Bojxona-Tamojennыy-Sustoms
Bojxona – davlat chegarasidan o‘tadigan va o‘tkaziladigan mol-mulklar hamda transport vositalarini nazorat qiluvchi, shuningdek, yuk egalaridan belgilangan tartibda (poshlina) va boshqa yig‘imlarni undiruvchi davlat muassasasi. Bojxona davlatning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qiluvchi organlaridan biridir.
Bozor iqtisodiyoti-Rыnochnaya ekonomika-Market economy
Bozor iqtisodiyoti – jamiyat taraqqiyotini tezlashtiruvchi iqtisodiy aloqalar majmui. Bozor iqtisodiyoti mohiyati shundan iboratki, u barcha jamiyat a’zolarini ishlab chiqarish va iste’mol orqali doimiy ishtirokchilariga aylantiradi. SHu boisdan bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning kun sayin takomillashuviga, mahsulot sifatining yaxshilashib borishiga, miqdorning esa ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |