Minoritar aksiyadorlar va ular huquqlarini himoya qilish
Download 135.5 Kb.
|
19-Korporativ
1-savol Minoritar aksiyadorlar va ular huquqlarini himoya qilish Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida ishtirok etishi va ovoz berishi yig'ilish kun tartibidagi masalalar bo'yicha ovoz berish natijalariga ta’sir o'tkazmaydigan aksiyalar egalari minoritar aksiyadorlar hisoblanadi. Minoritar aksiyadorlaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ulaming orasidan minoritar aksiyadorlaming qo'mitasi tashkil etilishi mumkin. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining tarkibiga nomzodlar bo'yicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar bo'yicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining a’zolarini saylashda aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida hozir bo'lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko'rsatmagan yoxud aksiyadorlaming o'tkazilayotgan umumiy yig'ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining tarkibiga jamiyatning direktori, boshqaruv a’zolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga saylangan shaxslar kirishi mumkin emas. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining vakolatiga quyidagilar kiradi: - aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko'rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo'yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish; - minoritar aksiyadorlaming o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogliq murojaatlarini ko'rib chiqish; - qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risida murojaatlar kiritish; - qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalami ko'rib chiqish. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining qarorlari oddiy ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslaming kamida to‘rtdan uch qismi hozir bo'lganda vakolatlidir. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasi a’zolarining soni jamiyat ustavida belgilanadi. Minoritar aksiyadorlaming qo'mitasi qabul qilingan qarorlar to'g'risida har yili aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida hisobot beradi. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining raisi ushbu qo'mita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qo'mitasining a’zolari tomonidan ko'pchilik ovoz bilan saylanadi. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining raisi minoritar aksiyadorlar qo'mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo'yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasining faoliyat ko'rsatish tartibi qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Minoritar aksiyadorlar qo'mitasi jamiyatning xo'jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas. O'z navbatida minoritar aksiyadorlar qo'mitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo‘1qo'yilmaydi. Qo'mitaning qarorlari jamiyatning boshqaruv va nazorat organlari tomonidan bajarilishi majburiy emas, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda tegishli hujjatlami taqdim etish to'g'risidagi qarorlari bundan mustasno. Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo'lgan dividendlar tolanmagan taqdirda qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki qo'mitaning murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat barcha aksiyadorlariga dividendlar to'lash majburiyatini yuklatish to'g'risida da’vo taqdim etishga haqli. Bunday da’voni taqdim etish va ко'rib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Minoritar aksiyadorlaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan qo'mita tashkil etilishi mumkin. Qo'mitani tashkil etish mumkinligi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo'lishi lozim. Aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin o'ttiz kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bolsa, aksiyadorlaming yillik umumiy yig'ilishi kun tartibiga qo'mita tarkibiga nomzodlar bo'yicha takliflar ko'rsatishga haqli. Aksiyadorlar (aksiyador) qo'mitaga o'zlari ko'rsatgan nomzodlar ro“yxatiga aksiyadorlaming yillik umumiy yig'ilishi o'tkazilishi to'g'risidagi xabar elon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay o'zgartishlar kiritishga haqli. Qo'mita a’zolarini saylash to'g'risidagi qaror aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan bir yil muddatga qabul qilinadi. Qo'mita tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin. Qo'mitaning a’zolarini saylashda aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida hozir bolgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar ko'rsatmagan yoxud aksiyadorlaming o'tkazilayotgan umumiy yig'ilishida kuzatuv kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, shuningdek jamiyat kuzatuv kengashi hamda, taftish komissiyasi a’zolari (taftishchisi) jamiyatning qo'mita a’zolari tarkibiga kiritilishi mumkin emas. Qo'mita a’zolarining soni jamiyat ustavi bilan belgilanib, uch kishidan kam bolmasligi, shuningdek umumiy soni toq sondan iborat bolishi lozim. Qo'mitaning raisi ushbu qo'mita tarkibidan uning a’zolari tomonidan ko'pchilik ovoz bilan saylanadi. Qo'mita faoliyatini tashkil etish maqsadida jamiyat ijroiya organi rahbari qo'mita a’zolariga ish joyini, kompyuter uskunasini, seyfni, telefon yoki faksimil aloqasini ajratgan tarzda zarur mehnat sharoitini yaratib berishi shart. Qo'mitaning vakolatiga quyidagilar kiradi: - aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko'rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo'yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish; - minoritar aksiyadorlaming o'z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogliq murojaatlarini ko'rib chiqish; - qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to'g'risida murojaatlar kiritish; - qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalami ko'rib chiqish. Qo'mitaning majlislari muntazam ravishda o'tkaziladi va qo'mitaning tarkibiga saylangan shaxslaming kamida to'rtdan uch qismi hozir bolganda vakolatlidir. Qo'mita raisi qo'mita qarorida kuni va vaqtini belgilagan tarzda minoritar aksiyadorlami haftalik qabulini tashkil etishi lozim. Qo'mita qarorlari oddiy ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va yig'ilishda ishtirok etuvchi barcha qo'mita a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Qo'mitaning bir a’zosi o'z ovozini shu qo'mitaning boshqa bir a’zosiga berishiga y o l qo'yilmaydi. Qo'mita raisi qo'mitaning vakolati doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo'yicha jamiyatning malumot va hujjatlaridan, shu jumladan jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining), auditorlik tashkilotining xulosalari va hisobotlari, nazorat qiluvchi davlat organlarining tekshirish dalolatnomalari, jamiyatga va uning mansabdor shaxslariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlaridan, shuningdek affillangan shaxslar bilan nazarda tutilgan bitimlami jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan o'rganish bo'yicha bayonnomalaridan erkin foydalanish huquqiga ega. Qo'mita vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha hujjatlami olish to'g'risidagi qo'mita raisining so'rovnomalari yozma ravishda rasmiylashtirilgan holda jamiyat ijroiya organiga taqdim etiladi. Jamiyatning ijroiya organi qo'mita raisi tomonidan so'ralgan hujjatlami yoki ulaming nusxalarini 10 kun ichida yoxud so'rovnomada ko'rsatilgan muddatdan kechiktirmagan tarzda taqdim etishi shart. Qabul qilinib olingan hujjatlar qo'mita raisi va a’zolari tomonidan faqatgina xizmat maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Qo'mita a’zolari jamiyat yoki uning faoliyati to'g'risidagi xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa simi tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas.' Qo'mita o'zining vakolatiga kirgan masalalar bo'yicha qabul qilingan qarorlar to'g'risida har yili aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida hisobot beradi. Qo'mita jamiyatning xo'jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas. Qo'mitaning faoliyatiga jamiyat kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo’l qo'yilmaydi.
Kuzatuv kengashi va uning korporativ boshqaruvdagi roli Kuzatuv kengashi aksiyadorlik jaamiyatlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Bunda kuzatuv kengashi aksiyadorlik jamiyati ustavi asosida faqatgina o‘z vakolati doirasida boshqaruvni amalga oshiradi. Ya’ni qonunchilik va ustav bilan aksiyadorlar umumiy yig'ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalami kuzatuv kengashi tomonidan hal qilinishiga yo‘l qo'yilmaydi. Ovoz beruvchi aksiyalar* egasi bolgan aksiyadorlaming soni o 4 tiz kishidan kam bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatuv kengashining vazifalari ustav asosida aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish masalasini hal etish o‘z vakolat doirasiga kiritilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi ko'rsatilishi kerak. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq tolanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a’zosi vazifalarini bajarish bilan bogliq xarajatlarining o‘m i qoplanishi mumkin. Bunday haq va to'lovlaming miqdorlari aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi qarorida belgilanadi. Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi: - jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash; - aksiyadorlaming yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirish; - aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash; - aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash; - aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi о^агШ эЫ haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasini belgilash; - ustavga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash bo'yicha masalalami aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi hal qilishi uchun kiritish; - mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish; - jamiyatning boshqaruv a’zolarini (raisdan tashqari) saylash (tayinlash), ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustaviga ko‘ra bunday huquq jamiyat kuzatuv kengashiga berilgan bolsa; - korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo Isa; - agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo Isa yoki aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan jamiyat kuzatuv kengashiga topshirilmagan bolsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini m a’qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga moljallangan biznes- rejasi jamiyat kuzatuv kengashi majlisida Joriy joining 1-dekabridan kechiktirmay ma’qullanishi lozim; - ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish; - jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalami bajarish uchun bu hujjatlami ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin; - auditorlik tekshiruvini o'tkazish to‘g‘risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to'lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish, agar bu jamiyat ustaviga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilmagan bolsa; - jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to'lanadigan haq va kompensatsiyalaming miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish; - dividend miqdori, uni tolash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish; - jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish; - jamiyatning flliallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish; - jamiyatning sholsa va tobe xo'jalik jamiyatlarini tashkil etish; - yirik bitimlar tuzish, affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish; - jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bogliq bitimlami qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish; - jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga yoki jamiyat ustaviga ko‘ra quyidagilar jamiyat kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin: - jamiyatning ustav kapitalini ko'paytirish masalalarini, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav kapitalini ko'paytirish hamda jamiyatning elon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogliq o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi masalalami hal qilish; - aksiyalami joylashtirish (qimmatli qog'ozlaming biija bozoriga va uyushgan biijadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash; - jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish; - qimmatli qog'ozlaming hosilalarini chiqarish to'g'risida qaror qabul qilish; - jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish; - jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbaming vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; - ijroiya organiga to'lanadigan haq va kompensatsiyalaming miqdorlarini belgilash; - jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash. Kuzatuv kengashining vakolat doirasiga qonunchilik va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalami hal etish ham kiritilishi mumkin. Shu o'rinda kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga o'tkazilishi mumkin emasligini alohida ta’kidlash lozim. Kuzatuv kengashining a’zolari amaldagi qonunchilikda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi. Kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin. Boshqaruvi a’zolari va direktori jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas. Ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo'yicha ishlayotgan shaxslar jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi bo'lishi mumkin emas. Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylanadigan shaxslarga nisbatan qo“yiladigan talablar jamiyat ustavida yoki aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlangan qarorda belgilab qo'yilishi mumkin.Kuzatuv kengashining son tarkibi jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Aksiyadorlar soni besh yuzdan ortiq bolganda kuzatuv kengashining son tarkibi yetti a ’zodan kam bo'lishi, aksiyadorlari soni bir mingdan ortiq bo'lgan jamiyat uchun esa to ‘qqiz a ’zodan kam bo'lishi mumkin emas. Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Kumulyativ ovoz berishda har bir aksiyadorga tegishli ovozlar soni jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi lozim bolgan shaxslar soniga ko'paytiriladi va aksiyador shu tariqa olingan ovozlami bitta nomzodga toliq “ berishga yoki ikki va undan ortiq nomzodlar o'rtasida taqsimlashga haqli. Eng ko‘p ovoz to'plagan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi. Davlat vakili lavozimiga ko‘ra jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi boladi, u aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan saylanmaydi (qayta saylanmaydi). Kuzatuv kengashining raisi, agar jamiyat ustavida o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko'pchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan saylanadi. Jamiyatning kuzatuv kengashi, agar jamiyat ustavida o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bolsa, o‘z raisini kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko'pchilik ovoz bilan qayta saylashga haqli. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi uning ishini tashkil etadi, kuzatuv kengashi majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi, majlislarda bayonnoma yuritilishini tashkil etadi, agar jamiyat ustavida o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bolsa, aksiyadorlaming umumiy yig'ilishida raislik qiladi. Jamiyat kuzatuv kengashining raisi bolmagan taqdirda uning vazifasini kuzatuv kengashining a’zolaridan biri amalga oshiradi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisi kuzatuv kengashining raisi tomonidan uning o'z tashabbusiga ko'ra, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), ijroiya organi a’zosining, shuningdek jamiyat ustavida belgilangan boshqa shaxslaming talabiga ko'ra chaqiriladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o'tkazish tartibi jamiyatning ustavida belgilab qo*yiladi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisini o'tkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, biroq u jamiyat kuzatuv kengashiga saylangan a’zolarning yetmish besh foizidan kam bo'lmasligi kerak. Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining soni jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdoming yetmish besh foizidan kam bolgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishi shart. Kuzatuv kengashining qolgan a’zolari aksiyadorlaming bunday navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida qaror qabul qilishga, shuningdek jamiyat ijroiya organi rahbarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlashga haqlidir. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida qarorlar, agar kuzatuv kengashining majlisini chaqirish va o'tkazish tartibini belgilovchi qonunchilikda, jamiyat ustavida o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, majlisda hozir bo'lganlarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida masalalar hal etilayotganda kuzatuv kengashining har bir a’zosi bitta ovozga ega bo'ladi. Amaldagi qonunchilikka ko'ra qo'shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalaming soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi, ustav kapitalini ko'paytirish to'g'risidagi qarorda joylashtiriladigan qo'shimcha oddiy aksiyalaming va imtiyozli aksiyalaming soni, ulami joylashtirish muddatlari hamda shartlari bo'yicha qaror jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Kuzatuv kengashi tomonidan davlat vakilining ishtirokisiz qabul qilingan qarorlar, shuningdek veto qoyilgan qarorlar ijro etilmaydi. Jamiyat kuzatuv kengashining bir a’zosi o'z ovozini kuzatuv kengashining boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo'yilmaydi. Jamiyat ustavida jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarining ovozlari teng bolgan taqdirda kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilishda jamiyat kuzatuv kengashi raisining hal qiluvchi ovoz huquqi nazarda tutilishi mumkin. Jamiyat kuzatuv kengashining majlisida bayonnoma yuritiladi. Kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlis o'tkazilganidan so'ng o'n kundan kechiktirmay tuziladi. Majlis bayonnomasida quyidagilar ko'rsatiladi: - majlis otkazilgan sana, vaqt va joy; - majlisda hozir bolgan shaxslar; - majlisning kun tartibi; - ovoz berishga qo“yilgan masalalar, ular yuzasidan o'tka- zilgan ovoz berish yakunlari; - qabul qilingan qarorlar. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari4, tomonidan imzolanadi, ular majlis bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo'ladi. Jamiyat kuzatuv kengashining qarorlari sirtdan ovoz berish y o li bilan (so'rov yo‘li bilan) jamiyat kuzatuv kengashining barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin. Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi imzolangan kuni jamiyatning ijroiya organiga ijro etish uchun ~ topshiriladi. Kuzatuv kengashi aksiyadorlaming umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida qaror qabul qilgan taqdirda mazkur qaror haqidagi axborot jamiyatning ijroiya organiga kuzatuv kengashining majlisi o'tkaziladigan kuni topshiriladi.
7.1. Korporativ nizolar, ulaming yuzaga kelish sabablari va tasniflanishi Milliy va xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha, korporativ munosabatlarda nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi ko'p kuzatiladigan holatlardan biridir. Shu” boisdan korporativ boshqaruv ishtirokchilarining korporativ nizolar mohiyati, yuzaga kelish sabablari va keltirib chiqarishi mumkin bolgan oqibatlari, bunday vaziyatlarning oldini olish bo'yicha ichki va tashqi imkoniyatlar, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari kabilami bilishlari va amalda qollay olishlari shart hisoblanadi. Bunda manfaatlar to'qnashuvini samarali boshqarish masalasi birinchi navbatdagi masala hisolanadi. Keltirilayotgan jihatlami chuqurroq o'rganish maqsadida quyida korporativ nizolaming mohiyati, yuzaga kelish sabablari va oqibatlariga batafsil to'xtalib o'tamiz. Korporativ munosabatlar subyektlari o'rtasidagi manfaatlar qarama-qarshiligi korporativ nizolaming asosi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va korporativ boshqaruv amaliyotiga doir masalalar bo'yicha jarayon ishtirokchilari o'rtasida o'zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga keladigan nizolar korporativ nizolami anglatadi. Bunda korporativ munosabatlar ishtirokchilari korporativ nizolaming subyektlari sifatida namoyon bo'lsa, tomonlaming manfaatlari korporativ nizolaming obyekti sifatida ko'zga tashlanadi. Korporativ tuzilmalarda korporativ munosabatlar subyektlari o'rtasidagi ziddiyatlar quyidagi oqibatlardan bin natijasida yuzaga kelishi mumkin: - aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi huquqlari, aksiyadorlik jamiyati ustavi yoki boshqa ichki hujjatlar, umumiy olganda amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilishi; - korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi; foydani taqsimlash bilan bogliq munosabatlar va aksiyadorlar noroziligi; - qabul qilingan qarorlar mohiyati asosida aksiyadorlik jamiyatiga, uning boshqaruv organlariga nisbatan da’volar qo'zg'atilishi; - boshqaruv organlari vakolatlarining muddatidan oldin tugatilishi; - ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi; - aksiyadorlaming aksiyadorlik jamiyati bo'yicha nazoratni qolga olishga intilishi; aksiyadorlar tarkibidagi jiddiy o'zgarishlar (g'arazli aksiyadorlaming aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi).Shuningdek, yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda boshqaruvchilami javobgarlikka tortish bo'yicha samarali mexanizmlaming mayjud emasligi, korporativ tuzilma faoliyati ustidan ichki nazoratning sustligi, korporativ tortishuvlarga nisbatan sud amaliyotining sustligi kabilar ham korporativ nizolarga sabab bolishi mumkin.Yuqorida keltirilgan korporativ nizolaming yuzaga kelish sabablarining har biriga alohida to'xtalib o'tamiz.Korporativ tuzilmalar axborot yopiqligi masalasi mamlakatimizda muntazam ravishda kuzatilib kelinayotgan holat hisoblanadi. Bu holat malum darajada ma’muriy bosimning saqlanib qolinayotganligi, korporativ birlashmalar (xoldinglar) faoliyati keng yolga qo“yilganligi bilan izohlanadi. Shu o'rinda axborot shaffofligi va axborotlami oshkor qilishning xavfliligi o'rtasida qarama-qarshilik mavjudligini ham alohida qayd etish zarur. Axborotlar shaffofligi insayderlik ma’lumotlaridan foydalanishni to“xtatib qo“yish orqali korporativ nizolaming oldini olish vositasi sifatida xizmat qiladi. Axborotlami oshkor qilishning xavfliligi esa g'arazli qo'shib olishlarga hamda malum bir tomonlaming ma’muriy bosimini kuchayishiga olib keluvchi omil sifatida ham qaralishi bilan izohlanadi.Aksiyadorlik jamiyatlaridagi axborot yopiqligi korporativ qimmatli qog'ozlar orqali moliyalashtirish bilan birga tijorat banklari tomonidan kreditlash amaliyotiga ham salbiy ta’sir ko'rsatadi. Chunki bunday holatda investorlaming aksiyadorlik jamiyati moliyaviy barqarorligi, bozordagi nufuzi, tolovga qobiliyatlgini baholash birmuncha murakkab kechadi va malum darajada yuqori risk mayjud, deya qaraladi.Yuqoridagilarga qo'shimcha ravishda qayd etish kerakki, axborot yopiqligi korporativ munosabatlar alohida ishtirokchilari tomonidan ko'rilgan foydani o'zlashtirish maqsadida insayderlik (ichki) malumotlardan foydalanilishiga olib keladi. Bu jihat o'z navbatida korporativ nizolarga sabab boladi. Aynan shuning uchun ham axborot yopiqligining oldini olish insayderlik malumotlaridan noqonuniy foydalanish vositasi sifatida xizmat qiladi.Korporativ boshqaruvdagi jiddiy muammolardan biri boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslarga nisbatan real yuridik javobgarlikning mavjud emasligidir. O'zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 81-moddasida kuzatuv kengashi a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarligi belgilangan. Unga ko'ra, kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi o'z huquqlarini amalga oshirishda va o'z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini ko'zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bo“lishi lozim. Agar bir nechta shaxs javobgar bo'lsa, ulaming jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik boladi. Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bolgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo'lmaydi. Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalaming hammasi bolib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlaming o'rnini qoplash to'g'risidagi da’vo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida top-menejerlarga nisbatan ham javobgarlik choralari qat’i belgilab qo'yilganligi asosida mamlakatimizda ham bunday amaliyotga olish ahamiyatga ega.Ichki nazorat tizimida ichki audit xizmati va taftish komissiyasining samarali faoliyat yuritishi aksiyadorlar uchun muhim sanaladi. Lekin bunda ichki nazorat tizimining mustaqilligini ta’minlash muhim sanaladi. Aks holda ichki nazoratning zaifligi kuzatuv kengashi va boshqaruv alozarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelishiga va korporativ nizolarga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham ichki audit xizmati va taftish komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish nuqtayi nazaridan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Korporativ tortishuvlarga nisbatan sud nazoratining yetarli darajada ixtisoslashmaganligi ham korporativ nizolarga sabab bo'lmoqda. Korporativ nizolarga doir muammolami to'liq hal qilish uchun korporativ tortishuvlaming alohida jihatlarini chuqur o'rgangan holda samarali sud tizimi amal qilishini ta’minlash muhim. Mamlakatimizda bu boradagi masalalami hal qilish maqsadida 2006-yil 16-oktabrda O'zbekiston Respublikasining qaruv organlari, menejerlari o'rtasidagi nizolarni anglatadi va mantiqan korporativ tuzilma miqyosida yuzaga keladi.Tashqi korporativ nizolar esa davlat, potentsial investorlar, boshqaruv organlari va boshqalar o'rtasida yuzaga keladigan nizolarni qamrab oladi.Ichki korporativ nizolarni ishtirokchilariga ko'ra ham guruhlash mumkin. Bunda aksiyadorlar guruhlari o'rtasida, masalan majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolarni alohida ko'rsatish mumkin. Aksiyadorlar va boshqaruvchilar o'rtasidagi nizolarda bosh direktor va nazorat paketiga ega bo'lmagan aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar alohida ajratib ko'rsatiladi. Bunday nizolar ko'proq majoritar aksiyadorlar mayjud bo'lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatiladi. Boshqaruvchilar va mehnat jamoasi o'rtasidagi nizolarda asosan ish berish va mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bogliq munosabatlar natijasidagi nizolarni ko'rish mumkin. Bankrotlik jarayonining turli bosqichlarida ishonchli tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar o'rtasidagi nizolar asosan aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan bankrotlik taomili qo'llanilganda hamda korxonani qayt tarkiblash yoki tugatish bilan bogliq munosabatlarda yuzaga keladi.Tashqi korporativ nizolarda aksiyadorlik jamiyati hamda tashqi subyektlar o'rtasidagi nizoli vaziyatlarga guvoh bolish mumkin. Bunda davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati o'rtasidagi nizolarda davlat organlari tomonidan malum shartlar qo'yilishi natijasidagi nizolar ham ajratib ko'rsatiladi. Nodo'stona qo'shib olishlar natijasida potentsial investorga muntazam ravishda qarshiliklar ko'rsatish, nizoli vaziyatlami yuzaga keltirish holatlari xalqaro amaliyotda tashqi korporativ nizolarda eng ko‘p uchraydigan holatlardan biridir. Kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatining nazorat paketini qo'lga olishi o'z-o'zidan majoritar aksiyadorlar bilan nizolar yuzaga kelishiga sabab boladi. Vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan boshqaruv organlari a’zolari va aksiyadorlar o'rtasidagi nizolar esa amalda eng ko‘p uchraydigan korporativ nizolardan biridir. Amalda korporativ tuzilmalar o'z Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling