Glossariy Aksept – to‘lovchining to‘lov hujjatini to‘lash uchun bergan roziligi. Avizo


Bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati. Buxgalteriya hisobi registrlari


Download 26.34 Kb.
bet4/5
Sana12.02.2023
Hajmi26.34 Kb.
#1192131
1   2   3   4   5
Bog'liq
ГЛОССАРИЙ

Bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati.
Buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar.
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bosh bitim -depozit operatsiyalarini amalga oshirishning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan o‘zaro harakat.
Valyuta birjasi -chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
Dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
Depozit auksioni - tijorat banklarining pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida amalga oshiriladigan kimoshdi savdolari.
Joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi.

Nazoratchi buxgalter - mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib amalga oshiruvchi buxgalter.
Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalari (bundan buyon matnda depozit operatsiyalari deb yuritiladi) - Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish operatsiyalari.

Download 26.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling