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq 
qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish 
qilganlarning ham bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, 
gunohkorlarning esa jazolanishi to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati 
taraqqiyatining ilk bosqichlaridan shakllanib, odamlarning axloqiy 
munosabatlarini 
tartibga 
solib 
kelgan. 
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli 
va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy 
amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. 
Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, 
chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal 
qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi. 
Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan 
nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib, 
shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga 
xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas - 
tuganmas kuch- qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman» 
FOYDALANILGAN ADABIYOT 
1.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011 
2.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176. 
3.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning yo‘llari va choralari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2009. 
4/Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - 
bizning oliy maqsadimiz. T.17. –Toshkent: O‘zbekiston, 2009
 
 
5.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1.1-2.-T., o’zMU nashriyoti, 2000-
2001. 
6.O’zbekiston Respublikasi. Ensiklopediya. T., "Qomuslar bosh tahririyati", 
1997. 
7.O’zbekiston tarixi (qisqacha ma'lumotnoma). T., "Sharq", . 2000. 
8.Foydalanilgan 
internet 
sahifalar: 
Ziyo.net 
Kitob.uz 
Edu.uz

Download 84.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling