Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari
Download 13.83 Kb.
|
globallashuv va sekulyaritzatsiya
Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkoniyatini beradi, deb ta’kidlanadi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti A.Nurmatovning 2006 yilda “Hurriyat” gazetasida chop etilgan “Internet globallashuvi” nomli maqolasida yozilishicha, “globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi. “Internatsionallashtirish” — mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro savdoning o‘sishi, demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir. “Liberallashtirish” — mamlakatlararo ochiq savdoni chegaralashning man etilishi va jahon iqtisodiyotini erkinlashtirish. “Universallashtirish” — bu turfa qarash va tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar orasida tarqalishi. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi. Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi”. Bugungi kunga kelib esa globallashuv antropogen ta’sir natijasida keng quloch yozib keldi. Uning to‘xtovsiz harakatlanishi uchun quvvat manbai – inson tafakkuri hisoblanadi. Shuning uchun ham uni antropogen hodisasining hosilasi deb izohlash mumkin, ya’ni inson omili bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud deya fikr yuritiladi. Aslida esa globallashuv alohida hayot tarzi emas, balki bugungi davrning umumiy manzarasidir. Uning ichida yaxshi voqealar ham, yomon voqealar ham ro‘y beradi. Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar ham globallashuvning botinida mavj uradi, undan tashqarida emas. Lekin bu hodisalarning sababchilari insonlardir va agar odamzod bo‘lmaganida edi, hech qanday sivilizatsiya ham, urushlar ham, globallashuv ham bo‘lmas edi. Hammasi – INSON atrofida ro‘y bermoqda. Globallashuvni to‘xtatib bo‘ladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Javob esa quyidagicha: yo‘q. Bu mumkin emas. Uning yo‘lini to‘sish uchun salkam ikki asr muqaddam chora ko‘rish lozim edi. Ammo bunday voqea sodir bo‘lganda hozirgi taraqqiyot, zamonaviy qulay yashash sharoitlari, turfa xil avtomobillaru transport vositalari, Internet va telefon, televizor, smartfonlar, Android mobilniklar, ro‘zg‘orda foydalaniladigan texnika buyumlari ham yaratilmas edi. Yuqorida ta’kidlanganidek, globallashuvga qandaydir (ijobiy yoki salbiy) oqibatlarni keltirib chiqaradigan hodisalar oqimi, xususiy jarayon deb qarash, mening fikrimcha, eskirgan nazariyadir. Chunki,ezgu ta’limotlar va buzg‘unchi fikrlar birvarakayiga globallashuv “qozonida qaynamoqda”. Endi, bu “qozon”dan kim nimani istasa, shuni “suzib oladi”, xolos. Ya’ni, har bir kishi o‘z dunyoqarashi va tafakkur darajasiga qarab o‘ziga tegishli deb bilgan narsani oladi. Biroq globallashuv ichidagi oqimlarni boshqa-boshqa taraflarga burib yuborish mumkin va buni faqat insonlar o‘z aqlu farosatlari va fikrlash doirasiga ko‘ra bajara oladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan natijalarning negizida turgan asosiy omil – insondir. Zero, tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor shaxs, xalq yaratadi. Xulosa shuki, globallashuv qaysi mamlakat yo mintaqada qay darajada yuz berayotgan bo‘lsa ham uning bosh omili kishilik jamiyati bo‘lib qolaveradi. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchga aylangan jamiyatda globalizatsiya faqat ijobiy natijalarni yuzaga keltiradi, ma’naviy tahdidlar o‘z vaqtida bartaraf etiladi. Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling