Glossariy Arxeografiya
Odob – “adab” so‘zining ko‘plik shakli (آداب
Download 47.47 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’sirlar zanjiri
- Ekzegetika
Odob – “adab” so‘zining ko‘plik shakli (آداب). Mumtoz adabiyotda “adab”ning ko‘pligi sifatida qo‘llanadi. Undan tashqari “odob” so‘zi inson faoliyatining ayrim sohalariga oid qoidalar va ularga rioya qilish ma’nosida ham ishlatiladi.
Tekst– yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq. Termin bu ma’nosida og‘zaki nutqqa qarshi qo‘yiladi; nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki og‘zaki (tovushlar) belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy (ko‘rish yo eshitish) qabul qilinadigan tomoni. Bu ma’nodagi tekst matnshunoslikning ob’ekti sanaladi; nutqiy kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb etgan va nisbiy avtonomlik, alohidalik xususiyatiga ega eng kichik birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar. Bu ma’nodagi tekstning mazmuni uni tashkil qilayotgan nutq birliklari, ularning o‘zaro aloqalari bilangina cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan muayyan nutqiy situatsiyada tug‘ilgan, uning butun sifatidagi mazmun-mohiyati o‘zidan tashqaridagi reallik bilan bog‘liq holda voqe bo‘ladi”5. Ta’sirlar zanjiri –Ma’lum adabiy asar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan manbashunos o‘zi o‘rganayotgan ob’ektning yaxlit butunlik sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan ta’sirlar zanjirini tiklaydi, tadqiq etilayotgan asarning bu silsiladagi o‘rnini belgilaydi, xalqalar orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Manbashunoslik tadqiqi mana shu uzluksiz jarayon ichida kechadi. Ekzegetika – diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi. Piktografik yozuv – o‘z ramziy timsoliga ega har bir so‘zning predmetni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasm orqali ko‘rsatishi. Ideografik yozuv – so‘zning ma’nosining tushuncha orqali ifodalanishi. Ieroglifik yozuv – logografik yozuvning rivojlangan, mukammal ko‘rinishi. Litografiya (toshbosma) – yassi chop etish, ya’ni matn oldindan qog‘oz varag‘iga bitilgan va tosh shaklga teskarisi tushirilgan aksdan nusxa ko‘chirish usuli. Download 47.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling