Plebissit-Plebissit-Plebistsit
Plebissit – (lotincha “pledius” – oddiy xalq, “Seium” - qaror) – umumxalq ovoz berishi orqali
aholining fikri – xoxishini bilish usullaridan biridir. Plebissit xalqning saylovlarda ovoz berish usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi.U davlatni boshqarish shaklini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan o‘tkaziladi.
Respublika-Respublika-Republic
Respublika – (lotincha “res” – ish, faoliyat va “publikus” – jamoatchilik faoliyati) – davlatni boshqarishning asosiy shakllaridan biridir.Boshqarishning Respublika shakli o‘rnatilgan mamlakatlarda davlat hokimiyatining oliy organlari muayyan muddatga saylanib qo‘yiladi.
Tarixda Respublikaning xar xil turlari bo‘lgan. Qadimgi yunonistonda va o‘rta asrlar davrida,
ayrim davlatlar boshqarish shakliga ko‘ra, aristokratik yoki demokratik respublika shaklidabo‘lgan.
XIX – XX - asrlarga kelib, respublika davlatini boshqarishning eng keng tarqalgan shakliga aylandi. Hozirgi davrda respublikaning uchta asosiy turi mavjud: Prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika va aralash respublika.
Do'stlaringiz bilan baham: |