Savollar: Badiiy uslub va uning o’ziga xosliklarini aniqlang


Download 13.04 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.04 Kb.
#214994
Bog'liq
Adabiyotshunoslik. 7-Seminar mashg'uloti


7-Seminar mashg’uloti. Ijodiy metod va oqimlar haqida tushuncha

Savollar:

1.Badiiy uslub va uning o’ziga xosliklarini aniqlang.

2.Ijodiy oqimlar va ularning o’zgarish sabablarini o’rganing.

3.Romantizm metodining xususiyatlari va umumiy belgilarini topoing.

4.Realizm metodi va uning ko’rinishlarini tahlil qiling

Javoblar:

1.Badiiy uslub har bir yozuvchi – san’atkorning, har bir yetuk asarning, har bir davr adabiyotining o’ziga xos barcha xususiyatlarini qamrasa, badiiy metod muayyan guruhga mansub san’atkorlar ijodining umumiy va mushtarak barcha belgilarini o’zida tashiydi.

2.I.O.Sultonov “Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur- “romantik tafakkur tipi”, ikkinchi xil tafakkur – “realistik tafakkur tipi” deb ataladi”- deb yozadilar va “Romantik tafakkur yoki realistik tafakkurning ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukumron ko’rinishi ijodiy metod” tushunchasi bilan yuritishini taklif etadilar... . Anashu ikki yo’nalish-ijod tipi turli-tuman davrlarning, jamiyatning talablariga doimo javob berib kelmoqda, faqat, bizningcha, evolyutsion rivojlanish – romantizimni, revolyutsion taraqqiyot – realizimni birinchi o’ringa olib chiqadi. Ko’pincha badiiy asarlarda ijodning bu janrlari qo’shaloqlashgan bo’ladi.

3.Romantizim – bu metodning bosh xislati “idealga moslab hayotni qayta yaratish”dir, ya’ni orzu qilingan voqyelikni tasvirlashdir; uni go’zal va mukammal hayot tarzida ko’rsatishdir; anashu hayot qahramonlarning afsonaviy kuch-qudratga egaligini, mo’jizakorligini ideallashtirishdir.



4.Realizm – bu metodning bosh xislati-“Hayotni butun yalang’ochligi va haqqoniyligi bilan qayta tiklash”dir. Bu qonuniyat – adabiyitning tug’ulishidanoq paydo bo’lgan bo’lib, uning tarixiy rivojlanish taraqiyoti davomida to’xtovsiz tarzda sayqallashdi, yangi-yangi xususiyatlar dunyoga keldi, tobora boyib takomillashishda davom etmoqda.
Download 13.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling