Globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. Tayanch iboralar: iqtisodiy bog‘liqlik, Milliy iqtisodiyotlar ochiqligi, jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotga ta’sirining intensivlashuvi, Xalqaro mehnat taqsimoti, Axborot tizimi va telekommunikatsiya, global moliya bozorlarining shakllanishi, jahon iqtisodiyoti subyektlari.
“Global shaharlar” tushunchasiga izoh bering. Tayanch iboralar: S.Sassen-Koob va A.King, boshqaruv markazlari, britaniyalik iqtisodchi P.Teylor, “alfa shahar”.
Bugungi kunda α, β va γ shaharlarga qaysi shaharlar kiradi? Tayanch iboralar: London, Parij, Nyu- York, Sidney, Toronto, Bryussel, Vashington, Bankok, Pekin.
“Xalqaro mehnat taqsimoti” tushunchasiga izoh bering. Tayanch iboralar: alohida mamlakatlar, tovar va xizmatlar, ixtisoslashuv.
“Xalqaro iqtisodiy integratsiya” tushunchasiga izoh bering. Tayanch iboralar: turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalari, rivojlanish, xo‘jaliklar, birlashish jarayonlari.
Mikrodarajadagi integratsiya nima? Tayanch iboralar: hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar, firmalar, iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari. Tayanch iboralar: erkin savdo hududlari, yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatish, yagona pul birligi, kapital va ishchi kuchining erkin harakati, valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish.
Ochiq iqtisodiyot nima? Tayanch iboralar: eksport va import, jahon moliya bozorlari, kredit; tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |