Glossariy amaliy dasturlar paketi (adp)
Download 29.76 Kb.
|
Internet tarmogida GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sensor ekranlar
- Skaner
- Prezentatsiya
Operatsion tizim (OT) – bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta'minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
Printer – axborotni qog‘ozga tushiruvchi moslama. Raqamli xisoblash mashinalari (RXM) – diskretli ishlaydigan xisoblash mashinalari bo‘lib, diskret, aniqrogi raqamli shaklda taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi. Sensor ekranlar – tasvirlar, dastur yoki buyruqlar ayrim elementlarini display ekranida ShK ga kiritish uchun mo‘ljallangan. Serverlar – barcha stansiya tarmoqlaridan olingan so‘rovlarni qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p kishi foydalanadigan qudratli mikroEHMlardir. Skaner – qog‘ozli tashuvchilardan avtomatik xisoblash va ShK ga mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarini kiritish uchun mo‘ljallangan moslama. Telekommunikatsiya – kompyuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma'lumotlarni masofadan uzatishdir. Uzel – tarmoqning uzatish vositasiga ulangan xar qanday qurilma. O‘xshashli xisoblash mashinalari (UXM) – uzluksiz ishlovchi xisoblash mashinalari bo‘lib, uzluksiz (o‘xshashli) shaklda, ya'ni biror bir fizik kattalik (xammadan ko‘proq elektr kuchlanishi) qiymatlarining uzluksiz qatori ko‘rinishida taqdim etilgan axborot bilan ishlaydi. Fayl – axborot tashuvchi mashinaga taqdim etilgan ma'lumotlarning nomlangan yig‘indisi. Foydalanuvchi interfeys – foydalanuvchining dasturiy yoki EHM bilan o‘zaro ta'siridagi dasturiy va apparat vositalaridir. Shaxsiy kompyuterlar (ShK) – xammaboplik va qo‘llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi bir kishi foydalanadigan mikroEHMlardir. Power Point - bu grafik dasturlar paketi bo‘lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd-filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi. Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, ularni ekranda ko‘rsatish, tarqatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaklida bitta faylda saqlanadi. Download 29.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling