Globallashuv va ekologiya. Globallashuv sharoitid ekologiya soxasida vujudga kelayotgan ayrim muammolar


Download 277 Kb.
bet15/27
Sana18.06.2023
Hajmi277 Kb.
#1581542
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Globallashuv va ekologiya

Globallik mezonlari. Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun yuqorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashqari bu muammolarni boshqa tomondan – ularning sifati, va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qo‘shimcha mezonlar qo‘llaniladi.
Birinchidan, global muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir.
Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hyech bo‘lmasa aksariyat qismining kuch-g‘ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish ko‘rishi talab etiladi.
Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining ob'ektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e'tiborga olmasligi mumkin emas.
To‘rtinchidan, global muammolarning yechilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba'zan global muammolarning boshqa bir qator xususiyatlari ham ko‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan farqli o‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan oldin zimdan va uzoq shakllanadi, yechilishiga qarab esa (nazariy jihatdan) quyiroq darajaga tushib, dunyo miqyosida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Ammo tendensiyalarni teskari yo‘nalishda o‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini talab etuvchi o‘ta og‘ir ish bo‘lib, hali bunga erishilganicha yo‘q. Global muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga nafaqat ularning quyiroq darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma'lum emasligining sababi ana shundadir.
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi bir-biriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini yechish hyech bo‘lmasa unga boshqa muammolarning ta'sirini hisobga olishni nazarda tutadi.
Global muammolarning tasnifi. Global muammolarning keltirilgan mezonlari va o‘ziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan o‘zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi.
Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning o‘ta keskin ziddiyatlarini kompleks o‘rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va ob'ektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli o‘zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga ko‘maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi.
Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma'lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi.
Hozirgi zamonda global muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e'tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va yechimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o‘rtasida qanday sababiy bog‘lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.

Download 277 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling