Glossariy ariza
Download 16.14 Kb.
|
1.6. Glossariy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bildirish, bilidirishnoma
- Hisobot
- Ma’lumotnoma
- Shartnoma
GLOSSARIY Ariza – muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat turi. Bayonnoma – turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq , siqiq holda qayd qiluvchi rasmiiy hujjat. Bildirish, bilidirishnoma – muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Buyruq – mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasaoldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat turi. Dalolatnoma – muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Hisobot – muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot Ishonchnoma – muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ma’lumotnoma – bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish –axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Tavsifnoma – ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningddek, uning o‘ziga xos xislat va fazilat larine aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Shartnoma – ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuv. Download 16.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling