Globallashuv ta’siridagi axborot xuruji


Download 16.07 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi16.07 Kb.
#1377415
Bog'liq
GLOBALLASHUV TA’SIRIDAGI AXBOROT XURUJI.


GLOBALLASHUV TA’SIRIDAGI AXBOROT XURUJI.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davlatimiz ravnaqi uchun tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday jarayon, tabiiyki, xalqimizning ong-u tafakkurining shakllanishiga, dunyoqarashimizning o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 2021-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning navbatdagi qadami, desak adashmaymiz. Mazkur qaror negizida ilgari surilgan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan faoliyatning uzviy davomi sanaladi.
Buyuk mutafakkir ajdodimiz Mahmud Az-Zamaxshariyning: “Bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek, ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi” degan purma’no iboralarini har bir inson aql muroqabasidan o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Shu bois har birimiz havoi nafsga berilmasdan, aql kuchi bilan o‘z farzandlarimiz, o‘z kelajagimiz yo‘lida birlashishimiz, kurashishimiz zarur.
Shu bilan birga, siyosiy islohotlar xalqaro munosabatlar tizimida yangi jahon tartibotini shakllantirish uchun olib borilayotgan bir davrda kechmoqda. Globallashuv jarayonining shiddat bilan kechishi natijasida jahon xalqaro munosabatlar tizimida keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Uchinchi Rennesans” davri nafaqat yoshlarda, balki har bir shaxs, har bir fuqaroda mas’uliyat hissini yuzaga keltirmay qolmaydi.
Bu esa, o‘z navbatida, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tizimini takomillashtirishni, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Bizningcha, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan siyosiy voqelikni atroflicha ilmiy tahlil etish, milliy, iqtisodiy, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash bilan bir qatorda axborot-mafkuraviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur bo‘ladi.
Download 16.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling