Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me'yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta'riflangan.
Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini yaratishning boshlang‘ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro‘yobga chiqarish mumkinligi va zarurligini e'lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Uning bizgacha turli ko‘rinishlarda yetib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi: «O‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy o‘zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e'lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi.
Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Karimov I.A. Asarlar tо‘plami. 1-18 jildlar. T. О‘zbekiston. 1996-2011
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. -176.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari. – Toshkent: О‘zbekiston, 2009. – 56 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |