Referendum-Referendum-Referendum
Referendum – (lotincha “referendum” – e’lon qilinishi lozim bo‘lgan xabar) jamiyatni demokratik boshqarish jarayonida qo‘llaniladigan tadbirlardan biri, ba’zi muhim masalalarni umumxalq ovoziga, umumxalq so‘roviga, xalq muxokamasiga qo‘yib xal etish.
Referendiumni davlatning oliy organi o‘tkazadi. Referendium – jamiyatni demokratik asosida boshqarishni ta’min etishga erishishi uchun olib boriladigan ko‘ppartiyaviylik kurashida erishilgan yutuqlardan biri. Referendum shakllari uch xil bo‘ladi: 1) umummilliy referendium – butun mamlakat miqyosida o‘tkaziladi; 2) Mahalliy referendum - federativ davlat subektlarida o‘tkaziladi. 3) Ma’muriy hududiy referendium esa hududiy birlikda o‘tkaziladi.
2002yil 27 yanvar referendiumida xalqimiz ikki savolga javob beradi: 1. O‘zbekiston parlamenti ikki palatani bo‘lishini ma’qullaysizmi? 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolati besh yildan etti yilga uzaytirilishi ma’qullaysiz? Xalqimiz bu ikki savolga “ha” deb javob berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |